Toshkent moliya instituti iqtidorli talabalari o‘rtasida “Eng yaxshi maqola” va “Yangi innovatsion g‘oya va ishlanma” tanlovi nizomi
Download 28.24 Kb.
|
“Eng yaxshi maqola” va “Yangi innovatsion g‘oya va ishlanma” tanlovi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yangi innovatsion g‘oya va ishlanma”
Umumiy qoidalar
2.1. “Eng yaxshi maqola” tanlovida Toshkent moliya institutida tahsil olayotgan talabalar o‘zlarining ijodiy ishlari bilan ishtirok etadilar. 2.2. “Eng yaxshi maqola” tanlovida nashr etilgan va nashr etilmagan maqolalari bilan ishtirok etish mumkin. “Eng yaxshi maqola” tanlovi “Eng yaxshi ilmiy asoslangan maqola” va “Eng dolzarb mavzudagi maqola” hamda “Eng ko‘p iqtiboslik olgan maqola” yo‘nalishlarida o‘tkaziladi. 2.3. Tanlovda ishtirok etishni xohlovchi talabalar va magistrantlar quyidagi yo‘nalishlarda maqolalari bilan ishtirok etishlari mumkin: - Mamlakatimizda iqtisodiy-ijtimoiy soxalarni rivojlantirish orqali O‘zbekistonning xalqaro imijini yanada oshirish; - O‘zbekistonda moliya bank va soliq tizimida raqamli texnologiyalarni qo‘llash imkoniyatlari; - Iqtisodiy rivojlanishni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhiti va investitsiyaviy jozibadorlikni yaxshilash masalalari; - Bank va moliya tizimini isloh qilish hamda soxaga zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish istiqbollari; - Buxgalteriya xisobi hamda moliyaviy xisobotlarni xalqaro standartlarga moslashtirish yo‘nalishlari. 2.4. “Yangi innovatsion g‘oya va ishlanma” tanlovi “Yangi innovatsion g‘oya” va Yangi innovatsion ishlanma” tanlovi yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Tanlovda ijodiy jamoalar, alohida mualliflar qatnashishi mumkin. Bir muallif yoki jamoadan taqdim etiladigan g‘oyalar soni cheklanmagan. 2.5. Tanlovga yangi moliya-bank, sug‘urta va soliq, buxgalteriya hisobi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridagi muammolarga amaliy yechim bo‘ladigan g‘oya va ishlanmalar qabul qilinadi. 2.6. Innovatsion g‘oya moliya-bank, sug‘urta va soliq, buxgalteriya hisobi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridagi faoliyatida qo‘llanadigan, aniq yechimga qaratilgan vazifani hal qilishi, qo‘llash imkoniyati bo‘lishi kerak. 2.7. Loyiha muallif tomonidan tanlovga qadar e’lon qilinmagan bo‘lsa, u xaqida ma’lumotlar chop etilmagan bo‘lsa yangi hisoblanadi. 2.8. G‘oyalarni baholashda amaliyotda joriy qilish imkoniyati mavjud bo‘lishi va yuqori samara berishiga afzallik beriladi. 2.9. Iqtisodiyot tarmoqlaridagi hal qilinishi lozim bo‘lgan muamolarni yechimiga qaratilgan raqamli texnologiyalardan iborat bo‘lishi kerak. 2.10. Innovatsion ishlanmaga mualliflik guvohnomasi olingan bo‘lishi kerak. 2.11.Toshkent moliya institutida tashkil etilayotgan ushbu tanlovni tashkil etish va o‘tkazish jarayoni institutning Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi, Toshkent moliya instituti “DIGITAL FINANCE” inkubatsiya va akseleratsiya markazi hamda Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi. Download 28.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling