Toshkent moliya instituti iqtidorli talabalari o‘rtasida “Eng yaxshi maqola” va “Yangi innovatsion g‘oya va ishlanma” tanlovi nizomi
III. Tanlovning o‘tkazish bosqichi va muddatlari
Download 28.24 Kb.
|
“Eng yaxshi maqola” va “Yangi innovatsion g‘oya va ishlanma” tanlovi
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish
- V. Tanlov shartlari va baholash me’zonlari
- VI. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash
III. Tanlovning o‘tkazish bosqichi va muddatlari
3.1. “Eng yaxshi maqola” tanlovi bir bosqichda bir o‘quv yilida ikki marta o‘tkaziladi. Xujjatlar o‘quv yiling 20 oktabriga qadar qabul qilinadi. 3.2. “Yangi innovatsion g‘oya va ishlanma” tanlovi 3 bosqichda o‘tkaziladi: 1-bosqich – Institutning barcha ta’lim yo‘nalishlari va bosqichlarida tahsil olayotgan talaba va magistrantlar ishtirok etishi mumkin. 2-bosqich – Innovatsion g‘oya va ishlanmalar saralash bosqichi hisoblanib, eng yaxshi 10 ta ishlanma tanlab olinadi. 3-bosqich – final bosqichi bosqichi: barcha tashkilotchilar, Hay’at a’zolari, Toshkent moliya instituti talabalari va barcha qiziquvchilar ishtirokida o‘tkaziladi. Tanlovning 1-bosqich (saralash)ini o‘tkazish tartibi: 1-bosqichda ishtirokchilar moliya instituti veb-saytda joylashtirilgan ishtirokchi blanklarini to‘ldirish orqali tanlovga jo‘natilgan ishlanma va g‘oyalar ko‘rib chiqiladi; Tanlovning 2-bosqich(yakuniy)ini o‘tkazish tartibi: Hay’at a’zolari tomonidan sirtdan o‘tkazilgan tanlov asosida yakuniy bosqichga ishlanmalar tanab olinadi. 2-bosqichda tanlov ishtirokchilari Hay’at a’zolari oldida o‘z g‘oyalarini aniqlashtiruvchi savollarga javob beradilar. Tanlovning 3-bosqich(final)ini o‘tkazish tartibi: 10 ta tanlab olingan ishlanmalar taqdimot qilinadi va Hay’at a’zolari tomonidan baholanadi. IV. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish 4.1. Tanlovning o‘tkazish bo‘yicha institutda mavjud soha professor-o‘qituvchilari, olimlari, mutaxassislari jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat tarkibida hakamlar Xay’ati tuziladi. Talabalar tomonidan yo‘nalishlar bo‘yicha tayyorlangan ijodiy ishlar institut kesimida tuzilgan hakamlar Xay’ati tomonidan tanlov shartlari va me’zonlari asosida baholanadi. V. Tanlov shartlari va baholash me’zonlari 5.1. “Eng yaxshi maqola” tanloviga taqdim etiladigan ishlar quyidagi me’zonlarda baholanadi: - mavzuning mazmun-mohiyati to‘laqonli ochib berilganligi-10 ball; - ijodiy ishlarning stilistik va grammatik jihatdan to‘g‘ri yozilganligi-10 ball; - mavzuni yoritishda adabiyotlardan foydalanganlik darajasi va tahliliy yondashuvlar, mustaqil fikrlarning aniq bildirilganligi-10 ball; - mavzuni yoritishda statistik ma’lumotlar va grafiklardan foydalanganligi-10 ball; - mavzuga oid dolzarb masalalar, ularning yechimlari to‘g‘risida takliflar keltirilganligi-10 ball; - ishlar hajmi 5-15 betdan kam bo‘lmasligi-10 ball; - ishlarda kalit so‘zlar, o‘zbekcha, ruscha hamda inglizcha annotatsiyalar mavjudligi-10 ball. 5.2. Har bir mezon 10 ballik tizim asosida baholanadi (jami 70 ball). 5.3. “Yangi innovatsion g‘oya va ishlanma” tanlovi quyidagi baholash mezonlari asosida o‘rganilib, jami 100 ball bilan baholanadi va natijasi final bosqichiga taqdim etiladi. Tanlov Hay’ati g‘oyani baholashda quyidagilar hisobga olinadi: ishtirokchilar taqdimotlarini baholash-5 ball; ishlanmalarni jozibadorligini baholash-10 ball g‘oyaga bozorda mavjud talab-10 ball; taqdimotda ishlanma mavzusi va mazmunini yoritilishi-5 ball; g‘oyaga erishish darajasi-10 ball; g‘oya mazmunini aniq ifodalanganligi-10 ball; joriy etish maqsadi, usullari va vositalarining aniqligi-10 ball; loyihaning foydaliligi-10 ball; muammoning dolzarbligi-10 ball; iqtisodiy tahlilning mavjudligi-10 ball; ijobiy samara xajmi va muddatlari-10 ball. Xakamlar hay’ati a’zolari tasdiqlangan baholash mezoni asosida ishtirokchilarning loyiha, g‘oya va ishlanmalarini baholab boradi. Baholashda har bir hakam o‘z balini qo‘yadi va sanoq komissiyasiga taqdim etadi. Sanoq komissiyasi ballarni qo‘shib, o‘rtacha balni chiqaradi va natijasini e’lon qiladi. VI. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash 6.1. Tanlovda yuqori (1,2,3) o‘rinni egallagan talabalar institut tomonida maxsus diplom shuningdek, tanlovda faol ishtirok etgan talabalar institut rektorining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlanadi. VII. Yakuniy qoidalar 7. Tanlovni o‘tkazish bilan bog‘liq barcha xarajatlar “Talabalarni rag‘batlantirish fondi” mablag‘lari hisobidan belgilangan tartibda, o‘zaro kelishilgan holda qoplanadi. Download 28.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling