Toshkent moliya instituti iqtisodiy tahlil
Download 1.54 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy tahlil
- Bu sahifa navigatsiya:
- Debitorlik qarzi
- Debitorlik-kreditorlik qarzi tarkibi, tuzilishi va dinamikasining tahlili Summa, mlnso‘m
- Debitorlik qarzi aylanuvchanligi tahlili Ko‘rsatkich nomi Shartli belgi O‘tgan yil Hisobot yili O‘zgarishi, +
- Debitorlik qarzi holati tahlili mln so‘m Jumladan muddatlari bo‘yicha Debitorlik qarzi turi
- 12 oydan ziyod A 1 2 3 4 5 6 7
- 9.4. Kreditorlik qarzi holati tahlili
232 IX bob. DEBITORLIK VA KREDITORLIK QARZI TAHLILI 9.1. Debitorlik va kreditorlik qarzi tahlili mazmuni va vazifalari
Debitorlik va kreditorlik qarzi sotib olingan tovar-moddiy qimmat- liklar, xizmatlar va boshqa xo‘jalik operatsiyalari uchun hisob-kitob- larni amalga oshirish jarayonida korxornalar o‘rtasida vujudga keladi. Korxonaning yetkazib beruvchilar va xaridorlar bilan o‘z vaqtida hisoblashishi uning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
korxona aylanmasidan mablag‘larni chiqarish va ulardan boshqa korxonalar foydalanishini anglatadi. Kreditorlik qarzi korxona tomonidan o‘z xo‘jalik aylanmasiga boshqa korxona va tashkilotlarning mablag‘lari jalb qilinishini anglatadi. Debitorlik qarzini boshqarish san’ati uning umumiy miqdorini optimallashtirish va o‘z vaqtida inkassatsiyasini ta’minlashdan iborat. Debitorlik qarzi va uning joriy aktivlarda ulushi keskin ortishi korxonaning xaridorlarga nisbatan oqibati o‘ylanmagan kredit siyosatidan, sotish hajmi ortganligidan yoki xaridorlarning bir qismi to‘lovga qobil emasligi va bankrotligidan guvohlik beradi. Debitorlik qarzi, bir tomondan, hisoblashishlarni tezlashtirish evaziga, boshqa tomondan – xaridorlarga jo‘natishni qisqartirish evaziga kamayishi mumkin. O‘z navbatida, debitorlik qarzining o‘sishi har doim ham salbiy, kamayishi esa ijobiy baholanavermaydi. Tahlilda muddati o‘tgan qarzdorlik vujudga kelish sabablarini batafsil o‘rganish zarur. Muddati o‘tgan debitorlik qarzi mavjudligi moliyaviy qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi, chunki korxonada ishlab chiqarish zaxiralarini xarid qilish, mehnat haqi to‘lash va boshqalar uchun moliyaviy resurslar yetishmasligi yuzaga keladi. Bundan tashqari, mablag‘larning debitorlik qarzida “o‘lik pullarga aylanishi” kapital aylanuvchanligi sekinlashishiga olib keladi. Muddati o‘tgan debitorlik qarzi qarzlar qaytarilmasligi va foyda kamayishi riski o‘sganligini ham anglatadi. 233 Tahlil vazifalari quyidagilardan iborat: – moliyaviy-hisob-kitob intizomi natijasida yuzaga kelgan qarz- dorlikni aniqlash. Ushbu qarzdorlik miqdori, yuzaga kelish sabablarini aniqlash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida bunday xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlarini ishlab chiqish zarur; – Amaldagi hisob-kitoblarning ayrim shakllariga xos xususiyatlar tufayli yuzaga keluvchi debitorlik-kreditorlik qarzlari miqdori va dinamikasini aniqlash; – to‘lov intizomini mustahkamlash, yetkazib beruvchilar va xaridorlar bilan o‘z vaqtida hisoblashishlarni amalga oshirish bo‘yicha korxona tomonidan olib borilayotgan chora-tadbirlarni oydinlashtirish. Debitorlik va kreditorlik qarzi tahlili buxgalteriya balansi va ichki hisob ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi.
O‘z aylanma mablag‘lar immobilizatsiya ayniqsa foydasiz bo‘lib qolgan inflyatsiya davrida debitorlik qarzi tahlili muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur tahlil debitorlik qarzining mutlaq va nisbiy miqdorlarini ko‘rib chiqishdan boshlanadi. Yil uchun debitorlik va kreditorlik qarzi hajmidagi o‘zgarishlar umumiy ko‘rinishda balans aktivlari va passivlarining gorizontal va vertikal tahlili ma’lumotlari bilan tavsiflanishi mumkin (9.1-jadval). Tahlil qilinayotgan korxonaning debitorlik qarzi bir yilda 261,6% ga o‘sdi va yil oxirida 1844,7 mln so‘mni tashkil qildi. Korxona mulki tarkibida debitorlik qarzi ulushi bir yilda 9,1% dan 17,5% gacha o‘sdi. Ko‘rib chiqilayotgan davr uchun kreditorlik qarzining ulushi 28,4% dan 32,7% gacha ortdi. Tahlil qilinayotgan korxonada debitorlik qarzi o‘sishi iste’mol- chilarning to‘lovga noqobilligi bilan shartlangan. Debitorlik va kreditorlik qarzi taqqoslanuvchanligiga oid masala ham ancha dolzarb sanaladi. Aksariyat analitiklar fikricha, agar kreditorlik qarzi debitorlik qarzidan yuqori bo‘lsa, u holda korxona mablag‘lardan oqilona foydalanmoqda, ya’ni vaqtincha aylanmaga jalb qilayotgan mablag‘lari miqdori aylanmadan chiqarayotgan mablag‘laridan ko‘p. 234 9.1-jadval Debitorlik-kreditorlik qarzi tarkibi, tuzilishi va dinamikasining tahlili Summa, mlnso‘m Salmog‘i, % O‘zgarish Debitorlar Kreditorlar yil boshi uchun yil oxiri uchun yil boshi uchun yil oxiri uchun summa, mln so‘m salmo- g‘i, % 1 2
3 4 5 6 7 8 Xaridorlar va buyurtmachilar qarzdorligi Yetkazib beruvchilar va pudratchilarga qarzdorlik 1802,8 2876,2 81,9 83,3
+1073,4 +1,4
Sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlar qarzdorligi Sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlardan qarzdorlik 23,2 6,6 1,0 0,2
-16,6 -0,8
Xodimlarga berilgan badallar Soliqla
r va majburiy to‘lovlar bo‘yicha muddati kechikkan majburiya tlar
Yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo‘naklar Olingan bo‘naklar 17,5 44,6
0,8 1,3
+27,1 +0,5
235
Byudjetga soliq va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik 89,4 163,2 4,2 4,7
+73,8 +0,5
Davlat maqsadli fondlari va sug‘urta bo‘yicha bo‘nak to‘lov lari
Sug‘urta bo‘yicha 28,2 43,3 1,3
1,3 +15,1
- Ustav kapitaliga ulushlar bo‘yicha muassislar qarzdorligi Davlat maqsadli fondlariga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik 11,4 65,8 0,5
1,9 +54,4
+1,4 Boshqa operatsiyalar bo‘yicha xodimlar qarzdorligi Muassisla rdan qarzdorlik
Boshqa debitorlik qarzlari Mehnat haqi bo‘yicha qarzdorlik 49,8 21,1 2,2
0,6 -28,7
-1,6 Jami debitorlar Boshqa kreditorlik qarzlari 177,3 231,9 8,1
6,7 +54,6
-1,4 Jami joriy kreditorlik qarzlari 2199,6 3452,7 100
100 +1253,1
- Passiv saldosi Aktiv saldosi - - - - - - Balans Balans 2199,6 3452,7 - -
- 236 Buxgalterlar bunga salbiy munosabat bildiradilar, chunki korxonaning kreditorlik qarzi debitorlik qarzi holatidan qat’iy nazar qaytarilishi majburiydir. Xalqaro hisob-analitik amaliyotda debitorlik va kreditorlik qarzini taqqoslashga doimo e’tibor qaratiladi. Bizning misolimizda kreditorlik qarzi debitorlik qarzidan tahlil davri boshi uchun 1494,5 mlnso‘mga, oxiri uchun 1608,0 mln so‘mga oshib ketgan, ya’ni korxona qo‘shimcha moliyalashtirish manbalarini jalb qilgan. Debitorlik qarzining asosiy ulushi 45,5% xaridorlar va buyurtmachilarga to‘g‘ri keladi. Yil boshida bu 320,7 mln so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, yil oxirida 27,2 mlnso‘mga kamaygan va umumiy debitorlik qarzida 15,9% ni tashkil qilgan. Hisobot davrida mutlaq miqdorda ham, nisbiy miqdorda ham avans to‘lovlari keskin o‘sgan. Shu bilan birga, boshqa debitorlar bo‘yicha qarzdorlik ulushi ham o‘sgan – 5,3% dan 18,1% gacha (mos ravishda 37 dan 333,8 mln so‘mgacha). Kreditorlik qarzi tarkibida yetkazib beruvchilar va pudratchilardan qarzdorlikning ulushi 81,9% dan 83,3% gacha oshgan. Ixtiyoriy tashkilotning majburiyatlari tarkibida “muddatli” (tashkilot xodimlari oldida qarzdorlik, soliq va yig‘imlar bo‘yicha qarzdorlik) va “oddiy” (davlat byudjetdan tashqari fondlar oldida qarzdorlik, boshqa kreditorlardan olingan avanslar, yetkazib beruvchilardan qarzdorlik) qarzdorlikni shartli ravishda ajratish mumkin. Bundan kelib chiqqan holda qayd qilish mumkinki, yil boshida tashkilotning majburiyatlari tarkibida muddatli qarzdorlik ulushi 6,3% ni tashkil qilgan [(89,4+49,8):2199,6], yil oxirida esa ushbu miqdor biroz pasayib, 5,3% ga teng bo‘lgan [(163,2+21,1):3452,7].
Tahlil vazifasi muddati o‘tgan debitorlik qarzi miqdorini aniqlash, dinamikasini baholash va uning paydo bo‘lishi yoki o‘sishi sabablarini aniqlashdan iborat. Debitorlar bilan hisoblashishlar holatining tashqi tahlili 1-shakl-“Buxgalteriya balansi” ma’lumotlariga asoslanadi. Ichki tahlil uchun debitorlar bilan hisoblashishlar haqida axborotlarni umumlashtirishga mo‘ljallangan analitik hisob yuritish ma’lumotlari jalb qilinadi. 237 Debitorlik qarzi holati tahlili uning umumiy hajmi dinamikasini baholashdan boshlanadi va alohida moddalar kesimida davom ettiriladi: joriy aktivlarda debitorlik qarzi ulushi aniqlanadi, uning tarkibi tahlil qilinadi; to‘lovi yil davomida amalga oshirilishi kutilayotgan debitorlik qarzlarining ulushi aniqlanadi; ushbu ko‘rsatkichning dinamikasi baholanadi va shubhali qarzdorlik dinamikasini baholash maqsadida debitorlik qarzining sifat holati tahlili amalga oshiriladi. Shubhali debitorlik qarzi mavjudligi xaridorlar bilan hisob- kitoblarda muddatni uzaytirish bo‘yicha tashkilotning nomaqbul siyosatidan darak beradi, kreditor korxonaning o‘zida to‘lov qobiliyatsizligi vujudga kelishiga real tahdid hosil qiladi va uning balansi likvidligini kuchsizlantiradi. Shubhali debitorlik qarzi balans aktivining boshqa moddalari: «Xaridorlar va buyurtmachilar qarzdorligi» va «Boshqa debitorlik qarzlari» bo‘yicha ham o‘ziga xos ahamiyat kasb etishi mumkin. «Boshqa joriy aktivlar» moddasi balansdan o‘rnatilgan tartibda hisobdan chiqarilmagan tovar-moddiy qimmatliklar buzilishidan yo‘qotishlar va etishmovchilikni o‘z ichiga olishi mumkin. Shubhali debitorlik qarzi yuzaga kelishining aniq sabablarini topish uchun buxgalteriya hisobining operativ ma’lumotlari asosida debitorlar va paydo bo‘lish muddatlari bo‘yicha uning miqdorini ichki tahlildan o‘tkazish talab qilinadi. Debitorlik qarzi tahlili jarayonida quyidagi ko‘rsatkichlar hisoblanadi: 1. Debitorlik qarzi aylanuvchanligi koeffitsiyenti K
K dq = .
Dq Bu yerda, MST – mahsulot sotishdan tushumlar;
– o‘rtacha debitorlik qarzi. Debitorlik qarzi aylanuvchanligi koeffitsiyenti korxonalar tomonidan taqdim etilayotgan tijorat krediti kengayishi yoki qisqarishini ko‘rsatadi. Agar hisoblashda sotishdan tushumlar koeffitsiyentlari mulk huquqi o‘tishi bo‘yicha hisoblansa, u holda koeffitsiyent ortishi kreditga sotish qisqarishini anglatadi, uning kamayishi esa taqdim etilayotgan kredit hajmi ortishidan darak beradi. 2. Debitorlik qarzini qaytarish muddati (kunlar):
238 D dqq = .
Кdq
Bu yerda, T – davr uzunligi, kunlar. Ushbu ko‘rsatkich quyidagi usulda hisoblanishi mumkin: Debitorlik qarzi =
·360 (kunlarda) Bunda qaytarish davri qancha uzun bo‘lsa, uning qaytarilmaslik riski shuncha yuqori bo‘ladi. Ushbu ko‘rsatkichni yuridik va jismoniy shaxslar, mahsulotlarning turlari, hisob-kitob shartlari, ya’ni bitim tuzish shartlari bo‘yicha ko‘rib chiqish talab qilinadi. Tashkilotlarga jo‘natilmasdan yetkazib beruvchilarga materiallar uchun oldindan to‘lash oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yashirin debitorlik qarzi analitik hisob ma’lumotlari bo‘yicha hisoblashishlar holatini tahlil qilish va baholash asosida aniqlanadi. Tahlil o‘tkazish jarayonida joriy aktivlarning umumiy hajmida debitorlik qarzi ulushi (3) va debitorlik qarzi tarkibida shubhali debitorlik qarzi ulushini (4) hisoblash maqsadga muvofiq bo‘ladi. (4) ko‘rsatkich debitorlik qarzi “sifati”ni tavsiflaydi. Uning o‘sishga moyillik tendensiyasi likvidlik pasayganligidan darak beradi.
3. Joriy aktivlarning umumiy hajmida debitorlik qarzi ulushi: *100%. Dq Udq JА =
Bu yerda, JA – joriy aktivlar. Ushbu ko‘rsatkich qancha yuqori bo‘lsa, tashkilot mulkiy tarkibi shunchalik kam darajada mobillashgan bo‘ladi. 4. Debitorlik qarzi tarkibida shubhali debitorlik qarzi ulushi: *100 %.
=
ShQ – shubhali qarzdorlik. Ushbu ko‘rsatkich debitorlik qarzi sifatini tavsiflaydi. Uning o‘sishga moyillik tendensiyasi likvidlik pasayganligidan darak beradi. Debitorlik qarzi aylanuvchanligi tahlilini oldingi hisobot davrlariga taqqoslagan holda olib borish talab qilinadi (9.2-jadval).
239 9.2-jadval Debitorlik qarzi aylanuvchanligi tahlili Ko‘rsatkich nomi Shartli belgi O‘tgan yil Hisobot yili O‘zgarishi, +,- 1. Debitorlik qarzi aylanuvchanligi koeffitsiyenti Kdq 6,4 3,5 -2,9
1.1. jumladan qisqa muddatli 6,2 3,7 -2,5 2. Debitorlik qarzini qaytarish muddati Dpdq 56,2 102,8 +46,6
2.1. Jumladan qisqa muddatli 58,0 97,2 +39,2 3. Joriy aktivlarning umumiy hajmida debitorlik qarzi ulushi, % Udq 16,0 27,7 +11,7
4. Joriy aktivlarning umumiy hajmida xaridor va buyurtmachilarning debitorlik qarzi ulushi, % 7,2 4,4 -2,8 5. Debitorlik qarzi tarkibida shubhali qarzdorlik ulushi, % Ushdq 5,2 7,0 +1,8
9.2-jadval ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, debitorlar bilan hisoblashishlar holati tashkilotda o‘tgan yilga nisbatan biroz yomonlashgan. Bu qisman uzoq muddatli debitorlik qarzi o‘sishi tufayli ham sodir bo‘lgan. Debitorlik qarzini qaytarishning o‘rtacha muddati 46,6 kunga cho‘zilib, 102,8 kunga teng bo‘lgan. Hisobot yilida qisqa muddatli debitorlik qarzi holati o‘tgan yilga nisbatan 39,2 kunga sekinlashgan. Qarzdorlik sifati pasayganligiga ham alohida e’tibor qaratish talab qilinadi. Shubhali debitorlik qarzi ulushi o‘tgan yilga nisbatan 1,8 punktga o‘sib, debitorlik qarzlarining umumiy hajmida 7,0% ni tashkil qilgan. Agar debitorlik qarzi ulushi 27,7% ni, xaridorlar va buyurtmachilar qarzdorligi ulushi tashkilotning joriy aktivlari umumiy hajmining 4,4% ini tashkil qilganligi e’tiborga olinsa, debitorlik qarzi holati tufayli umumiy joriy aktivlar likvidligi pasayganligi haqida xulosa qilish mumkin.
240 Tahlil natijalarini umumlashtirish uchun ichki hisob ma’lumotlari bo‘yicha yig‘ma jadval tuzish mumkin bo‘lib, unda debitorlik qarzi paydo bo‘lish muddatlari bo‘yicha tasniflanadi. 9.3-jadval Debitorlik qarzi holati tahlili mln so‘m Jumladan muddatlari bo‘yicha Debitorlik qarzi turi Yil boshi uchun Yil oxiri uchun 1 oygacha 1 - 3 oygacha 3 - 6 oygacha 6 - 12 oygacha 12 oydan ziyod A 1 2 3 4 5 6 7 Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisoblashishlar 320,7 293,5 73 126 59 29
6,5 Berilgan bo‘naklar 103 552,9 510 0 0 42,9 0
Boshqa debitorlar 281,4 998,3 340 10 648,3 0 0 Jami debitorlik qarzi 705,1 1844,7 923 136 707,3 71,9 6,5 Debitorlik qarzining umumiy miqdoriga % da
- 100 50,0
7,4 38,3
3,9 0,4
Bunday jadvalning har oyda tuzilishi buxgalterga turli debitorlar bilan hisoblashishlarning aniq manzarasini tasavvur qilish, muddati o‘tgan qarzdorlikni aniqlashga imkon beradi. 9.3-jadval ma’lumot- laridan ko‘rinib turibdiki, debitorlik qarzining asosiy qismini 1 oygacha muddatli qarzlar tashkil qiladi. qarzlarning umumiy miqdorida uning ulushi 50,0% ga to‘g‘ri keladi. Ayni vaqtda tashkilotdan 779,2 mln so‘m (707,3+71,9) miqdorda yetarlicha katta muddatli qarzdorlik mavjud. Yaqin vaqtlarda ushbu qarzlarni undirib olish bo‘yicha barcha sa’y-harakatlarni qo‘llash lozim, chunki buni kechiktirish tashkilotning moliyaviy natijalari pasayishiga olib kelishi mumkin. Debitorlik qarzining keltirilgan tahliliga asosan xulosa qilish mumkinki, tashkilot debitorlar bilan muayyan muammolarga ega va bu muammolar hisobot yilida ham o‘tgan yilga nisbatan kamaymagan.
241 9.4. Kreditorlik qarzi holati tahlili
Kreditorlik qarzi korxonalar o‘rtasida hisoblashishlarning mavjud tizimi oqibatida yuzaga kelib, bunda bir korxonaning boshqasiga qarzi muayyan davr tugashi bo‘yicha qaytariladi. Masalan, xaridorga jo‘natilgan tovar-moddiy qimmatliklar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar uchun hisob-kitob hujjatlari qimmatliklar olingandan so‘ng yoki xizmatlar ko‘rsatilgandan so‘ng to‘lanadi. Kreditorlik qarzi shunday holatlarda ham yuzaga keladiki, bunda korxona dastlab o‘zining hisobida qarzdorlik (mehnat haqi to‘lash bo‘yicha xodimlar oldida, byudjet oldida va boshqalar) yuzaga kelganligini aks ettiradi, muayyan vaqt tugashi bilan ushbu qarzdorlikni qaytaradi ( mehnat haqi to‘laydi, hisob raqamidan byudjetga pul o‘tkazadi va boshqalar. Bundan tashqari, kreditorlik qarzi korxona tomonidan o‘z to‘lov majburiyatlarini o‘z vaqtida to‘lamasligi oqibati hisoblanadi. Kreditorlik qarzining tahlil metodikasi ham debitorlik qarzi tahliliga o‘xshash bo‘ladi. Tahlil jarayonida tahlil davrida qarzdorlikning aylanmalari sonini tavsiflovchi kreditorlik qarzi aylanuvchanligi ko‘rsatkichlari hisoblanadi va dinamikada baholanadi. .
Kkq Kq =
Bu yerda, Kkq – kreditorlik qarzi aylanuvchanligi koeffitsiyenti; MST – mahsulot sotishdan tushumlar; Kz – o‘rtacha kreditorlik qarzi. Tahlil xulosasida quyidagilar kabi ko‘rsatkichlar bo‘yicha kreditorlik qarzi taqqoslanadi: – o‘sish sur’ati, %; – aylanuvchanlik, aylanmalarda; – aylanuvchanlik, kunlarda. Debitorlik va kreditorlik qarzi holatini taqqoslash quyidagi xulosalarni chiqarishga imkon beradi: tashkilotda kreditorlik qarzi miqdori ustunlik qiladi, lekin uning o‘sish sur’ati debitorlik qarzi o‘sish sur’atiga nisbatan kamroq. Buning sababi – kreditorlik qarzi aylanmasi debitorlik qarziga nisbatan pastroq tezlikka egaligidadir. 242 9.4-jadval Debitorlik va kreditorlik qarzining qiyosiy tahlili Ko‘rsatkich nomi Kreditorlik qarzi Debitorlik qarzi O‘sish sur’ati, % 157 261
Aylanuvchanlik, aylanmalarda 1,9 3,5 Aylanuvchanlik, kunlarda 189,4 102,8
Tahlil natijalari bo‘yicha an’anaviy ravishda quyidagi chora- tadbirlarni amalga oshirish tavsiya qilinadi: • kreditorlik qarzi va debitorlik qarzi nisbati ustidan kuzatib borish. Debitorlik qarzining sezilarli darajada ortishi tashkilotning moliyaviy barqarorligiga tahdid soladi, yuzaga kelayotgan kreditorlik qarzlarini qaytarish uchun qo‘shimcha moliyalashtirish manbalarini jalb qilishni zarur qilib qo‘yadi; • muddati o‘tgan qarzdorliklar bo‘yicha hisoblashishlar holatini nazorat qilish; • inflyatsiya sharoitida ixtiyoriy muddatni uzaytirish korxona aslida bajarilgan ishlar qiymatini bir qisminigina olishiga olib kelganligi uchun avans to‘lovlari tizimini kengaytirish zarur. Debitorlik va kreditorlik qarzlarining yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan turlarini o‘z vaqtida aniqlash ularga quyidagilarni kiritish mumkin: yetkazib beruvchilar, byudjet va boshqalar oldida muddati o‘tgan qarzdorlik; e’tirozlar bo‘yicha kreditorlik qarzi; e’tirozlarga ega yetkazib beruvchilar va xaridorlar; moddiy zararni qoplash hisob-kitoblari bo‘yicha qarzdorlik; «Boshqa debitorlar» moddasi bo‘yicha qarzdorlik.
Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling