Toshkent moliya instituti iqtisodiy tahlil
Download 1.54 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy tahlil
o‘tgan 3 yilning o‘rtachasidan 1 Don
31,4 32 35 3 3,6 2 Paxta 28,7 29
30 1 1,3 3 Kartosh- ka 120 125
118 -7 -2 4 Sabzavot 210 220 202
-18 -8
O‘simlikchilik ekinlari hosildorligini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, kartoshka va sabzavot ekinlarining hisobot yiliga haqiqatdagi hosil- dorligi o‘tgan o‘rtacha 3 yildagi hosildorlikdan pasaygan. Ayniqsa, sabzavot ekinlari hosildorligi 8 s/ga ga, kartoshka bo‘yicha 2 s/ga ga, rejaga nisbatan esa kartoshka 7 s/ga ga, sabzavot ekinlari 18 s/ga ga hosildorlik past bo‘lgan. Iqtisodiy tahlil vazifasi hosildorlikni pasayib ketishi sabablarini chuqurroq o‘rganib, uni yaxshilash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqishdan iborat. Hosildorlik ko‘rsatkichlarini tahlil qilishning muhim qismi uni oshirish imkoniyatlarini aniqlash sanaladi. Buning uchun o‘rganila- yotgan har bir ekin turlarining hosildorlik ma’lumotlari tahlil etiladi. O‘simlikchilik mahsulot yetishtirishning o‘zgarishiga ta’sir etayotgan jami omillarni ekstensiv va intensivga ajratsak, ularning ta’sir darajasi ekin maydonining va hosildorlikning o‘zgarishida mujas- samlashgan. Shuning uchun ham iqtisodiy tahlilda bu omillarning ta’sirini o‘rganish uchun mutloq farqlarni ko‘paytirish yoki zanjirli bog‘lanish usullarini qo‘llab o‘rganiladi. 13.4-jadvalda biz tahlil qilayotgan xo‘jalikda o‘tgan yilga nisbatan don hosili jami 45 s ga ko‘paygan. Bunga asosiy sabab don ekilgan maydonning 3,4 gektarga kamayganiga qaramasdan hosildorlikning 4 s/ga ga ortishi, ya’ni intensiv o‘sish hisoblanadi. Paxta bo‘yicha ham yalpi hosilga hosildorlik ijobiy, ekin maydoni salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Kartoshka va sabzavot bo‘yicha ekin maydoni ijobiy, hosildorlik salbiy ta’sir ko‘rsatgan.
310 13.4-jadval O‘simlikchilik mahsulotlari yetishtirishga ta’sir etuvchi sabablar tahlili O‘tgan yil Hisobot yili O‘zgarishi shu jumladan № Ekin turlari ekin maydoni, ga hosildor lik, s/ga yalpi hosil, s ekin maydoni, ga hosildor lik, s/ga yalpi hosil, s jami ekin maydoni o‘zgarishi hisobiga hosildor lik o‘zgarishi hisobiga 1 Don 41,3 31 1280 37,9 35 1325
45 -106,4 151,4
2 Paxta 55,0 28 1540 52,6 30 1578 38 -67,2 105,2 3 Kar- toshka 10,1 122 1236 10,3 118 1210 -26 15,0 -41,0 4 Sabza vot 6,6 216 1417 6,9 202 1395 -22 74,7 -96,7
O‘simlikchilik mahsuloti yetishtirishni tahlil qilishning so‘ngida mahsulot hajmini ko‘paytirish bo‘yicha xo‘jalikdagi bor imkoniyatlar va rezervlarni aniqlash talab etiladi. Bunday imkoniyatlar: - ekin ekish tarkibini oqilona tashkil etish evaziga tabiiy hosildorlikni oshirish va pirovard mahsulot hajmini ko‘paytirish; - agrotexnik tadbirlarni o‘z muddatida o‘tkazib, mo‘ljallangan hosilga erishish natijasida mahsulot hajmini ko‘paytirish hisoblanadi. 13.3. Chorvachilik mahsulotlari yetishtirish va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tahlili Chorvachilik qishloq xo‘jaligining muhim tarmog‘i bo‘lib, u qoramolchilik, cho‘chqachilik, qo‘y va echkichilik, yilqichilik kabi tarmoqlardan tashkil topadi. Chorvachilik mahsulotlari aholini 311 kalloriyali oziq-ovqat bilan ta’minlaydi hamda sanoatning ayrim tarmoqlari uchun xomashyo manbasi hisoblanadi. Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni tahlil etishda quyidagi mavzular o‘rganiladi: - chorva mollarining bosh soni va uning harakati tahlili; - mahsuldorlik ko‘rsatkichlari tahlili; - chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ta’sir ko‘rsatadigan omillar tahlili; - chorvachilik mahsulotlari hajmini ko‘paytirish imkoniyatlarini hisoblash. Chorvachilikda ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmining o‘zgarishiga mollarning soni katta ta’sir etadi. Shuning uchun ham chorva mollarining har bir turi yo‘nalishi bo‘yicha sonining o‘zgarishi chuqur tahlil etilishi talab etiladi.
1 Sog‘in sigirlar 214 10
8 216
2 2 Buqalar 7 2 3
-1 3 2 yoshdan yuqori buzoq va takalar 83 6 4 85 2 4 Boquvdagi mollar 156 80 50 186 30 5 Hisobot yili tug‘ilgan buzoqlar 0 180 0 180 180
278
65 673
213
Biz tahlil qilayotgan xo‘jalikda qoramollar soni 213 boshga ko‘paygan. Bunga asosiy sabab hisobot yili tug‘ilgan 180 ta buzoqlar hamda semirtirishdagi mollarning soni 30 taga ko‘payganligi ta’sir etgan. Mahsuldor buqalar sonining bittaga kamayishi xo‘jalik xodimlarining e’tiborida bo‘lishi lozim. Chunki kelgusida zotli buqalarning ko‘payishiga bu kamayganlik (-1) salbiy ta’sir etadi. Umuman olganda, qoramollar bosh sonining harakatini ijobiy deb qarash kerak. 312 Chorva bosh sonini ko‘paytirish va tarkibini yaxshilashda bola olish ko‘rsatkichlarini ijobiy hal etish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun har 100 bosh sog‘in sigir yoki ona qo‘ylardan o‘rtacha olingan buzoqlar va qo‘ylar ma’lumotlari qator yillar ko‘rsatkichlariga asoslanib tahlil etiladi. Bunday tahlil chorva mollarining kamayishini oldini olish, poda oborotini ijobiy bo‘lishini ta’minlash hamda zotdor mollarni ko‘paytirish masalalari qanday hal etilayotganligiga baho berish maqsadida o‘tkaziladi.
1 Har 100 bosh sog‘in sigirlar- dan olingan buzoqlar 87 86 83 -4 -3 2
ona qo‘ydan olingan qo‘zilar 109 110 92 -17
-18 3 Har bir bosh ona cho‘chqa- dan o‘rtacha olingan bolasi 12 12 10 -2 -2
bola olish ko‘rsatkichlari o‘tgan yillarga nisbatan va rejaga nisbatan pasaygan. Jumladan, buzoq olish - 4 va - 3 , qo‘zi olish -17 va -18 va cho‘chqa bola olish - 2 va - 2 ga. Demak, xo‘jalikda zooveterenariya tadbirlarini kuchaytirish talab etiladi. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda chorva mollarining mahsuldorligi muhim ta’sir etuvchi omillardan biri hisoblanadi. Mahsuldorlik ko‘rsatkichlariga bir bosh sigirdan o‘rtacha bir yilda yoki bir oyda sog‘ib olingan sut, mollarning sutkalik ortgan vazni, qo‘ylardan olingan jun va tovuqlardan olingan tuxum va hokazolar hisoblanadi. 313 Chorva mollarining mahsuldorligi quyidagi ko‘rsatkichlarga bog‘liq: - mollarning zoti; - ratsion asosda boqish; - zooveterenariya tadbirlarini o‘z vaqtida amalga oshirish; - yem-xashak bazasi bilan ta’minlanganlik; - moddiy manfaatdorlik va moddiy qiziqtirishlik; - chorva fermasida yaratilgan shart-sharoit va boshqa omillar.
O‘zgarishi (+;-) № Mahsuldorlik ko‘rsatkichlari O‘tgan 3 yilning o‘rtachasi reja haqiqatda o‘tgan 3 yilning o‘rtachasiga nisbatan rejaga nisbatan 1 Bir bosh sigir- dan o‘rtacha 1 yilda sog‘ib olingan sut, kg 1420 1430 1320 -100
-110 2 1 bosh ona qo‘ydan qirqib olingan jun, kg 2,4 2,4 2,2 -0,2 -0,2 3 Qoramollarning sutkalik ortgan vazni, gramm 350 370 330 -20
-40
Biz tahlil qilayotgan xo‘jalikda chorva mollarining mahsuldorlik ko‘rsatkichlari o‘tgan yillarga nisbatan va rejada mo‘ljallangan ma’lumotlarga nisbatan hisobot yili haqiqatda pasaygan. Masalan, bir bosh sog‘in sigirdan o‘rtacha bir yilda sog‘ib olingan sut o‘tgan yillarga nisbatan 100 kg.ga, biznes rejaga nisbatan 110 kg.ga kamaygan. Qoramollarning ortgan vazni ham o‘tgan yillarga nisbatan 20 grammga, rejaga nisbatan 40 grammga kamaygan. Har bir bosh ona qo‘ydan jun qirqib olish 0,2 kg.ga kamaygan. Bu ma’lumotlar xo‘jalikda chorva mollari mahsuldorligining pasayganligidan dalolat bermoqda. Tahlilchining vazifasi chorva mollari mahsuldorligining pasayish sabablarini o‘rganishdan iborat. 314 Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirishni xuddi o‘simlikchilik kabi intensiv va ekstensiv omillarga ajratish mumkin. Ekstensiv omillarga chorva mollarining bosh sonini ko‘paytirish, chorva fermalarini kengaytirish, ko‘proq ozuqa tayyorlash kabi yo‘llar bilan chorvachilik mahsulotini ishlab chiqarishni ko‘paytirish mumkin yoki ortiqcha mablag‘ va boyliklarni sarflab, ko‘proq mahsulot ishlab chiqarishga erishiladi. Intensiv omil deyilganda, bor mablag‘lar va boyliklardan to‘g‘ri va samarali foydalanish evaziga chorva mollarining mahsuldorligini oshirish, zotini yaxshilash mahsulotlarning buzilishi, tabiiy kamayish normalarini qisqartirish va sifatni yaxshilash hisobiga mahsulotlar hajmini ko‘paytirish tushuniladi. Iqtisodiy tahlilda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi barcha sabablarni 1. Chorva bosh sonining. 2. Mahsuldorligining o‘zgarishi umumlashtirilib o‘rganiladi. Bunday tahlilni bajarishda farqlarni ko‘paytirish yoki zanjirli bog‘lanish usullarini qo‘llash orqali omillar ta’siri aniqlanadi. Fermer xo‘jaligida jami sut ishlab chiqarish 187,6 sentnerga kamaygan. Bunga asosan mahsuldorlikning pasayganligi ta’sir etgan, ya’ni har bir bosh sog‘in sigirdan o‘rtacha o‘tgan yilga nisbatan 100 kg.ga pasayganligi jami sut hajmini 216 s.ga kamayishiga sabab bo‘lgan. Sog‘in sigirlar sonining 2 boshga ko‘payganligi jami sut hajmini 28,4 s.ga ko‘payishiga sabab bo‘lgan. Ekstensiv va intensiv omillar ta’siri 187,6 s.ga teng. Qo‘ylardan qirqib olingan jun ham 1,78 s.ga kamaygan. Bunda qo‘ylarning bosh sonining kamayishi ham, bir bosh qo‘ydan qirqib olingan junning kamayishi ham yalpi mahsulotning kamayishiga olib kelgan. Boquvdagi mollarning ortgan vazni 0,0678 s.ga ortgan bo‘lishiga qaramasdan mahsuldorlikning kamayishi hisobiga yalpi mahsulot 0,0372 s.ga kamaygan. Xo‘jalikda mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini oshirish choralari ko‘rilmasa, kelgusida mahsulot yetishtirish hajmi pasayib ketishi mumkin. 315 13.8-jadval Chorva mahsulotlarini is hlab chi q arish ga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash Bosh soni Mahsuldorlik , k g Yalpi mahsulot, s O‘ zg ar ishi o‘z garishga ta’siri sababi Mahsulot turlari o‘tgan yil hisobot yili o‘tgan yil hisobot yili o‘tgan yil hisobot yili shartli jami bosh soni mahsul- dorlik 1.Sut
214 216
1420 1320
3038,8 2851,2
3067,2 -187,6
28,4 -216
2.Jun 560
530 2,4
2,2 13,44
11,66 12,72
-1,78 -0,72
-1,06 3.Ortgan vazn 156 186
0,35 0,33
0,546 0,6138
0,651 0,0678
0,105 -0,0372
316 13.4. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish va unga ta’sir etuvchi omillar tahlili Fermer xo‘jaliklarida yetishtirilgan mahsulotlar quyidagi yo‘na- lishlar bo‘yicha sotilishi mumkin : - Davlat buyurtmasining bajarilishi hisobiga sotish; - Shartnoma asosida turli tashkilotlarga sotish; - Erkin bozorlarda sotish; - Xorijga eksport qilish uchun sotish; - O‘z ishchi va xizmatchilariga sotish; - Boshqa yo‘nalishlarga sotish. Mahsulotlarni sotish ko‘rsatkichlarini tahlil etishda xo‘jalik uchun eng qulay va yuqori manfaat keltiruvchi sotish kanallari aniqlanadi Bunday tahlilni o‘tkazish uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarni sotish shakli ma’lumotlaridan, shuningdek, moliyaviy hisobotning 2-shakli – Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot ma’lumotlaridan foydalaniladi. Mahsulot sotish ko‘rsatkichlari tahlilini bajarishda ham qiymat, ham natura o‘lchamida ma’lumotlar o‘rganiladi. 13.9-jadval Fermer xo‘jaligi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish hajmining tahlili 2016 yil № Mahsulot turi reja haqiqatda O‘zgarishi (+;-) Bajarilish foizi A 1
2 3 4 5 1 Mahsulot sotishning tushumi (2015 yilgi haqiqiy bahoda ming so‘m)
148145 111510 -36635 75,3 2 Natura o‘lchamida mahsulot sotilishi
3 Bug‘doy 23418 23077
-341 98,5
4 Katoshka 2900 2885 -15 99,5 5 Ochiq turdagi sabzavot 12000 10629 -1371 88,6 6 Paxta 36500 34695
-1805 95,1
7 Sut 2014 2129 115 105,7 8 Yirik shoxli qora mol 110
104 -6 94,5 9 Pilla 128 126 -2 98,4
317 13.9-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, biz o‘rganayotgan xo‘jalikda mahsulotlar sotish bo‘yicha tushum rejaga nisbatan 36635 ming so‘mga kamaygan. Bunday holat xo‘jalikning yakuniy moliyaviy ahvoliga salbiy ta’sir etadi. Natura o‘lchamida mahsulot sotish hajmi faqat sutdan tashqari aksariyat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bo‘yicha rejaning bajarilmaslik foizi -11,4 dan -0,5 gachani tashkil etadi. Javaldagi raqamlardan yana shu narsani ko‘rish mumkinki, umumiy tushum va natura hisobida mahsulotlar sotish rejasining bajarilmaslik foizlari o‘rtasidagi -24,7 (75,3-100) va 11,5 tafovutlar rejaga nisbatan sotilayotgan mahsulotlar bahosining pasayib ketganligi sababli bo‘lganligini ko‘rsatadi. Respublikamiz qishloq xo‘jaligida muhim o‘rinni paxta, don, pilla, jun va qorako‘l teri kabi mahsulotlar e’tiborli sanalgani uchun hamda valyuta zaxiralarini to‘ldirishda paxta tolasini sotish zarurligi bu mahsulotlar uchun davlat buyurtmasini xo‘jaliklar bo‘yicha tahlil etishni taqozo etadi. Bu xususiyatni e’tiborga olib, fermer xo‘jaliklariga rejada mo‘ljallangan yalpi paxta yetishtirishning 60% miqdorida (donning esa 40 % hajmida) buyurtma joriy etilgan edi. Davlat buyurtma foizlari iqtisodiy sharoitning o‘zgarishi bilan turlicha bo‘lishi mumkin. Davlat buyurtmalarini bajarilish holatini tahlil qilish uchun mahsulotlar sotish hisobot shaklidan foydalanib, jami sotilgan mahsulot tarikibida davlat buyurtmasini bajarganlik holati tahlili o‘tkaziladi. 13.10-jadvaldan ko‘rinib turganidek, xo‘jalikda asosiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bo‘yicha, jumladan, paxta va pillaning barchasi davlat buyurtmasi hisobiga sotilgan. Jami sotilgan donning 96 % davlat buyurtmasiga, sutning esa 92,67 % davlatga sotilgan. Davlat buyurtmasining mahsulot turlari bo‘yicha bajarilish rejasi birorta mahsulot turlari bo‘yicha ham bajarilmagan. Bundan ko‘rinadiki, biz o‘rganayotgan xo‘jalikda davlat buyurtmasi umumiy sotish takibida muhim o‘rinni egallar ekan.
318 13.10-jadval Mahsulotlar sotish bo‘yicha davlat buyurtmasining bajarilishi tahlili Jami sotilgan, ts Shu jumladan, davlat buyurtmasi bo‘yicha, ts Davlat buyurtma- sining salmog‘i № Mahsulot turi reja haqi- qatda reja haqi- qatda reja haqi- qatda Baja- rilish foizi 1 Don
23418 23077 22400 22160 95,65 96,03 98,93 2 Paxta
36500 34695 36500 34695 100 100 95,05 3 Sut 2014 2129 2000 1973 99,30 92,67 98,65 4 Pilla
128 126 128 126 100 100 98,44
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sifatini tahlil etish ham muhim o‘rin egallaydi, chunki mahsulotlar sifati tushumga ta’sir etadi. Sifatning yaxshilanishi foydani o‘stirishning muhim omillaridan sanaladi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini aniqlashda quyidagi shartlar bajarilishi e’tiborga olinadi: - Davlat standart talablariga mos kelishi; - Tajribadagi foydali elementlarning ulushi; - Ko‘rinishi va estetik zavq berishi; - Ta’mi, hidi va boshqalar. Mahsulotlarning turlariga qarab sifatni aniqlash mezonlari qo‘llaniladi. Masalan, paxta tolasining mustahkamligi, uzun yoki qisqaligiga qarab navlar (1-5 nav). Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini tahlil qilishda mahsulotlar sotish hisobot forma ma’lumotlaridan foydalanib, sifat o‘zgarishi natijasida sof vazn va qabul qilingan vaznlar o‘rtasidagi tafovutlarni olgan holda tushum o‘zgarishlari tahlil etiladi. Bunday tahlil natijasi mahsulotlar sotishdan olingan tushumga sifat qanday ta’sir qilinganligini aniqlashga imkon beradi. 13.11-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, davlatga sotilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatining pasayishi natijasida xo‘jalik jami 2537,2 ming so‘mlik pul tushumini yo‘qotgan, ayniqsa, paxtaning sifati pasayganligi xo‘jalikning taxminan 150,6 mln so‘mlik daromadining pasayishiga olib kelgan.
319 Faqat sutning yog‘lilik darajasi normadan oshiqcha bo‘lganligi daromadning 4104 ming so‘mga o‘sishiga ta’sir etgan. Demak, xo‘jalik bo‘yicha mahsulotlar sifatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar ishlab chiqilishi taqozo etilmoqda.
1 Don 1444832 22360 22160 65200 -200 -13040 2 Paxta 4336875 35900 34695 125000 -1205 -150625 3 Sut 146160 1973 2030
72000 57 4104
4 Pilla 33390 126
126 265000 0 0 Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling