Toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti 5230100 – Iqtisodiyot
Download 146.76 Kb.
|
milliy boylik kurs ishi
Kurs ishining tarkibi. Mazkur kurs ishi kirish, ikki bob, 4 bo’lim xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat
I BOB. MILLIY BOYLIK TUSHUNCHASI VA UNING TARKIBI Milliy boylik haqida tushuncha Milliy boylik — mamlakatning tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar koʻrsatish va kishilar hayotini taʼminlash sharoitlarini belgilovchi resurelari majmui. Umuman, mamlakatning mulkiy holatini tavsiflashda qoʻllaniladigan Milliy boylik koʻrsatikichi turli shaklda jamgʻarilgan kishilar mehnat mahsullari natijalari bilan birga iqtisodiy muomalaga kiritilgan tabiat resurelarini, shuningdek, xorijdagi moliyaviy aktivlar va hisobkitoblar saldosini ham oʻz ichiga oladi. Milliy boylikni hisoblash milliy hisoblar tizimi konsepsiyasiga asoslanadi, Milliy boylik har bir mamlakat xalqi hayoti va taraqqiyotida katta ahamiyatga ega boʻlib, umumiy hayot darajasini, mamlakatning salohiyatini ifodalaydigan juda muhim makroiqtisodiy va umumiqtisodiy koʻrsatkichdir. Milliy boylik birinchi marta ingliz iqtisodchisi U. Petti (1623—1687) tomonidan 1664 yilda hisoblangan edi, Fransiyada Milliy boylikni birinchi marta ba-holash 1789 yilda, AQShda 1805 yilda, Rossiyada 1864 yilda amalga oshirilgan edi. U. Petti "mehnat — boylikning otasi, yer — uning onasi", — degan va umumiy boylikni ishlab chiqarilgan mahsulotlardan iborat, deb tushungan. Milliy boylikni hisoblashda qishilik jami-yati hayoti va taraqqiyotining moddiy asosi, birinchi, navbatda, moddiy tabiat ekanligini unutmagan holda, eng avvalo tabiiy boyliklar — yer, yer osti boyliklari, suvlar, oʻrmonlar va boshqa aniq va toʻgʻri hisobga olinishi lozim. Soʻngra ular vositasida inson mehnati bilan ishlab chiqarilgan va jamgʻarilgan moddiy boyliklar toʻla-toʻkis hisobga kiritilishi kerak: 1) moddiy ishlab chiqarish sohasidagi moddiy fondlar; asosiy fondlar; moddiy aylanma vositalar; ularning rezervlari; 2) noishlab chiqarish sohasidagi moddiy fondlar; asosiy fondlar, shu jumladan, turar joy fondi; boshka moddiy boyliklar; 3) aholi uy-roʻzgʻor xoʻjaligidagi uzoq muddatli foydalaniladigan moddiy neʼmatlar; 4) turli xil rezerv fondlar. Bu fondlarni yana ikki fondga boʻlish mumkin: 1) unumli (ishlab chiqarish) fondlari; 2) bevosita isteʼmolbop fondlar. Milliy boylikni mulkchilik shakllari boʻyicha tasniflashning ahamiyati katta. Shu bilan birga tabiiy boyliklarning va ishlab chiqariladigan, jamgʻarilgan boyliklarning har bir muayyan davrda kimlar egaligida va foydalanishida ekanligini hisobga olish ham muhim. Mamlakat, jamiyat Milliy boylikgi uning faqat moddiy boyligidangina iborat emas. Uning maʼnaviymadaniy va boshqa unsurlari ham bor. Mamlakat aholisi, uning mehnatga qobilliligi, akliy va jismoniy qobiliyatlari, xilma-xil koʻnikmalari aslida, insoniy nuqtai nazardan har qanday jamiyatning asosiy boyligidir. Shu sababli hozirgi davrda barcha mamlakatlar oʻz aholisini, uning maʼnaviyatini va madaniyatini saklash va rivojlantirishga harakat qiladi; barcha moddiy (tabiiy va ishlab chiqarilgan) neʼmatlar, maʼnaviy neʼmatlar (ilm, fan, madaniyat, sanʼat boyliklari va boshqalar) insonga, kishilarga xizmat qilishi lozim. Iqtisodiy adabiyotlarda insonning ish kuchini, akliy va jismoniy qobiliyatlarini "insoniy kapital" deb atash ham bor. Hozirgi davrda dunyoda tegishli mutaxassislar va muassasalar turli mamlakatlarda insoniy salohiyatni, tabiiy boyliklarni va takror ishlab chiqariladigan boyliklarni baholash, ularning umumiy hajmini, yigʻindisini va aholi jon boshiga toʻgri keladigan miqdorini aniqlash bilan ham shugʻullanadi. Jahon banki ekspertlarining baholashiga kura, 20-asr oxirida insoniyat 550 trln. AQSH dollaridan ortiq (yoki aholi jon boshiga 90 ming dollarlik) boylikka ega boʻlgan; shu jumladan, AQSH eng koʻp darajadagi jaʼmi 120 trln. dollar (aholi jon boshiga 460 ming dollar) boylikka ega. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishishi bilan mamlakat hududidagi barcha boyliklar Milliy boylikka, milliy mulkka aylantirildi. Bu Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Res-publikasining davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida"gi qonunining (1991 yil 31 avg.) 7moddasida: "Respublika hududidagi yer, yer osti boyliklari, suv va oʻrmonlar, oʻsimliklar va hayvonot dunyosi, tabiiy va boshqa resurslar, respublikaning maʼnaviy boyliklari Oʻzbekiston Respublikasining milliy boyligi, mulki hisoblanadi", deb koʻrsatilgan. Shuning uchun ham, birinchi navbatda, mamlakatning insoniy salohiyatini, tabiiy va yaratilgan (ishlab chiqarilgan) boyliklarni aniq baholash, ularni bir-biriga tarkibiy jihatdan muvofiqlashtirish, koʻpaytirish va takomillashtirish eng dolzarb vazifalarga kiradi. Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg’arilgan moddiy, nomoddiy va intеllеktual hamda tabiiy boyliklardan iboratdir. Download 146.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling