Toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti 5230100 – Iqtisodiyot
II BOB. MILLIY BOYLIKNI KO’PAYTIRISH OMILLARI
Download 146.76 Kb.
|
milliy boylik kurs ishi
II BOB. MILLIY BOYLIKNI KO’PAYTIRISH OMILLARI
2.1 Iqtisodiy rivojlanish darajasi va milliy boylik Shu ayonki, har qanday jamiyatda o’sib borayotgan ehtiyojlarni qondirish va farovon yashash uchun iqtisodiy o’sish yuz berishi kerak. Iqtisodiy o’sish - deganda iqtisodiy ravnaqni, ya’ni iqtisodiyotning dinamik rivojlanishini, yaratilgan tovarlar va xizmatlarning ko’payib borishini tushunamiz. Ammo iqtisodiy rivojlanish hech qachon bir tekis, yuqorilab boruvchi chiziq bo’yicha ro’y bermaydi. Iqtisodiy o’sishni ikki darajada olib qarash mumkin. Mikroiqtisodiy va makroiqtisodiy o’sish. Mikroiqtisodiy o’sish firma, korxona va tarmoq miqyosidagi rivojlanishni aks ettiradi va ularda o’sish yaratilgan tovarlar va xizmatlarning bozor narxida hisoblangan hajmiga qarab aniqlanadi. Makro-iqtisodiy o’sish milliy iqtisodiyot, ya’ni muayyan mamlakat miqyosidagi iqtisodiy taraqqiyotni ifoda etadi va yalpi milliy mahsulotning (YaMM) ko’payishini bildiradi. YaMM hajmi iqtisodiy o’sishning umumlashgan pulda ifodalangan ko’rsatkichi hisoblanadi. Shu bilan birgalikda, iqtisodiy rivojlanish o’z ichiga yuksalish va inqiroz davrlarini, iqtisodiyotdagi miqdor va sifat o’zgarishlarni, ijobiy va salbiy tomonlarni olib notekis boradi. Ekstensiv iqtisodiy o’sishga ishlab chiqarishning oldingi texnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko’payishi tufayli erishiladi. Aytaylik, mahsulot ishlab chiqarishni ikki hissa ko’paytirish uchun mavjud korxona bilan bir qatorda o’rnatilgan uskunalarning quvvati, miqdori va sifati ishchi kuchining soni va malaka tarkibi bo’yicha xuddi o’shanday yana bir korxona quriladi. Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o’zgarmay qoladi. Iqtisodchilar iqtisodiy o’sishga quyidacha ta’rif beradi: • Ma’lum yillar mobaynida real YIMdagi o’sish. • Ma’lum yillar mobaynida real YIMning aholi jon boshiga o’sishi. Yuqoridagi ta’rifl arni xohlagan biriga murojaat qiladigan bo’lsak, iqtisodiy o’sishning chorak yoki haryilgi foiz stavkasi sifatida hisoblab chiqiladi. Ikkinchi ta’rif esa aholi soni hisobga oladi. Aholi jon boshiga real YIM real YIM ni aholi soniga bo’lish orqali aniqlanadi. Keyin esa chiqqan natija avvalgi yildagi natija bilan foizlar hisobida taqqoslanadi. O’sish iqtisodiy maqsadni belgilab beradi. Umumiy mahsulotni aholiga nisbatan kengayishi ish-haqilarni o’sishiga olib keladi va shuning bilan birgalida aholining turmush darajasini ko’tarilishiga sababchi bo’ladi. Yuqori o’sish bilan rivojlanayotgan iqtisodiyot kishilar ehtiyojlarini yaxshiroq qondirishga va ijtimoiy hamda iqtisodiy muammolarni hal etishga imkoniyat yaratadi. O’z navbatida, ish haqilarni oshishi kishilarga ko’proq dam olish, shaxsiy kompyuterlarni sotib olish va oily ta’limda tahsil olish kabi imkoniyatlarni yaratib beradi. Tobora yuksalib borayotgan iqtisodiyot aholini kam ta’minlangan qatlamini ahvolini yaxshilash, san’atni rivojlantirish va atrof-muhitni himoya qilish kabi muammolarni hal etishda yordam beradi. Iqtisodiy o’sishning intensiv turi sharoitida mahsulot chiqarish miqyoslarini kengaytirishga ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish: yanada progressivroq ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo’llash, ishchi kuchi malakasini oshirish, shuningdek mavjud ishlab chiqarish potentsialidan yaxshiroq foydalanish yo’li bilan erishiladi. Intensiv yo’l ishlab chiqarishga jalb etilgan resurslarning har bir birligidan olinadigan samaraning, pirovard mahsulot miqdorining o’sishida, mahsulot sifatining oshishida o’z ifodasini topadi. Bunda mahsulot ishlab chiqarishni ikki hissa oshirish uchun mavjud korxonaga teng bo’lgan yana bir korxona qurishga hojat yo’q. Bu natijaga ishlab turgan korxonani rekonstruktsiya qilish va texnika bilan qayta qurollantirish, mavjud resurslardan yaxshiroq foydalanish hisobiga erishish mumkin. Iqtisodiy o’sishning jismoniy ko’rsatkichlari ancha aniq natija beradi, (chunki ular inflyatsiya ta’siriga berilmaydi), lekin unversal emas (iqtisodiy o’sish sur’atlarini hisoblashda har xil ne’matlar ishlab chiqarishni umumiy ko’rsatkichga keltirish qiyin). Qiymat ko’rsatkichlar keng qo’llaniladi, ammo har doim ham uni inflyatsiyadan to’liq «tozalash» mumkin bo’lavermaydi. Shu sababli iqtisodiy o’sish sur’atlari qiyosiy yoki doimiy narxlarda hisoblanadi. Iqtisodiy rivojlanish darajasini baholaganda ko’pgina davlatlar АQSh darajasini standart sifatida qabul qilib, ishlab chiqarish omillarini va rivojlanishning turlicha sharoitlari Iqtisodiy rivojlanish darajasini qandaydir bitta nuqtasidan turib baholashga imkon bermaydi. Shuning uchun bir qator koʼrsatkichlardan foydalaniladi: 1. Аholi jon boshiga to’g’ri keluvchi YaIM, (YaMM, MD); 2. Milliy iqtisodiyotning tarmoq strukturasi; 3. Аholi jon boshiga asosiy majsulot turlarini ishlab chiqarish; 4. Аholining turmush darajasi va sifati; 5. Iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari. Bulardan eng muhimi, aholi jon boshiga to’gri keluvchi YaIM (YaMM) koʼrsatkichidir. Bu koʼrsatkichga muvofiq mamlakat xalqaro standart bo’yicha rivojlanayotgan yoki rivojlangan davlatlar kategoriyasiga kiritiladi. Rivojlangan davlatlar kategoriyasiga yiliga aholi jon boshiga 506 ming $ va undan ortiq YaMM yaratayottan davlatlar kiradi. Mamlakatning rivojlanish darajasi, shuningdek, eng muhim tarmoqlarining mamlakat iqtisodiyotiga qo’shayotgan Xissasiga qarab ham belgilanadi. Mustaqillikka erishganimizdan so’ng O’zbekistonda aholi jon boshiga yoqilg’i-energetika resurslarini ishlab chiqarish birmuncha ko’paydi. Neft ishlab chiqarish 270% va tabiiy gaz ishlab chiqarish 120%ga oshdi. Har qanday davlat iqtisodiyotining rivojlanishini avvalambor uning tabiiy resurslari soni va hajmi belgilab beradi, chunki tabiiy resurslar barcha ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirishning asosi, mamlakatning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvini, samaradorligini belgilovchi muhim omildir. O’zbekiston tabiiy resurslarning ulkan potensialiga ega. Oltin ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda 8-chi, oltinni aholi jon boshiga ishlab chiqarishda esa 5-o’rinni egallaymiz. Hozirgi kunga qadar respublikamizda 30ta oltin koni aniqlangan (eng kattasi- Muruntov). Respublikamizda 34 turdagi mineral xom ashyoning 850 dan ortik koni ochilgan. Mamlakatimizda uglevodorod xom ashyosining umumiy zaXiralari: gaz - 1828 mlrd, m;B gaz kondensati- 136 mln.t.B neftь - 103 mln.t. Respublika Hududida 20 dan ortik toshko’mir konlarining yotkiziklari aniklangan. Ularning prognozlik zaXirasi 3499 mln.t. Аngren koni zaXirasining Uzi esa 1885 mln.t. 33ta nodir va 32 ta rangli metallarning konlari bazasida 16 ta tog-kon sanoati korxonalari ishlamokda. 5 ta volьfram koni bor (KUYtosh, Langar, Ingichka). Tasdiklangan mineral suvlar zaXiralarining 1 sutkaligi 8208 ming m. Xozirda aniklangan mineral suvlarning Z2 manbai bazasida 12 ta kurort, mineral suvlarni kuyuvchi 10 dan ortik korxona ishlamokda. Respublikada 4,2 mln. ga. sugoriladigan yer bor. Mamlakatda foydalanilayotgan suv Xajmi 62-65 km? bUlsa, uning 36 km? i Аmudaryo va Sirdaryodan, kolgan kismi esa ichki manbalardan olinmokda. Yer va suv resurslarining mavjudligi, kulay iklim shroiti 1,7 mln.t. paxta tolasi yetishtirish imkonini bermokda. Bu soxa respublikaning muhim bazasidir. Download 146.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling