Toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti iqtisodiyot kafedrasi
Download 92.36 Kb.
|
Iqtisodiyot kurs ishi Raxmatov Farid
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU: Hududlarda innovatsion texnologiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish muammolari. K U R S
- 3._________________________ Tekshirdi: Xalikulova.D Toshkent – 2023
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI IQTISODIYOT FAKULTETI IQTISODIYOT KAFEDRASI Ro‘yhatga olindi IQTISODIYOT IQTISODIYOT fanidan № _____ “____”____ 2023 yil MAVZU: Hududlarda innovatsion texnologiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish muammolari. K U R S I SH I Himoya hay’ati a’zolari 1._________________________ Bajardi: 4-kurs I-53-2 guruh 2._________________________ Talabasi: Raxmatov Farid 3._________________________ Tekshirdi: Xalikulova.D Toshkent – 2023 MAVZU: Hududlarda innovatsion texnologiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish muammolari Reja Kirish 1. Innovatsiyalarning sohalar bo‘yicha turlari 2. Iqtisodiyotda innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish 3. Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy tajribalardan foydalanish 4. Korxonalarda eksport salohiyatni oshirishda innovatsion marketing texnologiyalaridan samarali foydalanish Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Kirish Jahonda hozirgi taraqqiyot bosqichida innovatsion iqtisodiyotga o‘tilayotgan bo‘lib, u turli faoliyat sohalarida yangi texnologik yechimlarni ishlab chiqish va amalga oshirishning samarali tizimiga asoslanadi. Tabiiy resurslar mavjudligi va cheklanganligi muhim rol o‘ynagan davrda texnologik rivojlanishni jadallashtirish uchun ularni iloji boricha samarali ishlatish lozim. Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotda innovatsion kashfiyot strategiyasini tanlash va amalga oshirish, tubdan yangi texnologiyalarni qo‘llash hamda raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqishasosda iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy rivojlanishning yuqori sur’atlarini ta’minlashimiz mumkin. Ushbu qo‘llanma mamlakatimizda milliy iqtisodiyotni innovatsion taraqqiyot dasturini amalga oshirishdagi roli, innovatsion rivojlanishini belgilovchi omillari, innovatsion faoliyatni boshqarishning muhim muammolari, sanoat korxonalarida ilmiy loyihalarning mohiyati va ularni ishlab chiqarishga joriy etish, innovatsion taraqqiyotni ta’minlovchi omillar, sanoatda innovatsion taraqqiyotni harakatga keltiruvchi kuchlar, barqaror iqtisodiy yuksalishini ta’minlovchi omillar, zamonaviy iqtisodiyotda innovatsion jarayonlarni rivojlantirishning prinsipial xususiyatlari va yo‘nalishlari kabi masalalarni qamrab oladi. Ilm-fan yutuqlarini keng qo‘llagan holda iqtisodiyot tarmoqlariga, ijtimoiy va boshqa sohalarga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni tezkor joriy etish O‘zbekiston Respublikasi jadal rivojlanishining muhim sharti hisoblanadi. Jamiyat va davlat hayotining barcha sohalari shiddat bilan rivojlanayotgani islohotlarni mamlakatimizning jahon sivilizatsiyasi Yetakchilari qatoriga kirish yo‘lida tez va sifatli ilgarilashini ta’minlaydigan zamonaviy innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarga asoslangan holda amalga oshirishni taqozo etadi. Sanoatni innovatsion rivojlanishida mavjud iqtisodiy qonunlarni bilish va ularning amal qilishiga ongli munosabatda bo‘lishda, mamlakatni demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish 5 jarayonlarining mohiyatini tushunishda talabalarni zarur bo‘lgan bilimlar bilan qurollantiradi. Mehnatni bilimlar bilan almashtirish talabalarga mehnat faoliyatini ijodkorlik, innovatsiyalar, g‘oyalarni ishlab chiqish bo‘yicha ajralib turadigan yangi faollik turiga almashtirish orqali ma’naviy yo‘naltirilgan faoliyat – intellektual faollikni oshirishga xizmat qiladi. Download 92.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling