Kurs ishining maqsadi. Inson resurslaridan oqilona foydalanish orqali iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash yo’nalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni o’rganish, iqtisodiy barqarorlikni ta'minlashda inson resurslaridan oqilona foydalanish nazariy asoslarining mazmun va mohiyatini chuqur anglab yetish, iqtisodiy rentabillikni amalga oshirishda davlatning maqsad va vazifalarini aniqlash, iqtisodiy rentabillikni ta'minlash uchun inson resurslaridan oqilona foydalanishda xorij tajribasini o’rganish, O’zbekistonda iqtisodiyotini ta'minlashda inson resurslaridan oqilona foydalanishning ustuvor yo'nalishlarini ko’rib chiqish va ularning tobora rivojlantirilishi bo’yicha ilmiy tavsiya va takliflar ishlab chiqishdan iborat. Mazkur maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:
iqtisodiy rentabillikni ta'minlashda inson resurslaridan oqilona foydalanishning nazariy asoslarini, ularning mazmun va mohiyatini o’rganish;
mehnat resurslarini boshqarishda inson resurslaridan foydalanishning ahamiyatini tadqiq qilish;
mamlakat iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda inson resurslaridan foydalanishning ko'rsatkichlar tizimini ko’rib chiqish;
iqtisodiy rentabillikni ta'minlashda inson resurslaridan oqilona foydalanishning ustuvor yo'nalishlarini aniqlashtirish.
Kurs ishining obyekti inson resurslaridan oqilona foydalanish orqali iqtisodiy rentabillikni ta’minlash yo’nalishlari va ularni amalga oshirish chora-tadbirlari hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti inson resurslaridan oqilona foydalanish orqali iqtisodiy rentabillikni ta’minlash yo’nalishlarini rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o’z ichiga oladi.
Kurs ishining nazariy va uslubiy asoslarini yetakchi olimlarning iqtisodiy rentabillik ta’minlash, inson resurslaridan oqilona foydalanish orqali iqtisodiy rentabillik ta’minlash yo’nalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish borasidagi amaliy ishlanmalari, ilmiy maqola va konseptual nazariyalari tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |