Toshkent Moliya Instituti, “Iqtisodiyot” fakulteti, ix-50 guruh talabasi Usmonov Shaxzod Xasanxon o’g’lining “Bozor muvozanati va uning iqtisodiy ahamiyati ” mavzusidagi kurs ishiga ilmiy rahbar tomonidan berilgan taqriz
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
Download 1.66 Mb.
|
shaxzod(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy rahbar
- Kurs ishi taqrizdan qaytarilgan sana «____» _______2021 y. Kurs ishi himoya qilingan sana
- (imzo) ___________ (imzo) Komissiya azolari: __________________
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA'LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “IQTISODIYOT” KAFEDRASI “MIKROIQTISODIYOT.MAKROIQTISODIYOT” fanidan
TOSHKENT–2021 REJA Kirish……………………………………………………………………………….3 1. Bozor muvozanati tushunchasining nazariy asoslari ……………………………7 2.Talab va taklif qonuni…………………………………………………………...12 3.Bozor muvozanatida talab va taklifga ta'sir qiluvchi omillar……………………………………………………………………………..18 4.Narxlarning davlat tomonidan o'rnatilishi bozor muvozanatiga ta'sir…………..24 Xulosa………………………………………………………………………..........33 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………………..35 Kirish Hozirgi paytda aksariyat mamlakatlar bozor va buyruqbozlik iqtisodiyoti xususiyatlariga ega bo'lgan aralash iqtisodiy tizimga tegishli. Bozor iqtisodiyotini shakllantirish xususiy mulkchilik, raqobat va bozor narxlarini belgilashga asoslangan. Iqtisodiyotining mazmuni, belgilari, uning afzallik va kamchilik tomonlarini o'rgangandan keyin endi bozor iqtisodiyotiga o'tish kerakmi yo'qmi, degan savol turadi. Hozirgi vaqtda ko'pchilik mamlakatlar boshqa iqtisodiy tizimlarga qaraganda bozor iqtisodi-yoti tizimi afzal deb, unga o'tmoqdalar. Bozor iqtisodiyotiga o'tish uchun maxsus o'tish davri zarur bo'lib, bu davrning mazmuni va asosiy belgilarini ko'rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti teng imkoniyatni bildiradi, ammo bu imkoniyatdan foydalanish kishilarda bir xil boʻlmaydi, har bir kishi ishlab topganiga qarab daromad koʻradi. Daromadning tabaqalashuvi boyishga havas uygʻotib, kishilarni iqtisodiy faollikka undaydi. Bozor ijtimoiy ishlab chiqarishni bilvosita regulyatori sifatida ishlaydi. U orqali ishlab chiqarish hajmi va tarkibi ijtimoiy ehtiyojlarga moslashtiriladi, kapital, ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi turli sohalar va sohalar o'rtasida taqsimlanadi, ya'ni "nima" va qancha miqdorda ishlab chiqarish belgilanadi. Bozor mexanizmi orqali ilmiy-texnik taraqqiyot asosida ishlab chiqarish va muomaladagi xarajatlarni kamaytirish "qanday qilib", qanday texnologiyalar va manbalar yordamida tovarlarni qanday ishlab chiqarilishi belgilanadi. Bozor, uning ishlash mexanizmi, shuningdek, "kim uchun" tovar ishlab chiqarish muammosini hal qiladi, uning foydasiga ijtimoiy mahsulot va milliy daromad shahar va qishloq, turli tabaqalar va ijtimoiy guruhlar o'rtasida taqsimlanishi kerak. Bozor munosabatlarining sub'ektlari bozor operatsiyalari, oldi-sotdi operatsiyalari ishtirokchilari hisoblanadi. Bular, birinchidan, xaridorlar, sotuvchilar, tadbirkorlar yoki jismoniy shaxslar. Ikkinchidan, bu yuridik shaxslar bo'lib, ular tarkibiga barcha turdagi korxonalar va birlashmalar, tashkilotlar, uyushmalar, kooperativlar, aktsiyadorlik jamiyatlari, firmalar va davlat kiradi. Bozor iqtisodiyoti o‘zining obyektiv qonunlari hamda o‘zini-o‘zi tartiblash dastaklari, vositalari orqali amal qiladi. Ammo bozor iqtisodiyotining ijobiy jihatlari bilan bir qatorda salbiy jihatlari ham mavjud. Ularning eng asosiysi iqtisodiyotdagi obyektiv qonunlar va munosabatlar, regulyatorlar asosida shakllanadigan bozor muvozanati hamda mutanosibliklaming buzilishi oqibatida vujudga keladigan nomutanosibliklaming kuchayishi, iqtisodiy tanglik va inqirozlardir. Inqirozlar natijasida iqtisodiy pasayish, ishsizlik, inflatsiyaning kuchayishi, turmush darajasining yomonlashuvi sodir bo‘ladi. Shu boisdan ham davlatning iqtisodiyotga aralashuvi va uni ustuvor ravishda iqtisodiy dastak va vositalar yordamida tartiblashi zarur bo‘ladi. Bu esa zamonaviy bozor iqtisodiyotining o‘zini - o‘zi tartiblashning bozor mexanizmi bilan uni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmini uyg‘unlashtirishni taqozo etadi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, shu jumladan, institutsional islohotlar natijasida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblash mexanizmi shaklantirilib, rivojlanish tendensiyalariga ega bo‘lib borilmoqda. O‘zbekistonda shakllantirilgan iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblash mexanizmi hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida uning salbiy ta’sirini yumshatish imkonini berdi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida ma’ruzasida “ Bugun mamlakatimizning barqaror rivojlanish yo`lida izchil ilgarilab borishini tahlil qilar ekanmiz, o`tgan yili prinsipial muhim islohotlarni amalga oshirish bo`yicha qat’iy qadamlar qo`yildi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor. Bu islohotlarning asosiy maqsadi- aholi uchun munosib hayot darajasi va sifatini ta’minlashdir. Jadal va barqaror rivojlanishga qaratilgan bu siyosat bundan keyin ham so`zsiz davom ettiriladi. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbarni- bu Bosh vazir yoki uning o`rinbosarlari bo`ladimi, hukumat a’zosi yoki hududlar xokimi bo`ladimi, ular faoliyatining kundalik qoidasi bo`lib qolishi kerak. Endi xar birimiz, eng avvalo, davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining vazifasi - o`zimiz mas’ul bo`lgan soha va tarmoqda ishlarning aholining tanqidiy baholash asosida zimmamizga yuklatilgan vazifalarni ma’sulyat bilan bajarishni ta’minlashdan iborat. Bozor iqtisodiyotiga o'tish uchun maxsus o'tish davri zarur bo'lib, bu davrning mazmuni va asosiy belgilarini ko'rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti teng imkoniyatni bildiradi, ammo bu imkoniyatdan foydalanish kishilarda bir xil boʻlmaydi, har bir kishi ishlab topganiga qarab daromad koʻradi. Daromadning tabaqalashuvi boyishga havas uygʻotib, kishilarni iqtisodiy faollikka undaydi. Shunday davr keldi.”1 Ma’lumki, yurtimizda olib borilayotgan modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash bo`yicha olib borilayotgan chora- tadbirlar samaradorligi o`z natijasini bermoqda. Xozirgi kunga kelib, O`zbekiston Respublikasida yalpi ichki mahsulot xajmi sezilarli darajada oshib bormoqda, o`z navbatida, davlat byudjetining daromad qismi ham oshmoqda. Bu kabi iqtisodiy o`zgarishlar mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikka erishish, pul-valyuta va to`lov nizomini mustahkamlanib borishiga asos bo`lmoqda. Muhtaram Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning asarlaridan, nutqlari va turli yig’ilishlarida qilgan ma’ruzalardan bizga shu narsa ma’lum bo’lib turibdiki, erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda bugungi kunda o’z yechimini topmagan muammolar, hal qilinishi lozim bo’lgan vazifalar ham mavjud. Ko’pgina korxonalarning zarar ko’rib ishlayotganligi, ularning moliyaviy ahvoli qiyinlashib bankrotga uchrayotganligi, mayda va o’rta tadbirkorlarning, mulkdorlar sinfining sekin shakllanayotganligi, qishloqda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish qiyinchiliklari, tovar, xizmat hamda kapital eksportining sekin o’sayotganligi va boshqalar shular jumlasidandir. “Milliy boylikni ko’payishini, respublikaning mustaqilligini, odamlarning munosib turmush ish sharoitlarini ta’minlaydigan qudratli barqaror va jo’shqin rivojlanib boruvchi iqtisodiyotni barpo etish” kabi buyuk vazifa turganligini bunday iqtisodiyot I.Karimov aytganlaridek, strategik maqsadimiz bo’lgan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo qilishning asosi ekanligini e’tiborga olsak, iqtisodiy muammolarimiz naqadar ko’pligi va murakkabligi yanada ayon bo’ladi. Iqtisodiyotining mazmuni, belgilari, uning afzallik va kamchilik tomonlarini o'rgangandan keyin endi bozor iqtisodiyotiga o'tish kerakmi yo'qmi, degan savol turadi. Hozirgi vaqtda ko'pchilik mamlakatlar boshqa iqtisodiy tizimlarga qaraganda bozor iqtisodi-yoti tizimi afzal deb, unga o'tmoqdalar. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling