Toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti moliyaviy texnalogiyalar yo
Jahon banki ishtirokchilarining moliya bozoridagi faoliyati tahlili
Download 303.87 Kb.
|
Xamidullayev Omon
3. Jahon banki ishtirokchilarining moliya bozoridagi faoliyati tahlili
Jahon bozorining tashkiliy tizimi rahbar tashkiloti bo‘lib Boshkaruvchilar Kengashi direktorlar (ijrochi tashkilotlar) hisoblanadi. Kengash moliya institutlardan yoki a’zo mamlakatlarning MB larining rahbarlaridan tashkil topgan. Ular qo‘yilgan masalalarni o‘z sessiyalarida yiliga bar marta yig‘ilib hal qiladilar, yana shuni ta’kidlash kerakki Jahon Banki va Xalqaro Valyuta Fondi bu sessiyani birga o‘tkazadilar. Qo‘yilgan masalalarni ko‘rib chiqish Jahon Bankida ovozga qo‘yish yo‘li bilan hal qilinadi. Har bir ovoz mamlakatlarning Nizom kapitalining hissasi bilan belgilanadi. Bunday tizim Xalqaro Valyuta Fondida ham qo‘llaniladi. 1993 yilga qadar JB a’zolari soni 176 taga yetdi, shunga qaramay, Bank tizimining uncha katta bo‘lmagan iqtisodiyoti va ishlab chiqarishi rivojlangan mamlakatlar guruhi boshqaradi AQSH bunga boshchilik qiladi. 1993 yilning 30 iyulidan boshlab bank faoliyatini “yettilik” boshqaradi, bu AQSH, Fransiya, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya va Kanada davlatlaridir. Xalqaro hamkorlikning ko‘zga tashlanadigani, hozirgi davrda unda nafaqat Yevropa, balki Osiyo mamlakatlari va Sovet Ittifoqidan chiqqan mamlakatlar ham ishtirok etadilar. Bular-Vetnam, Laos, Albaniya, Bolgariya, Vengriya, Polsha, Ruminiya, Chexiya, Slovakiya va boshqalaridir. Jahon Banki prezidenti Amerika mamlakatining davlat rahbarlari yoki moliya tizimining boshqaruvchilaridan saqlanib kelgan.1968-81 yillarda AQSH mudofaa vaziri R.Maknamara, undan keyin AKSH xususiy banklar prezidenti O.Klauzen bo‘lgan. 1980 yil oxirlaridan AQSH Kongresining a’zosi B.Konneybl rahbarlik qilgan, 1990 yillardan buyon yana bu lavozimni moliya biznesi vakili L.Kreston egalladi. Jahon Banki Bosh organi Vashingtonda joylashgan va AQSH o‘zining ustivorligini doim bildirib turadi, lekin keyingi paytlarda G‘arbiy Yevropa va Yaponiya mamlakatlarining ta’siri kuchaymoqda. Jahon bankining asosiy maqsadi, rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy o‘sishishini barqarorlashtirish va qashshoqlikni kamaytirishdan iborat. Jahon bankining XVFdan farqli tomoni shundaki, Jahon banki faqat rivojlanayotgan davlatlarga uzoq muddatli yordam ko‘rsatadi, XVF esa barcha davlatlarda bo‘layotgan vaqtincha krizislarni oldini olishga yordam beradi. Xalqaro Moliya Korporatsiyasi: Korporatsiya 1956 yilda tashkil etilgan. Ushbu tashkilot bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan rivojlanayotgan davlatlar xususiy sektordagi loyihalarini amalga oshirish uchun kreditlar yo‘naltiradi. Shuningdek, korporatsiya xususiy biznesni ham investitsiyalashi mumkin. Xalqaro kredit bozorida olingan kreditlar va taqsimlanmagan foyda korporatsiya kredit vositasi hisoblanadi. Xalqaro tiklanish assotsiatsiyasi (XTA): Jahon bankining ushbu instituti 1960 yilda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki kreditlar rivojlanayotgan mamlakatlar uchun qimmatligi va faqat Jahon bankiga a’zo qashshoq davlatlarning turmush tarzini yaxshilashga qaratilganligi tufayli tashkil etilgan. XTA 35-45 yil muddatga (daromadi past bo‘lgan davlatlarga 10 yil muddatga uzaytirilgan holda) foizsiz kreditlar taqdim etadi. XTA jahon bankining sof foydasi va grantlar hisobidan moliyalashtiriladi. XTA fondlari har 3 yilda to‘ldirilib boriladi. Investitsiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tomonlama agentlik: Investitsiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tomonlama agentlik 1988 yilda tashkil etilgan. IKKA rivojlanayotgan davlatlarda kreditlar tufayli yuzaga keladigan notijorat va siyosiy sabablarga ko‘ra yetkazilgan zararlarni qoplashga kafolat beruvchi sug‘urta kompaniyasidir. Investitsion bahslarni hal qilish bo‘yicha markaz: Investitsion bahslarni hal qilish bo‘yicha markaz 1966 yil tashkil etilgan. Markaz davlatlararo, ya’ni qarzdor davlatlar va chet ellik investorlar o‘rtasida yuzaga keladigan investitsion bahslarni hal qilish bo‘yicha Jahon banki guruhining institutidir. Shuningdek, markaz arbitrajli va xalqaro investitsion huquq sohalaridagi faoliyatlarini tashkil etadi hamda tekshirish ishlarini olib boradi. Download 303.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling