Toshkent moliya instituti «iqtisodiyot» kafedrasi iqtisodiyot fakulteti
-rasm-“Iqtisodiy ko’rsatgichlarning Raqamli Iqtisodiyot ta’sirida o’sish omili” 2. Raqamli iqtisodiyotning mamlakat rivojlanishiga ta’siri
Download 356.4 Kb.
|
O‘zbekiston raqamli iqtisodiyotini rivojlantirish tendentsiyalari IIKT
1.4-rasm-“Iqtisodiy ko’rsatgichlarning Raqamli Iqtisodiyot ta’sirida o’sish omili”
2. Raqamli iqtisodiyotning mamlakat rivojlanishiga ta’siri Raqamli iqtisodiyotda davlatning o’rni: Dunyo tajribasi o’rganish natijasida shu narsa aniq bo’ldiki, raqamli iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda raqamli iqtisodiyotda davlat (hukumat) bozor “o’yin” qoidalarini o’yinning barcha ishtirokchilari uchun bir xil, teng huquqli va imkoniyatli sharoit yaratib berish hisoblanadi. Ya’ni bozorda katta kompaniya bo’ladimi yoki kichik biznes, ular teng huquqli hisoblanadi. Ularga bir xil imkoniyatlar beriladi. Davlat qoidalarga amal qilinishi va oxir oqibatda oddiy iste’molchi sifatli, zamonaviy xizmat yoki mahsulot olishi ta’minlanadi. Demak, raqamli iqtisodiyot rivojlanishi uchun davlat hamma uchun teng sharoit yaratib berishi, iloji boricha bozor qoidalari, qonunlar, shartnomalar shaffof bo’lishi, qonunlar bozor talabidan kelib chiqqan holda (ya’ni bozordagi rivojlanish tendensiyalarini oldindan aniqlay olishi va kerakli normative hujjatlarni qabul qilishi) o’yin ishtirokchilari uchun erkinlik berishi zarur. Informatsion innovatsiyalarning tarkib toptirish uchun dunyo miqyosida faoliyat ko’rsatuvchi global kompaniyalarda quyidagilarini ko’rsatib o’tishimiz mumkin: YouTube, Facebook, Google, Wikipedia, Wikileaks, Amazon, Alibaba va boshqalar. G’oya juda ham oddiy – yangi progressiv imformatsion texnologiyalar biznes masalalarini hamda tijorat muammolarini hal qilib beradilar va information tizimlarning har bir yangi avlodi bir qancha yangi innovatsion hizmatlarning vujudga kelishiga va yanada rivojlanishiga sabab bo’ladi. Yangi texnologiyalarning barcha sohalarga kirib kelishi davlat boshqaruvining va iqtisodiyotning elektron ko’rinishga o’tishiga olib kelmoqda. Natijada yangi davlat va nodavlat elektron hizmat turlari paydo bo’ldi, yangi bozorlar shakllandi va an’anaviy biznes modellar elektron shaklga transformatsiya qilina boshlandi. Zamonaviy raqamli iqtisod bir qancha atamalar bilan nomlangan, shu jumladan, e-economy, digital economy, internet economy, network ecomnomy va virtual economy. Agarda BCG (The Boston Consulting Group) ga murojaat qilsak, raqamli iqtisodiyot deganda quyidagini tushunishimiz mumkin: “Iqtisodiy tizimning barcha ishtirokchilari - alohida insonlar, firma va kompaniyalar hamda davlat tomonidan online va innovatsion raqamli texnologiyalarning keng miqyosda ishlatilishi iqtisodiyotni raqamlashtirish yoki raqamli elektron iqtisodiyot jarayonidir”. Ko’pchiligimiz raqamli iqtisodiyotdagi transformatsiyalarning, shu jumladan, davlat boshqaruv jarayonidagi interaktiv hizmatlar, biznes modellar, yangi bozorlar hosil bo’lishi, yangi turdagi hizmat turlari paydo bo’lishining guvohi bo’lib turibmiz. Raqamli iqtisodiyotning xarakterli ko’rsatgichlari sifatida yangi ishlab chiqarish usullarini (pear-to pear production), ommaviy hamkorlikni, ommaning intellectual mulkka egalik qilishini, iste’mol modellaring o’zgarishini (sharing economy) va ochiq mehnat bozorini keltirish mumkin. Ammo, hozirgi paytda raqamli iqtisod (internet-savdo, internet-hizmatlar, kontentlar, elektron to’lov va boshqalar)ning O’zbekiston Respublikasi yalpi milliy daromadidagi hissasi 1% ga ham bormaydi. Lekin ko’pchilik horijiy mamlakatlarning rivojlanish tendentsiyalari shuni ko’rsatadiki, yuqorida ko’rsatilgan bozorlar kelajakda tezlik bilan rivojlanib ketadi /1-3/. Bundan tashqari, to’rtinchi sanoat revolyutsiyasi va 4.0 industriya texnologiyalari bilan bog’liq bo’lgan texnologik o’zgarishlar, ya’ni, ommaviy robotlashtirish, qo’shimcha va virtual reallik texnologik platformalari hamda 3D-printerlar texnologiyalari ushbu jarayonni yanada tezlashtiradi. “Aqlli korxonalar”, “aqlli uskunalar”, “aqlli texnologiyalar” va “aqlli robotlar” kabi tushunchalarining jahon bo’ylab tarqalishini amalga oshirgan holda, to’rtinchi sanoat inqilobi global darajada virtual va moddiy tizimlarning bir-biriga o’zaro ta’sirini amalga oshiradi. Bu esa o’z navbatida mahsulotlarning to’liq moslashuvchanligiga hamda yangi operatsion modellar yaratilishiga olib keladi. Bundan kelib chiqqan holda 4.0 Industriyani iqtisodiyot barcha tarmoqlarining raqamli transformatsiyasi deb ham tushunish mumkin. Shuning uchun ham kelajakda davlat va korporativ boshqaruvda bu holatlarni hisobga olish zamona talabi bo’lib qoldi. Raqamli iqtisodiyot va 4.0 Industriyaning davlat miqyosda joriy qilinish yo’nalishlariga misol sifatida quyidagilarni ko’rsatishimiz mumkin: Professional hizmatlar – on-demand professional services – buxgalter hizmatlari, dizaynar hizmatlari, maslahatchilar, tarjimonlar va boshqalar. -Jamoaviy moliyalashtish – collaborative finance – kraudfunding (crowd-funding), o’zaro kreditlash (peer-to-peer lending) -Uyda ko’rsatiladigan hizmatlar – on-demand household services -Uy-joydan birgalikda foydalanish (peer-to-peer accommodation) -Transportdan birgalikda foydalanish (peer-to-peer transportation) Raqamli iqtisodning yana boshqa bir xizmatlari, shu jumladan, big data, sun’iy intellect, mashina vositasida ta’lim berish, fintex, sharing ekonomy, virtual reallik, to’ldirigan reallik, kraudsorsing, kraudfunding, blokcheyn va bulutli texnologiyalar ham kelajak iqtisodiyotida va davlat boshqaruvida hal qiluvchi ahamiyat kasb etishini hayotning rivojlanish tendentsiyalari yaqqol ko’rsatib turibdi. Masalan, kraudsorsing va kraudfunding texnologiyalari davlat va nodavlat kompaniyalarning oyoqqa turib olishini, rivojini va raqobatbardoshliligini ta’minlash uchun hizmat qiladi. Agarda kraudsorsing jamoaviy tafakkur bo’lsa, kraudfunding jamoaviy moliyaviy mablag’lar yig’ish mexanizmi deb hisoblaniladi. Ish ko’lami, faoliyat turi va kattaligidan qat’iy nazar, turli xil loyihalar uchun moliyaviy mablag’lar yig’ish texnologiyasi bo’lgan kraudfundung barcha turdagi kompaniyalar uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan unikal moliyaviy mexanismdir. Eng ommabop kraudfundung platformalar hisoblangan planeta.ru va Boombaster 2012 yilda tashkil qilinganlar. Hozirgi paytda esa bunday platformalarning soni 30 dan oshib ketgan. Boombaster tomonidan 1,5 mingta loyihaga 330 mln rubl yigilgani qayd etilgan. Ammo taniqli xorijiy kraudfunding platforma Kickstarter tomonidan 3 mlrd dollar mablag’ yig’ilib, 126 mingta muvaffaqiyatli loyihalar amalga oshirilgan. Biz taqdim etilgan maqolada chuqur o’rganishimiz kerak bo’lgan hamda davlat boshqaruvi uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan raqamli texnologiyalardan biri blokcheyn texnologiyasi bo’lib, u nafaqat virtual pullar bo’yicha operatsiyalarni amalga oshira oladi, balki u yangi turdagi davlat hizmatlari arxitekturasi ham bo’la oladi. Raqamli iqtisodiyotning kelajakda rivojlanishida ushbu progressiv texnologiya dunyo miqyosida yanada ommabop bo’lib ketishi kutilmoqda. Bulutli texnologiyalar ham kelajak davlat moliyaviy boshqaruvi uchun alohida ahamiyatga molik bo’lib, virtual iqtisodiyot uchun yangidan-yangi va kutilmagan imkoniyatlar yaratmoqda. Ma’lumotlarni bulutli uslubiyatda saqlash va on-line texnologiyalardan foydalanish ma’lumotlar havfsizligini ta’minlash hamda operatsion harajatlarni keskin qisqartirishga shart-sharoitlar yaratmoqda. Masalan, hozirgi kunda Amazon bulutida 10 mingta serverni ijaraga olish soatiga tahminan 90 dollarga tushmoqda. Bu esa ushbu turdagi hizmatlarning narxini yanada pasayishini bashorat qilishga va respublikamizda ham bunday texnologiyalarda keng miqyosda imkon beradi hamda keyinchalik bu texnologiyalardan kichik va o’rta biznes ham bemalol foydalana oladi. Virtual reallik (virtual reality, VR) va qo’shimcha virtual reallik (augmented reality, AR) texnologiyalarining rivojlanishi ham kelajak trendlaridan biri bo’lib, ularning davlat boshqaruvi hamda ishlab chiqarishga bo’lgan ta’siri borgan sari salmoqli bo’lib bormoqda. Bunday texnologiyalar ishchi va xizmatchilarga mashina va mexanizmlarning ichki tuzilishini ko’rish hamda ularning faoliyatini kuzatish imkonini beradilar. Masalan, Gigi Capital kompaniyasining baholashicha, AR bozorining hajmi 2016 yilda 1 mlrd dollar bo’lgan bo’lsa, 2020 yilga kelib 90 mlrd ga etishi mumkin ekan. Download 356.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling