Toshkent moliya instituti «iqtisodiyot» kafedrasi iqtisodiyot fakulteti
Download 356.4 Kb.
|
O‘zbekiston raqamli iqtisodiyotini rivojlantirish tendentsiyalari IIKT
Goldman Sachs ning bashoratlariga ko’ra esa virtual reallik dasturiy ta’minotining sotuv hajmi 2025 yilga kelib 9 mlrd dollarga etar ekan /3/. Raqamli iqtisod davlat moliyaviy boshqaruvi sohasida ham bir qancha ajoyib
imkoniytalar yaratdiki, ularsiz zamonaviy iqtisodiyotning barcha yangi usul va uslubiyatlarini ishlatish, raqobatli bozorda muvaffaqiyatga erishish va zamonaviy moliyaviy boshqaruv usullaridan samarali foydalanish mumkin bo’lmay qoldi. Masalan, quyidagi savollarga javob berish zamonaviy moliyaviy boshqaruvda hal qiluvchi faktorlardan biri bo’lib qolishi mumkin: internet davlat moliyaviy boshqaruvida qanday ahamiyat kasb etadi, qanday qilib davlat boshqaruvida omma (crowd) effektiga erishish mumkin, kraudsorserlarning motivlari nimalardan iborat va ularni qanday qilib qiziqtirish mumkin, nega hilma-xillik yaxshiroq natija beradi va boshqalar. Shunday va shunga o’xshash bir qancha sabablarga ko’ra, davlat boshqaruvchilari oldida kraudsorsing hamda kraudfondingning mohiyati va uning iqtisodiy ma’nosini o’rganish, kraud-loyihaning mexanizmi va amalga oshirilishini tushunish, investitsion rejaning byudjetini aniqlash, tarmoq kraudsorsingining hususiyatlarini ochib berish va ushbu moliyaviy texnologiyani mamlakatimiz davlat va nodavlat tashkilotlari amaliyotiga tadbiq etish masalasi paydo bo’ldi. Kraudsorsing mehnizmini davlat boshqaruvi faoliyatifga tadbiq qilish imkoniyatiga ega bo’lish uchun kraudsorsingning quyidagi keng ma’nodagi al’ternativ aniqlanuvini qabul qilishimizga to’g’ri keladi: “Kraudsorsing platformasi vositasida aholini tashvishlantirayotgan masala va muammolarni tushunish, mahsulot yoki qandaydir hizmatga qo’shimcha talab yaratish yoki muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilish hamda loyihalarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish yohud yangi mahsulot yaratish asosida insonlarni jalb qilish keng ma’nodagi kraudsorsing deb ataladi”. Chegaralangan ma’noda esa kraudsorsingni sinergetik effektga olib keluvchi kollektiv bilim va hatti-harakatlarni masofaviy usulda dunyoning turli nuqtalaridan turib, internet orqali 24/7/364 rejimida ishlatihsga asoslangan yangi interfaol boshqarish mexanizmi sifatida ham tushunish mumkin. Bunda milliy, irqiy, bilim darajasi, professional mahorat kabilar bo’yicha insonlar bir-biridan farq qilinmaydilar. Sinergetik samaraga esa kraud-loyihalarga jalb qilingan insonlarning turli-tumanligi asosida erishiladi. Kraudsorsing mahsuloti sifatida loyiha, mahsulot yoki hizmat turi tushunilishi mumkin. Bunda bir yaqqol misol sifatida Rossiyaning 2010 yilda asos solingan Witology innovatsion kompaniyasini keltirish mumkin. Bu kompaniya o’z kraudsorsing platformasiga ega bo’lib, uning yordamida intellectual biznes masalalarini yechib berish bo’yicha hizmatlar taklif etadi. Hozirgi paytda davlat, tijorat, ijtimoiy va innovatsiya kraudsorsinglari mavjud. Masalan, Rossiyadagi eng yirik kraudfunding kompaniyasi Planeta.ru esa halq tomonidan turli xildagiloyihalarni moliyalashtirishga 566 million rubldan ortiq mablag’ yig’ishga erishdi va natijada 2466 ta loyihani muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirdi. Download 356.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling