Toshkent moliya instituti «iqtisodiyot» kafedrasi iqtisodiyot fakulteti


mijozlarning smartfonlari bankdagi hisob raqamlarga bog’langan bo’ladi


Download 356.4 Kb.
bet9/9
Sana19.04.2023
Hajmi356.4 Kb.
#1362799
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O‘zbekiston raqamli iqtisodiyotini rivojlantirish tendentsiyalari IIKT

mijozlarning smartfonlari bankdagi hisob raqamlarga bog’langan bo’ladi. Bu esa mijozlarga onlayn xaridlarni amalga oshirish, mobil qurilmalar yordamida pul mablag’larini erkin o’tkazish imkonini beradi.
To’lov tizimlari va bank axborot tizimlari raqamli aktivlardan keng foydalanadi. Raqamli aktivlarning asosiy komponentlari sifatida intellectual mulk ob’yektlari hisoblanadi. Intellektual faoliyat natijalalriga egalik huquqiga faqatgina kompaniya ega bo’ladi. Bunday aktivlarga misol qilib, ixtiro patentlar, kompyuter daturlariga mutlaq huquq va ma’lumotlar bazasini keltirish shuningdek raqamliaktivlar bilan birga, raqamli aktivlarni boshqarish tizimi ham tez sur’atlarda rivojlanmoqda.
Raqamli aktivlar bo’yicha global ishtirokchilar sifatida “North Plains Systems Corporation”, “Open Text Corporation”, “Widen”, “Net Xposure, Inc.”. “Media Beacon, Inc.”, “Hewlett-Packard, Inc.”, “WebDAM” kabi yirik xalqaro korporatsiyalarni misol qilib keltirish mumkin.
Raqamli aktivlarni boshqarishda axborot xavfsizligini ta’minlash muhim omil sanaladi. Bunda asosiy e’tibor raqamli ma’lumotlarga ruxsatsiz kirish, ularni axborot vositachilardan himoya qilmagan holda xavfsizligini ta’minlash va axborotlar uzatishning soddaligini ta’minlashga qaratilishi lozim.
Raqamli aktivlarni boshqarishning muhim muammolaridan biri – bu ularning huquqiy himoyasidir. Ta’kidlash lozimki, qisqa vaqtlarda va originaldan kamroq xarajat qilib raqamlar aktivlar nusxasini yaratish hamda ishga tushurish mumkin. Bu, albatta, raqamli aktivlarning umumiy daromadiga ta’sir qiladi. Raqamli aktivlarni boshqarishda bulutli texnologiyalardan foydalanish asosiy shartlardan bo’lib, texnik, huquqiy va tashkiliynjihatlardan axborotlar himoyasi bo’yicha usullarni ishlab chiqish hisoblanadi.
Raqamli aktivlarning rivojlanishini raqamli tijoratning rivojlanishisiz tasavvur qilish qiyin. Raqamli tijorat esa, sodda va ishonchli raqamli to’lov tizimlarini yaratishni talab etadi. Birinchi “onlayn” to’lov tizimlariga xizmat ko’rsatishda aholi o’rtasida keng tarqalganligi sababli “Visa” va “Master Card” kredit kartalari emintentlari sotuvchilardan axborot almashunivida yuqori xavfsizlik choralarini ko’rish shartlarini talab etishgan.
Mamlakatimizda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan raqamli iqtisodiyotning davlat boshqaruvida ishlatilishi bo’yicha eng muhim faktorlariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:

  • Berilgan ishlarni ko’ngillilik asosida bajaruvchi insonlar – kraudsorserlar;

  • Kraudsorserlarning faoliyati internet tarmog’ida bulutli texnologiyalar yordamida amalga oshiriladi;

  • Kraudsorserlar respublikaning turli-tuman xududlaridagi insonlardan iborat bo’ladi;

  • Kraudsorserlrning ishlari natijasi iqtidodiyot tarmoqlarini rivojlantirish bilan bog’liq innovatsion g’oyaning amalga oshirilishi (yechim, loyiha, mahsulot, mablag’ yoki hizmat) bo’lishi lozim;

  • O’zbekistonda amalga oshiriladigan kraud-loyiha uning kim yoki qaysi tashkilot tomonidan amalga oshirilishiga bog’liq ravishda tijorat yoki notijorat ko’rinishiga ega bo’lishi mumkin.

O’zbek milliy valyutasi – so’mni ham qisman yoki qandaydir chegaralangan optimal nisbatlarda kriptovalyutali ko’rinishga va uni bu bilan bog’liq bo’lgan blokcheynda boshqarish davlat boshqaruvidagi bir qancha muammolarni muvaffaqiyatli ravishda hal qilish imkonini berar edi. Shu jumladan:
-Ikkilamchi va yashirin bank sektorini yo’q qilish yoki uni nazorat ostiga olish;
-Davlat apparatidagi byurokratiyani yengish va korruptsiyaga qarshi samarador kurashish;
-Soliqlar to’lash jarayonini mukammallashtirish orqali, soliq to’lamaslik xolatlariga qarshi samarador kurashish;
-Kichik biznes va tadbirkorlikning rivojlanishiga yangi innovatsion imkoniyatlar yaratish;
-Kriptovalyutalar va ICO mexanizmlari yordamida halqaro valyuta-kredit resurslarini O’zbekiston iqtisodiyotiga keng miqyosda jalb qilish;
-Iqtisodiyotga bo’lgan dollar va boshqa valyutalar bosimini kamaytirish va shu asosda so’mning raqobatbardoshligini oshirish;
-ICO vositasida korxona, tashkilot, xususiy tadbirkorlar hamda jismoniy shaxslar uchun yangi, qulay va samarador kredit mexanizmlarini ishga tushirib yuborish;
-Moliya-kredit muassasalarining ishini yanada takomillashtirish;
-Kriptovalyuta, ICO va blokcheyn infratuzilmalarini yaratish orqali yangi ish o’rinlarini hosil qilish va zamonaviy information texnologiyalarni respublikamizga jalb qilish;
-Davlatning ichki moliyaviy resurslarni ishlatishda mobillilikni ta’minlash va boshqalar.
Download 356.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling