Toshkent moliya instituti «iqtisodiyot» kafedrasi «mikroiqtisodiyot. MAKROiqtisodiyot»


 O‘zbekistonning yengil sanoat tovarlariga bo‘lgan talabni shakllantirish va


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/16
Sana09.01.2022
Hajmi0.6 Mb.
#263583
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Abdurayaimov Abduqahhor

6. O‘zbekistonning yengil sanoat tovarlariga bo‘lgan talabni shakllantirish va  

sotishni rag‘batlantirish  

Tovarni  sotib  olishda  insonlar  ma’lum  ehtiyojlarini  qondirishni  nazarda 

tutadilar. Shu sababli tovarning sifat ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi axborot zarur.  

Bo‘lajak iste’molchi quyidagi axborotni olishi shart:  

-  tovarning borligi va sotilish joyi;  

-  qaysi ehtiyojlarni qondirishga qaratilganligi;  

-  iste’mol qiymatining asosiy ko‘rsatkichlari;  

-  haridorni qoniqtirmay qolgan holda ularni himoya qilish kafolatlari.  

Bo‘lg‘usi haridorlarga axborotlar yetkazish usullari:  

a) reklamalar  

b) ko‘rgazmalar o‘tkazish  

v) yig‘ilishlar, anjumanlar va filmlar orqali.  

Sotishni  rag‘batlantirish  siyosatining  vazifasi  ularda  firma  tovarlarini 

keyingi  vaqtda  sotib  olishga  ishtiyoq  tug‘dirish  hamda  doimo  aloqada  bo‘lishga 

chaqirishdan  iborat.  “Odatda  talabni  shakllantirish  tadbirlari  iste’molchilarga  va 

sotuvchilarga qaratilgan bo‘ladi”.

12

  

Iste’molchilarni  rag‘batlantirish  ularga  sezilarli  tijorat  imtiyozlari  berishni 



ko‘zda tutadi:   

tovarni  sotib  olish  xajmiga  va  doimiy  aloqada  bo‘lib  turishga 



beriladigan imtiyoz;  

                                           

12

 P. Nosirov, Sh. Abdullayeva “Marketing – bozor iqtisodiyoti asosi”. Toshkent, O‘zbekiston 1994 y. 84-bet  




36 

 

 



 

har xil shakldagi qarzlarga tovar sotish;  



tovarning  ko‘p  xajmda  harid  qilinishini  ko‘zlab  namunalarni 

bepul  

tarqatish;  

tovarni vaqtincha ishlatish uchun bepul berish;  



ishlatilgan tovarni ma’lum shartlar bilan qabul qilish;  

yangi tovarlarni bo‘lajak haridorlarga ko‘rsatish;  



tovar ishlab chiqaruvchi korxonalarga sayohatlar uyushtirish;  

yangi  tovarolarning  



bozorga  

kiritilishiga  bag‘ishlangan 

 

matbuot konferensiyalari uyushtirish;  



tovar bahosini  keskin  tushirish to‘g‘risidagi  radio, televideniye 

va matbuot orqali e’lon qilish.   

Talabning  shakllanishi  va  sotishni  rag‘batlantirish  siyosati  tovarning 

bozordagi hayotiy bosqichlariga muvofiq kelishi va har biriga mos mazmun  

bag‘ishlashi shart.   

Agar firma birinchi marotaba bozorga kirib borayotgan bo‘ls, unda alohida 

strategiya  ishlab  chiqiladi.  Odatda,  quyidagi  to‘rt  xil  marketing  strategiyasidan 

foydalaniladi:  

birinchisi  jadal  marketing  –  buni  ko‘pchilik  haridorlar  tovar  to‘g‘risida 

ma’lumotga  ega  bo‘lmagan  yoki  bo‘lgani  ham  uning  yuqori  bahosidan 

ta’sirlanmagan  holda  ishlatadi.  Haridorlarni  jalb  qilish,  ularning  talabini 

shakllantirish  tadbirlari  o‘tkazishga  katta  mablag‘  ajratish  orqali  uyushtiriladi. 

Tovarning bahosi ham yuqori o‘rnatilib ko‘p foyda olish nazarda tutiladi.  

Ikkinchi uslub bozorga tanlov asosida kirish – uning xajmi katta bo‘lmagan 

holatda  ishlatiladi.  Tovar  ko‘pchilikka  noaniq,  unga  yuqori  baho  qo‘yilsa  ham 

haridorlar  sotib  olishi  mumkin.  Raqobatchilar  bozorda  juda  oz  va  shuning  uchun 

talabni rag‘batlantirishga kam harajat qilib, ko‘proq foydaga erishish mumkin.  

Uchinchi uslub bozorga keng ko‘lamli kirib borish bo‘lib, bunda bozorning 

xajmi katta, tovar haqida haridorlar kam taassurotga ega va uning narxi balandligiga 




37 

 

 



 

rozi bo‘lmagan davrda ishlatiladigan uslubdir. Undan tashqari raqobat kuchli, tovar 

ishlab  chiqarishni  ko‘paytirish  natijasida  uning  tannarxi  pasayadi  va  “baholar 

urushiga” imkon yaratadi. Rag‘batlantirishga ko‘proq mablag‘ ajratishga imkoniyat 

yaratiladi.   

To‘rtinchi  uchlub  sust  marketing  bo‘lib,  bu  bilan  bozorning  xajmi  katta 

bo‘lganda haridorlar tovarni yaxshi bilsalar-da kamroq harajatlar qilib, pastroq baho 

orqali raqobat kam sharoitda muvaffaqiyatga erishiladi.  

Bozorga  kirgan  tovar  bilan  iste’molchilar  ko‘proq  tanishgani  tufayli 

raqobatchilarni siqa boshlaydi. Agar bozor katta bo‘lsa, raqobatchilar ham bizning 

tovarga  o‘xshash  tovar  ishlab  chiqara  boshlaydi.  Raqobatchilarga  qarshi  o‘sha 

bozorga  tovarning  yangi-yangi  turlari  va  yangi  haridorlari  uchun  ishlab  chiqiladi. 

Shu davrda, ayrim tovarlarning modelini yangilash va talabni shakllantirishning har 

xil tadbirlari o‘tkaziladi.   

 “Tovar  bozorning  tushkunlik  davrida  talabni  va  sotishni  rag‘batlantirish 

tadbirlari  shu  tovar  uchun  to‘xtatiladi”.

13

 Sotuvchilarga  qaratilgan  rag‘batlantirish 



tadbirlari, asosan tovar sotilishi xajmini ko‘paytirish maqsadida olib boriladi:  

-  pul mukofoti berish;  

-  qo‘shimcha dam olish kunlari firma hisobidan sayohatlarga yuborish;  

-  qimmatbaho sovg‘alar berish;  

-  ma’naviy rag‘batlantirish;  

-  korxona faoliyati reklamasi;  

-  hayriya ishlarida faol qatnashish va b.  

Tovarlar haraktaida asosiy o‘rinni reklama egallaydi. Reklamaning mohiyati 

ishlab chiqaruvchi manfaatidan kelib chiqib, haridorda tovarni sotib olish to‘g‘risida 

tasavvur  uyg‘otishi  zarur.  Reklamaga  tovar  ishlab  chiqaruvchi  o‘z  tovari  bilan 

bozorga kirayotgani to‘g‘risidagi axborot deb qarash lozim.   

                                           

13

 Rubin Yu.B., Shustov V.V. Konkurensiya: reali i perspektivi. Moskva, 2009 god Znaniye 118-bet  




38 

 

 



 

Ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o‘rtasidagi kommunikativ aloqa reklama 

hisoblanadi. Reklamaning faoliyat doirasi o‘z ichiga quyidagilarni oladi:  

a)  iste’molchining reklama qilinayotgan tovar va xizmatga hamda 

bozorga  

bo‘lgan ehtiyojini o‘rganish;  

b)  maqsadga  erishishni  strategik  rejalashtirish,  bozor  chegarasini 

aniqlash, reklama vositalaridan foydalanish rejalarini ishlab chiqish va uni 

moliyalashtirish yuzasidan zarur tadbirlar ishlab chiqish;  

v) reklama vositalarini tanlash bo‘yicha harajatlar tizimini belgilashda taktik 

qarorlar  qabul  qilish,  matbuotda  e’lonlarning  yoritilishi  va  namoyish  qilinishi 

yuzasidan tadbirlar ishlab chiqish;  

g) matn yozishni hisobga olgan holda e’lon tuzish, maket tayyorlash, uni  

badiiy bezash va ularni ishlab chiqarish.  

Reklama  beruvchilar  –  bular  ishlab  chiqaruvchilar,  chakana  savdogarlar, 

ulgurji 


sotuvchilar, 

xizmat 


firmalari, 

kasaba 


uyushmalari, 

jamiyatlar, 

assotsiatsiyalar,  maktablar,  davlat  idoralari,  siyosiy  arboblar,  alohida  shaxslar  va 

boshqalardir.  Reklama  beruvchilarni  ikki  asosiy,  ya’ni  umummilliy  va  mahalliy 

turga bo‘lish mumkin. Ularning birinchisi qisman sotib olinadigan va uncha qimmat 

bo‘lmagan  tovarlarni  reklama  qiladi.  Mahalliy  reklama  beruvchilar  esa  turli 

sotuvchilar va mulkdorlardir.  

Reklama agentligi – bu reklama beruvchilar uchun ixtisoslashtirilgan xizmat 

turlarini  taklif  etuvchi  vositachidir.  U  o‘z  tovari  uchun  harior  qidirayotgan 

buyurtmachilarga reklama tayyorlaydi va uni reklama vositalarida joylashtiradi.   

Reklama vositalari – ommaviy axborot, qaysiki reklama murojaatlarini keng 

tinglovchilar ommasiga yetkazuvchi reklama mutaxassislaridir.   

Reklama savdo madaniyatini oshirishga ko‘maklashmog‘i lozim. Reklama 

yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, haridorlar o‘zlariga zarur tovarlarni tez topib, oson 

va ko‘p vaqt sarflamay sotib oladigan bo‘ladilar.  



39 

 

 



 

Texnikaviy  vositalarni  qo‘llash  va  ulardan  foydalanish  uslublariga  ko‘ra 

reklama quyiagi turlarga bo‘linadi:   

-  vitrina-ko‘rgazma reklamasi;  

-  tasviriy, fotografik yoritilgan reklamalar;  

-  bosma reklamalar;  

-  namoyish reklamalar;  

-  kino-televizion va diapozitiv reklamalari; - ovozli reklamalar.   

Derazaga, do‘kon ichkarisiga va tashqarisiga qo‘yilgan vitrinalar, tovarlarni 

do‘konning o‘zida ko‘rsatish vitrina-ko‘rgazmasi reklamasi hisoblanadi.   

Tasviriy reklamaning ikki turi: do‘kon ichidagi va tashqarisidagi reklamalar 

bir-biridan  farq  qiladi.  Do‘kon  ichkarisidagi  reklamada  har  xil  ko‘rsatkichlar, 

ma’lumot peshtaxtalari, preyskurantlar, e’lonlar, rasmlarning har turlari qo‘llaniladi. 

Do‘kon  tashqarisidagi  tasviriy  reklama  vositalariga  osma  rasmlar,  yo‘llardagi 

ko‘rsatkichlar, avtotransportga yozilgan vositalar kiradi.   

Savdo texnologiyasi nuqtai nazaridan savdo reklamasining quyidagi turlari  

bor:   

-  maxsus reklama nashrlari;  

-  ko‘p nushali bosma reklama; - bosma sanoat reklamasi.  

 Markaziy va mahaliy matbuotda bosiladigan e’lonlar, xabarlar va 

maqolalar haridorlarni yangi do‘konlar ochilganligi, yangi tovarlar keltirilganligi

ulardan foydalanish usullari to‘g‘risida xabardor qiladi. Plakatlar, afishalar, 

bukletlar maxsus reklama nashrlari jumlasiga kiradi.   

  

 



 

 



40 

 

 



 


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling