Toshkent moliya instituti «iqtisodiyot» kafedrasi «mikroiqtisodiyot. MAKROiqtisodiyot»
Raqobatning turlari, mohiyati va usullari
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdurayaimov Abduqahhor
2.Raqobatning turlari, mohiyati va usullari.
Prezidentimiz o‘z ma’ruzalarida “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risidagi qonon bugungi kunda eskirdi va zamon talablariga javob bermay qoldi. Shuni e’tiborga olgan xolda “Raqobat to‘g‘risidagi” yangi qonunni ishlab chiqarishimiz va qabul qilishimiz zarur.” 6 - deb
ta’kidlagan edilar.
6 I.A.Karimov. Mamlakatimizda demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi.T.: O‘zbekiston, 2010 yil 52 bet
17
Shulardan kelib chiqqan
xolda, raqobat
bozor iqtisodiyotini harakatlantiruvchi mexanizmi hisoblanadi. Zero, raqobat tashqi kuch sifatida maydonga chiqib, korxonalarda mehnat unumdorligini oshirish, harajatlarni kamaytirish, ishlab chiqarish va mehnatni oqilona tashkil etishga, binobarin ishlab chiqarishni kengaytirish va samaradorligini oshirishga doimo undab turadi. Raqobat nima ishlab chiqarish kerak? degan savolga aniq javob beradi. Chunki haridorning tovar va xizmatlarni sotib oligga sarflash uchun mo‘ljallangan mablag‘lari doimo cheklangan bo‘ladi. O‘z navbatida tovar ishlab chiqaruvchilar o‘z tovarlarini sotish orqali Ushbu mablag‘larga ega bo‘lish maqsadida kurashadilar. Shuni aloxida ta’kidlash kerakki raqobat iqtisodiy agentlarning bitimlarini uzluksiz oshirishga, rag‘batlantirib turadi. Busiz raqobatda g‘olib chiqish mumkin emasligini ta’kidlab, shuni aytish kerakki fan-texnika taraqqyoiti yutuqlarini vaqtida ishlab chiqarish, joriy etish yuqori saviyadagi mutaxassislarni talab etadi. Ushbu ishlarni amalga oshirmaslik esa muqarrar ravishda raqobat kurashini boy berishga olib keladi. Bozorda firmalar resurslarini arzon olish va tovarlarni qimmatroq sotishga intiladilar va foydani ko‘proq olish uchun kurashadilar. Haridor mollarni bozorda arzon olmoqchi bo‘lsa, sotuvchi qimmatroqqa sotishni o‘ylaydi. Raqobatda aniq maqsadlar qanday bo‘lmasin, pirovard natija daromad ko‘rish yoki imidj ortishidan iborat. Raqobatsiz bozor iqtisodiyotining bo‘lishi mumkin emas va bunda iqtisodiyot mavjud bo‘la olmaydi ham. Bozor raqobati qanday xususiyatga ega? Birinchi navbatda, rivojlangan bozorda raqobat iste’molchilar (haridorlar) o‘rtasida emas balki tovarlar va xizmatlarni sotuvchilar ham iste’molchilar singari foyda olish yo‘lida harakat qiladi. Ammo ishlab chiqaruvchining shaxsiy foydani ko‘zlashi raqobat bo‘lganda yuqori raqobatdoshlikka erishish moddiy texnika, moliya va mehnat resurslaridan samarali foydalanish esa umuman jamiyat manfaatlariga mos keladi, chunki resurslar har qanday jamiyatda cheklangan. Raqobat mahsulot birligiga mehnat sarfini
18
kamaytirishga eng mukammal texnologiyalarni ishlab chiqarish va joriy etishga, mahsulot sifatini yaxshilash va narxini pasaytirishga rag‘zbat beradi. 7
Bozorning raqobatchilik tarkibiy tuzilishining turli modellari ajratib berilgan. Uning turli modeli keng e’tirof etilib, mukammal (sof) raqobat; monopolistik raqobat, oligopoliya, mukammal monopoliya kabilarga bo‘linadi. Mukammal (sof) raqobat - bozorga kirib keladigan va undan chiqib ketadigan, haridor va sotuvchilarning ko‘pligi bilan tavsiflanadigan, sotuvchilar bir xil ish turidagi tovarlar va xizmatlarni taklif etadigan raqobat turidir. Bunda haridor va sotuvchilarning birontasi ham aloxida bir o‘zi bozor narxlariga ta’sir ko‘rsatishga qodir bo‘lmaydi. Bu modelga ko‘ra mukammal raqobatchi mavjud bozor narxlarida sotish uchun mo‘ljallangan jami mahsulot yoki xizmatni bozorda sotish imkoniyatiga ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchi yoki tovarlarni sotuvchi hisoblanadi. U umumbozor narxlariga uni ko‘tarish yoki pasaytirish tomoniga qarab hech qanday ta’sir ko‘rsata olmaydi, chunki bir xil yoki turdosh tovarlar va xizmatlar savdosining umumiy xajmida uning hissasi bir ishlab chiqaruvchi bozorni o‘z ichiga oladigan bo‘sag‘asidan past ijtimoiy manfaatlar nuqtai nazaridan xuddi shunday raqobatli bozor eng foydali hisoblanadi. Bunday bozorda yakka bir ishlab chiqaruvchi va sotuvchi narxga ta’sir ko‘rasat olmaydi, jamiyat esa haridor qiyofasida tekshirib, sinab, tanlab olib ayni paytda ishlab chiqarishni nazorat qiladi va boshqaradi.
Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling