Talabning boshqa elastikliklari
Talabning narx elastikligiga qoʻshimcha ravishda, iqtisodchilar bozordagi xaridorlarning xatti-harakatini tasvirlash maqsadida elastiklikning boshqa turlaridan ham foydalanishadi.
Talabning daromad elastikligi. Talabning daromad elastikligi iste’molchi daromadi oʻzgarganda talab miqdorining qanday oʻzgarishini bildiradi. Bu talab miqdorining foizdagi oʻzgarishini iste’molchilar daromadining foiz oʻzgarishiga nisbati shaklida hisoblanadi, ya’ni:
Talabning daromad elastikligi =
Koʻplab tovarlar normal tovarlardir: Yuqori daromad talab miqdorini oshiradi. Chunki talab va daromad bir xil yoʻnalish boʻyicha harakatlanadi, normal tovarlar ijobiy daromad elastikligiga ega. Ba’zi tovarlar, misol uchun avtobusda qatnash, past mavqeli tovarlar hisoblanadi: yuqori daromad talab miqdorini kamaytiradi. Chunki talab va daromad qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanadi, past mavqeli tovarlar salbiy daromad elastikligiga ega.
Hatto normal tovarlar oʻrtasida ham daromad elastikliklari hajm jihatdan sezilarli darajada oʻzgaradi. Oziq-ovqat va kiyim kabi zaruriyatlar kichik daromad elastikligiga ega boʻladi, chunki iste’molchilar daromadlari past boʻlganda ham bu tovarlarning ba’zilarini sotib olishni tanlaydilar. Qimmatbaho taqinchoqlar kabi hashamat tovarlar katta daromad elastikligiga ega boʻladi, chunki iste’molchilar daromadlari juda ham past boʻlganda ham ularsiz ish qila olishligini bilishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |