Toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti "bank ishi" kafedrasi


Download 419.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/42
Sana09.01.2022
Hajmi419.37 Kb.
#260484
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   42
Bog'liq
XOLDOROV SHERZOD OYBEK OGLI tijorat banklarida qollaniladigan kreditlash shakllari va ularni amalga oshirishtartibi

1-bob.

   

TIJORAT   

 

BANKLARIDA       KREDITLASHNI     TASHKIL

ETISH ASOSLARI

1.1.   Tijorat    banklarida   kreditlashni    tashkil   etishning   nazariy-

huquqiy asoslari

Iqtisodiyot   tarmoqlarini   rivojlantirish   va   shu   asosda   bozor   iqtiso-

diyotiga   bosqichma-bosqich   o‘tib   borishda   aylanma   mablag‘lar   muhim

o‘rin   tutadi.   Hozirgi   kunda   O‘zbekiston   iqtisodiyotini   rivojlantirish,   pul

muomalasini   barqarorlashtirish   asosida   milliy   pul   birligini   mustahkam-

lashning   asosiy   yo‘llaridan   biri   ishlab   chiqarishni   rivojlantirish   va   uni

takomillashtirishdan   iborat.   Ishlab   chiqarishni   yo‘lga   qo‘yish   va   uning

samaradorligini   oshirish,   xom-ashyo,   materiallar,   yoqilg‘i   energiya   va   boshqa

resurslardan   to‘g‘ri   foydalanish,   ularni   ishlab   chiqarishda   qo‘llash,   iqtisodlilik

tamoyiliga   rioya   qilish,   material   xarajatlarini   kamaytirish,   arzon,   lekin   sifatli

materiallarni ishlab chiqarishda qo‘llash yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin.

Shuni   ta’kidlashimiz   lozimki,   ishlab   chiqarishni   tashkil   qilish   va   uning

samaradorligini ta’minlash va oshirish avvalambor aylanma mablag‘lardan to‘g‘ri

foydalanishga bog‘liq.

O‘zbekiston   Respublikasi   hududida   xo‘jalik   yurituvchi   subyektlarga

kredit berish tijorat banklari tomonidan «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi

Qonuni   asosida   va   boshqa   me’yoriy   hujjatlarga   muvofiq   ravishda   amalga

oshiriladi. Tijorat banklari tomonidan kreditlar o‘z kapitaliga,  mustaqil balansiga

va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyektlarga

beriladi.   Bundan   tashqari   kreditlar   yuridik   maqomiga   ega   bo‘lmagan   yakka

tadbirkorlar   faoliyatini   rivojlantirish   uchun   ham   ajratiladi.   Tijorat   banklari

xo‘jalik yurituvchi subyektlarga, ularning mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar,

shartnoma. asosida qisqa (12 oygacha beriladigan kreditlar) va uzoq (1 yildan

oshiq   muddatga   beriladigan   kreditlar)   muddatli   kreditlar   beradilar.   Kreditlar

asosan   mijozning   asosiy   hisob-kitob   hisobvarag‘i   joylashgan   tijorat

banki   tomonidan   beriladi.   Zarar   ko‘rib   ishlaydigan,   nolikvid   balansga   ega

7



bo‘lgan   xo‘jalik   yurituvchi   subyektlarga   kredit   berilmaydi,   ilgari   berilgan

kreditlar   esa   belgilangan   tartibda   muddatidan   ilgari   undirib   olinadi.   Kredit

resurslaridan   uzoq   muddatli   moliyaviy   beqarorlik,   xo‘jasizlik   va   zararlarni

qoplash uchun foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Bozor   iqtisodiyoti   sharoitida   kreditning   asosiy   turi   bo‘lib   bank

krediti,   ya’ni   tijorat   banklari   tomonidan   beriladigan   har   xil   turdagi   va

ko‘rinishdagi   kreditlar   hisoblanadi.   Kredit   munosabatlari   yuzaga   kelishi

uchun   uning   obyektlari   va   subyektlari   bo‘lishi   lozim.   Bank   krediti   sohasidagi

kredit   munosabatlarining   subyekti   bo‘lib,   banklar   hamda   xo‘jalik   subyektlari,

aholi,   davlat   va   boshqa   subyektlar  hisoblanishi   mumkin.   Ma’lumki,   kreditlash

jarayonida kredit munosabatlarining subyektlari bir tomondan kredit beruvchi va

ikkinchi tomondan kredit oluvchi sifatida qatnashadilar.

Kreditorlar   bo‘lib,   o‘zining   vaqtincha   bo‘sh   turgan   pul   mablag‘larini

ma’lum   bir   muddatga   qarz   oluvchi   ixtiyoriga   beruvchi   jismoniy   va

yuridik shaxslar hisoblanadilar

.

Qarz oluvchi − o‘ziga tegishli bo‘lmagan mablag‘ni vaqtincha ishlatib, uni



belgilangan muddatda qaytarib berish va u bo‘yicha foiz to‘lash majburiyatini

oluvchi   tomondir.   Bank   kreditiga   kelsak,   kredit   munosabatlarining   subyektlari

bo‘lib, albatta, kredit beruvchi bank va qarzdor bo‘lib turli yuridik va jismoniy

shaxslar   hisoblanadilar.   Kreditning   bu   turi   asosan   banklarning   jalb   qilingan

mablag‘lar bilan ishlashi bilan bog‘liq. O‘zida jalb qilingan mablag‘larni ehtiyoji

borlarga qayta taqsimlash orqali banklar kreditor sifatida faoliyat ko‘rsatadi.

O‘zbekiston   Respublikasida   xususiy,   davlat,   jamoa   va   kollektiv

mulkchiligiga   asoslangan   korxona   va   tashkilotlar   tuzilishi   hamda   faoliyat

ko‘rsatishiga huquqiy asoslar yaratildi. Shu bilan birgalikda, aralash mulkchilikka

asoslangan korxonalar ham ochilishi va faoliyat ko‘rsatishi mumkin bo‘ldi.

Ayniqsa,   hukumat   tomonidan   xususiy   tijorat   banklarini   tashkil   qilishni

rag‘batlantirish, aksiyadorlik tijorat banklari faoliyatini takomillashtirish, ularni

8



xususiylashtirish   va   banklar   faoliyatini   erkinlashtirish   sharoitida   kredit

munosabatlari subyektlarining ko‘lami oshib bormoqda.

Yuqoridagilardan   kelib  chiqib,   kreditlash   tarkibini   quyidagicha   tasvirlash

mumkin:



Download 419.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling