Yaponiyada kreditlash shakllarining tasniflanishi.
23
Kreditlash shakllari
Foiz stavkasi
1 Overdraft kreditlari (ta’minotsiz qisqa muddatga
beriladigan kreditlar)
12.8 – 13 %
2 Veksellarni hisobga olish shaklida beriladigan
qisqa muddatli kreditlar
8.8 %
3 Veksellarni garovga olish yo‘li bilan beriladigan
kreditlar
37.1 %
4 Qarzdornng qarz majburiyati asosida
beriladigan o‘rta va uzoq muddatli kreditlar
41.8 %
Jadval ma’lumotlari ko‘rsatadiki, Yaponiya banklari tomonidan aksariyat
kreditlar qarz majburiyatlari va veksellarni garovga olish orqali beriladi va ular
muddati jihatdan ham farq qiladi va bu kunchiqar mamlakat banklari kreditlash
amaliyotining o‘ziga xos jihatlari hisoblanadi.
Biz yuqorida ko‘rib o‘tgan mamlakatlarning kreditlash amaliyotini o‘rganar
ekanmiz ularning tijorat banklari zamonaviy kreditlash shakllaridan keng
ko‘lamda foydalanishini ko‘rishimiz mumkin. Bu esa ana shu mamlakatlar
iqtisodiyoti va ishlab chiqaruvchilarinig yetarli darajada pul mablag‘lari bilan
ta’minlanishiga zamin yaratadi.
23 Abdullayeva SH.Z. Bank ishi. T.: “Iqtisod-moliya” nashriyoti, 2017. – B. 254.
32
Do'stlaringiz bilan baham: |