4-rasm. Osiyo-okeaniya mintaqasi faktoring bozorida mamlakatlar
ulushi
19
Yuqorida berilgan diagramma ma’lumotlaridan ko‘rinadiki eksport
salohiyati jahondagi eng yuqori bo‘lgan davlat Xitoy Osiyo qit’asidagi jami
faktoringning yarmidan ko‘pini amalga oshiradi. Buyuk Britaniya esa Yevropada
amalga oshiriladigan Faktoring kreditlarining qariyb 20% dan ortiq qismini o‘zida
jamlaydi, bu borada Fransiya va Germaniya davlatlari undan keyingi o‘rinlarni
band etadi bu mamlakatlarda ham bu kredit turi keng qo‘llaniladi.
Jahon amaliyotida overdraft kreditlash shakliga nazar tashlaydigan bo‘lsak,
bu kreditlash turning ingliz tilida gaplashuvchi mamlaktlarda keng tarqalganini
kuzatamiz. Xususan Buyuk Britaniya banklari tomonidan bu kreditlash turi
keng qo‘llaniladi. Britaniya banklari overdraft kreditlari uchun foiz stavkalarini
har xil belgilaydilar, albatta, bu pul bozoridagi holat raqobatchi banklar stavkalari
va boshqa juda ko‘plab omillarni hisobga olgan holda belgilanadi. Umumiy olib
qaraganda overdraft kreditlarining Birlashgan Qirollik banklari tomonidan 12
foizdan tortib to 20 foizgacha bo‘lgan oraliqda taqdim etiladi, banklar foizdan
tashqari har oy ma’lum miqdorda mijozdan badal ham undirishi mumkin. Buyuk
britaniyada yiliga 13 millionga yaqin jismoniy shaxslar bu kreditlash turiga
19 http://www.fci.org
30
murojaat etadi, ularning 2 million nafari esa doimiy ravishda, ya’ni yil davomida
bu kreditdan foydalanadi va banklarning ulardan oladigan foydasi o‘rtacha 1.3
milliard funt sterlingni tashkil etadi.
20
Overdraft krediti britaniyada yaxshi
rivojlangani bilan, jismoniy shaxslar kredit kartalardan nisbatan ancha ko‘p
foydalanishadi deyarli uch - to‘rt barobar ko‘proq.
overdraft; 8.00%
kredit kartalari;
42.00%
Boshqa barcha;
50.00%
overdraft
kredit kartalari
Boshqa barcha
Do'stlaringiz bilan baham: |