Birinchi bob bo‘yicha xulosa
Yuqori o‘rinlarda ko‘rib o‘tganimizdek tijorat banklari mamlakat
iqtisodiyotida va ana shu iqtisodiyotni tartibga solishda asosiy ro‘l o‘ynovchi
moliyaviy muassasalardir, mamlakat iqtisodiyotini pul mablag‘lari bilan
ta’minlashda esa ularning kreditlash operatsiyalari rivojlanganligi va ko‘lamdorligi
muhim omil hisoblanar ekan.
Bank tizimimizda mavjud kreditlash shakllari nazariy va huquqiy asoslarini
va kreditlash shakllaridan foydalanishda ayrim xorijiy mamlakatlar tajribasini
o‘rganish asnosida tijorat banklarimiz tomonidan zamonaviy kreditlash
shakllaridan keng foydalanmasligi ko‘zga tashlandi, bu esa biz o‘rgangan
Yaponiya, Angliya, Xitoy kabi bank tizimi rivojlangan mamlakatlarning tijorat
banklari kreditlash amaliyotidagi ilgor jihatlarni jalb etish zaruriyati borligini
ko‘rsatadi. Aynan shu jihatlarni inobatga olgan holda bank amaliyotida kreditlash
shakllaridan keng foydalanish mijozlarning kreditlarga bo‘lgan ehtiyojlarini
to‘laroq qondirishga banklarning kredit operatsiyalari ko‘lamini kengaytirishga,
iqtisodiyotga yo‘naltirilgan bank kreditlari ko‘lamini yanada oshirishga, kredit
riskini ma'lum darajada minimallashtirishga va nihoyat, banklarning kredit
operatsiyalaridan oladigan daromadlari oshishiga erishish ayni damda bank
tizimimiz oldida turgan eng asosiy vaziflardan biri desak adashmagan bo‘lamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |