Toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti "bank ishi" kafedrasi
-rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan
Download 419.37 Kb. Pdf ko'rish
|
XOLDOROV SHERZOD OYBEK OGLI tijorat banklarida qollaniladigan kreditlash shakllari va ularni amalga oshirishtartibi
10-rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan
kreditlar 31 Yuqoridagi diagramma ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, 01.01.2018 yil holatiga, ya’ni 2017-yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlariga ajratilgan kreditlar miqdori 2013-yilga nisbatan qariyb 3 barobarga oshib, 15550 mlrd so‘mni, o‘z navbatida mikrokreditlar hajmi 3 barobarga ortib, 4015 mlrd so‘mga yetganligini ko‘rishimiz mumkin. Xususan, oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish uchun 490,3 mlrd. so‘m, xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun 2647,0 mlrd. so‘m, xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishga 3582,2 mlrd. so‘m, 2017-yil davomida xorijiy kredit liniyalarini jalb qilish hisobiga kichik biznes sub'yektlariga kreditlar ajratishni yanada kengaytirish borasida ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida xalqaro moliya institutlarining kredit liniyalari hisobidan 414,8 mln. AQSh dollari miqdorida yoki 2016-yilga nisbatan 2 barobar ko‘p kredit mablag‘lari o‘zlashtirildi. Shu bilan bir qatorda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab- quvvatlashni rag‘batlantirish maqsadida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi 31
http://www.cbu.uz (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki). 44
qonunlari, Prezidentimizning farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan yaratilgan imtiyoz va qulayliklar, soha sub'yektlari uchun kreditlar ajratish shart-sharoitlarini tushuntirish bo‘yicha joylarda muntazam ravishda seminar va uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda. Banklarning veb-sayt va portallari orqali ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari, jumladan, kichik biznes sohasiga ajratilayotgan kreditlar, ularning afzalliklari, foiz stavkalari va boshqa tegishli ma'lumotlar banklarning internet sahifalarida doimiy ravishda yoritib borilmoqda. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturlar doirasida ajratilgan kreditlar. Hisobot yilida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining respublika hududlariga tashriflari davomida o‘tkazilgan yig‘ilish bayonlarida ko‘zda tutilgan loyihalarni moliyalashtirishga alohida e'tibor qaratildi. 2017-yil davomida tijorat banklari tomonidan 635 ta loyiha bo‘yicha 7300 mlrd so‘mdan ortiq, shundan sanoat sohasida 354 ta loyihaga 5400 mlrd so‘m, xizmat ko‘rsatish sohasida 110 ta loyihaga 533 mlrd. so‘m va qishloq xo‘jaligi sohasida 171 ta loyihaga 1400 mlrd so‘m miqdorida kreditlar yo‘naltirilgan. Shuningdek, 2017-yil davomida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida qabul qilingan dasturlar doirasida 12994 ta loyihani moliyalashtirish uchun 7890,5 mlrd. so‘mdan ortiq, shundan: sanoat sohasidagi 3759 ta loyihaga 4341,8 mlrd. so‘m; xizmat ko‘rsatish sohasidagi 5553 ta loyihaga 1803,4 mlrd. so‘m; qishloq xo‘jaligi sohasidagi 3682 ta loyihlarga 1745,3 mlrd so‘m miqdorida va uy joy qurilishi va tamirdan chiqarish uchun 6592 mlrd so‘mlik kredit mablag‘lari ajratildi. Iqtisodiyotda investitsion kreditlarning o‘rni o‘zgacha, ular ishlab chiqarishni moderniztsiyalaydi va yangi turdagi tovarlar yaratilishiga turtki beradi. Tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan investitsion kreditlar hajmi 01.01.2018 yil holatiga 16100 mlrd so‘mni tashkil etdi (7-diagramma) va 2017-yilda ham barqaror o‘sish sur’atlarini qayd etdi. Ular asosan “2015-2019 yillarda ustuvor ravishda iqtisodiyotning sanoat tarmoqlarini tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, zamonaviy 45
0 1 .0 1 .2 0 1 4 0 1 .0 1 .2 0 1 5 0 1 .0 1 .2 0 1 6 0 1 .0 1 .2 0 1 7 0 1 .0 1 .2 0 1 8 7 .2 8 .5 1 0 .2 1 2 .2 1 6 .1 m lrd s o' m Download 419.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling