Toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti "bank ishi" kafedrasi
-rasm. Respublikamiz tijorat banklari jami kreditlari va ularga
Download 419.37 Kb. Pdf ko'rish
|
XOLDOROV SHERZOD OYBEK OGLI tijorat banklarida qollaniladigan kreditlash shakllari va ularni amalga oshirishtartibi
9-rasm. Respublikamiz tijorat banklari jami kreditlari va ularga
ajratilgan zaxiralar dinamikasi 30 Diagramma ma'lumotlarini tahlil qiladigan bo‘lsak, mamlakatimiz tijorat banklarining kredit portfeli yillar davomida o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lgan. 2013-yil davomida berilgan bank kreditlari 26530 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lib, 2017-yilga kelib 4 martaga ortgan, 2013-yil davomida ajratilgan zaxiralar 408 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2017-yilda 5,5 martaga ortgan, ya’ni kreditlar hajmiga nisbatan zaxiralar hajmining o‘sish surati yuqori bo‘lgan. Bu esa banklarimiz amaliyotida muammoli aktivlar bilan ishlash samaradorligi pasayib borganligidan dalolat beradi. So‘ngi yillarda tijorat banklarining kredit mablag‘lari ko‘p miqdorda yo‘naltirilayotgan soha bu kichik biznes sohasi hisoblanadi. Mamlakatimiz mustaqilikka erishib bozor iqtisodiyotiga o‘tgandan buyon kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanib bormoqda va bugungi kunga kelib bu sohada yalpi ichki mahsulotning 56% dan ortiq qismi yaratilmoqda. Mamlakatimizda bu sohani moliyalashtirishga alohida e’tibor berib kelinmoqda. 30
http://www.cbu.uz (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki). 42
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 11-martdagi «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga kredit berishni ko‘paytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-1501-sonli Qarori va 2012-yil 18-iyuldagi «Ishbilarmonlik muҳitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4455-sonli Farmoni ҳamda boshqa qarorlariga muvofiq, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarini kreditlash hajmini yanada oshirish, kreditlash shartlarini soddalashtirish, ularga bank xizmatlaridan foydalanish borasida qo‘shimcha imtiyoz va qulayliklar yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar izchillik bilan amalga oshirib kelinmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining kredit olish jarayonlari ancha soddalashtirildi va banklar tomonidan talab qilinadigan hujjatlar soni qisqartirildi. Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari kredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim qilishlari lozim: − kredit olish haqida ariza (kredit buyurtmasi); − pul oqimini ko‘rsatuvchi biznes-reja; − oxirgi hisobot sanasiga davlat soliq xizmati mahalliy idorasi − tasdiqlagan buxgalteriya balansi; − ta‘minotning biror-bir turi bo‘yicha hujjatlar; − fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlaridan ko‘rsatilgan faoliyat turi bilan shug‘ullanayotganligini yoki shug‘ullanish imkoniyatiga ega ekanligini tasdiqlovchi ma‘lumotnomani taqdim qiladilar. Faoliyatini endi boshlayotgan subyektlardan buxgalteriya balansi talab etilmaydi. Hozirda kerakli hujjatlar to‘liq taqdim etilganidan so‘ng uch bank ish kuni ichida kredit olishni so‘rab murojaat qilgan arizachiga bank kredit chiqarish yoki chiqarmaslik to‘grisida o‘z qarorini bildirishi lozim. Agar rad javobini bersa, buning sabablarini izohlab raddiya berishi lozim. Bu, albatta, tijorat banklarining operativ tezkor ishlashlarini va mijozlarga sifatli va ularni ko‘p kuttirmasdan o‘z xizmatlarini bajarishni ko‘zda tutadi. 43
0 1 .0 1 .2 0 1 4 0 1 .0 1 .2 0 1 5 0 1 .0 1 .2 0 1 6 0 1 .0 1 .2 0 1 7 0 1 .0 1 .2 0 1 8 6 9 8 2 9 1 5 8 1 2 1 1 2 1 5 8 7 0 1 5 5 5 0 1 3 6 6 1 9 0 7 2 5 2 6 3 3 2 6 4 0 1 5 Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka ajratilgan kreditlar Mikrokreditlar m lrd s o‘ m da Download 419.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling