Toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti "tasdiqlayman"
-rasm "Asaka" DAT banki kredit portfelining tarmoqlar bo'yicha
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
kredit bahosining shakllanish mexanizmi va uni takomillashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sanoat 60% Savdo 15% Jismoniy shaxs 7%
- Skoring asosida aniqlangan
- III bob. Tijorat banklaridakredit bahosini takomillashtirish yo`llari va istiqbollari
- Kredit bahosi
- 12–jadval
6-rasm "Asaka" DAT banki kredit portfelining tarmoqlar bo'yicha tasniflanishi 34 Ammo Asaka" DAT bankning 2013-yilga mo`ljallangan kredit siyosatida kreditlarning bitta sohada to'planishi kredit portfeli umumiy summasining 25 foizidan oshmasligi lozim. Keyingi o'rinda jismoniy shaxslarga berilgan kreditlar egallaydi 7 %. Qolgan sohalarning ulushi juda ham kam. Bu esa bankda kredit riskini oshishiga olib kelishi mumkin. Banklarning umumiy
kapitali va
depozitlar bazasining yanada mustahkamlanishi banklarning ichki
manbalar hisobiga kreditlash va
investitsiyalash imkoniyatlarini kengaytirish orqali mamlakat iqtisodiyotining yuqori sur'atlarda o'sishini moliyaviy qo'llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda. Hususan, tijorat banklarining jami aktivlari hajmi 2014-yilda 2013-yilga nisbatan 28,2 foizga oshib, 2015-yilning 1-yanvar holatiga ko'ra, 56,2 trln. so'mga etdi. Shunday qilib bank ssudalar bo„yicha to„lay olmaslik riskini o„z zimmasiga oladi. Foiz nafaqat pul-kredit siyosatini muvofiqlashtirishda, shuningdek, kredit siyosati munosabatlarini boshqarishda ustuvor iqtisodiy vosita vazifasini bajaradi.
34 "Asaka" DAT banki 2013-yil hisobot ma`lumotlari asosida muallif tamonidan tuzildi Sanoat 60% Savdo 15% Jismoniy shaxs 7% Kommunal xizmat 5% Qishloq xo`jaligi 4% Qurilish 4% Transport va aloqa 3% boshqa 2%
51
7-rasm. Tijorat banklarining kredit qo`yilmalari dinamikasi 35
2014-yilda tijorat banklarining kredit qo'yilmalari umumiy hajmi 2013-yilga nisbatan 31,2 foizga o'sib, 2015-yilning 1-yanvar holatiga ko'ra, 34,8 trln. so'mni tashkil etdi. 2014-yil mobaynida korhonalarni modernizatsiya qilish, texnologik va texnik jihatdan qayta jihozlash maqsadlariga tijorat banklari tomonidan jami 8,5 trln. so'm yoki 2013-yilga nisbatan 1,2 barobar ko'p investitsion kreditlar ajratildi. Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida 2014-yil davomida tijorat banklari tomonidan mazkur soha sub'ektlariga barcha moliyalash manbalari hisobidan ajratilgan kreditlari hajmi 2013-yilga nisbatan 1,3 barobarga oshib, qariyb 9,2 trln. so'mni tashkil etdi.
35 O‟zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ma‟lumotlari (www.cbu.uz) Skoring asosida aniqlangan risk darajasi uchun ustama
52
36 TadqiqodchiD.A. Saidovo`ztadqiqotlaridatijoratbanklarikreditportfelidabirsohagayo`naltirilgankredit larsalmog`ining 25 %
37 . Ushbufikrmuhimamaliyahamiyatgaegabo`lib, banklardakreditriskidarajasinipasaytirishinita`minlaydi. Tijoratbanklaridakreditbahosishaklanishidarisklarnihisobgaolganholdaaniqla nishimuhimahamiyatkasbetadi. Bunda: a)
Riskni hisobga olgan holda bank marjasi tavakkalchilikni baholash bo`yicha skoring tizimida aniqlanadi; b) Skoring baholash kreditga ma`sul xodim tomonidan amalga oshiriladi. Kredit uchun filial kredit komissiyasi tomonidan foiz stavkasini belgilashda raqobatchilarning bozordagi taklifi ham inobatga olinadi. Kredit ta`minotining likvidligi yoki boshqa xususiyatlari kredit uchun foiz stavkasini belgilashda kata axamiyat kasb etmasligi lozim, chunki bank uchun kredit tavakkalchiligi bu asosan
36 I.Y.Qulliyev Tijorat banklarida kredit bahosining shakllanish amaliyoti va uni takomillashtirish. Monografiya.T., “Iqtisod-Moliya”. 2013. 37 Saidov D.A. Tijorat banklarining qisqa muddatli kreditlash amaliyoti va uni takomillashtirish yo`llari. I.f.n. ilm. dar. ol. Uchun yoz. Diss. Avtoref. – T.: 2008 y. 16 b. kreditga loyaqatlilik ko`rsatkichiga belgilangan ball darajasi % 100-95 3,0
94-90 3,5
89-85 4,0
84-80 4,5
79-75 5,0
74-70 5,5
69-65 6,5
64-60 7,5
59-55 8,5
54-50 10,0
53
kreditning birinchi manbadan, ya`ni qarz oluvchining pul oqimlari kredit to`lovini qoplay olmasligidir. Tijorat banklarida berilgan kreditlarning o`z vaqtida qaytishini ta`minlash muhim masalalardan hisoblanadi. Bu muammoni xal etishning yo`llaridan biri kreditga yuqori likvid ta`minot talab qilishdir. Kredit ta`minoti sifatida olingan ta`minotning qiymati kredit va unga hisoblangan foizlar miqdoridan yuqori bo`lishi kerak. Kredit ta`minoti birlamcha va ikkilamchi ta`minot manbalariga bo`linadi. Birlamchi ta`minot mijozning kreditdan foydalanish natijasida oladigan daromadlari yoki uning pul oqimlari hisoblansa, ikilamchi ta`minot boshqa barcha turdagi ta`minot shakllarini o`z ichiga oladi. Kredit ta`minoti va uning sifat darajasi kredit bahosining shakllanishiga o`z
ta`sirini ko`rsatadi. Mamlakatimizdagi ko`pgina tijorat banklari amaliyotida kredit ta`minoti va uning sifati kredit bahosining shakllanishida hisobga olinmaydi. Kredit portfelining ta`minot tahlilidan kelib chiqib, ta`minot turlari bo`yicha sifat va risk darajasini baholash usullarini aniq o`rganish kerak. Agar berilayotgan kreditlar yuqori likvid aktivlar bilan, yani hukumatning qimmatli qog`ozlari, qimmatbaho metallar va hukumat kafolati bilan ta`minlagan bo`lsa, u holda bundan ta`minot bilan berilgan kreditlarga hisoblangan foiz stavkalari nisbatan pastroq qilib belgilanishi zarur deb o`ylaymiz. Shu bilan birga tijorat banklari o‟z mablag‟larini iqtisodiyot real sektori korxonalarining kapitallashuv darajasini yanada oshirish va moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, iqtisodiy nochor
korxonalarni moliyaviy sog‟lomlashtirish va boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish, iqtisodiyotni tarkibiy o‟zgartirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash jarayoniga faol yo‟naltirmoqda.
54
Bank foizi kredit munosabatlariga kirishgan ikkita subyektning bittasi bank bo„lsagina vujudga kelishi mumkin.Shuni ta‟kidlash lozimki, kredit tashkiloti ssudani asosan o„zining emas, balki jalb etilgan mablag„lar hisobidan beradi. Vaqtincha bo„sh bo„lgan pul mablag„larini qayta taqsimlashdagi vositachilik faoliyati uchun bankning olgan daromadi kompensatsiya rolini bajaradi. Bank aktivlari zimmasidagi majburiyatlarning bajarmaslik riski omonatchilar passivlari oldidagi majburiyatlarning bajarmaslik riskining oshishiga olib keladi. Kredit bahosidan foydalanish mexanizmi deganda ssuda foizi siyosatini olib borishda va uni amaliyotga joriy qilishda qo„llaniladigan vositalar, choralar to„plami tushuniladi. Ularning ayrimlari quyidagilar hisoblanadi: foiz darajasini shakllantirish usullari; foiz stavkalarini tabaqalashtirish mezonlari; Markaziy bank tomonidan foiz me‟yorlarini muvofiqlashtirish usullari; foizlar bo„yicha o„zaro to„lovlar va undirishlar tartibi; foizni to„lash manbalari; qarz oluvchilar manfaatlarini himoya qilish tizimi bilan foiz o„rtasidagi bog„lanish; kredit tashkilotining daromadi va xarajatini shakllantirishda foizning o„rni.
Bu mexanizm, bir tomondan, foizni tovar ishlab chiqarish iqtisodiy kategoriyasi sifatida ifodalasa, ikkinchi tomondan, uning foiz siyosatini olib borish maqsadiga bog„liq ekanligini ifodalaydi. Amaliyotda aksariyat hollarda uning iqtisodiy tabiatiga qarama-qarshi subyektiv ustuvorlik namoyon bo„ladi. Bozor munosabatlarigacha, ya‟ni xo„jalik mexanizmi amal qilgan davrda bank foizidan foydalanish asosan davlatning xo„jalik yuritish siyosatiga bo„ysungan holda amalga oshgan. Bu siyosat o„zgarishi bilan bank foizidan foydalanish mexanizmi ham o„zgargan.
55
Foiz me‟yorini hisoblashda tijorat banklari tomonidan quyidagilarni inobatga olish nazarda tutiladi: o Tayanch foiz stavkasining darajasi. Bu ko„rsatkich, odatda, ta‟minlangan ssudalar bo„yicha kreditga layoqatli mijozlar uchun o„rnatiladi. o Har bir bitim (kelishuv) shartlarini hisobga olgan holda risk uchun ajratilgan qo„shimcha mablag„.
Risk uchun qo„shimcha quyidagi mezonlarga bog„liq holda tabaqalashadi: mijozning kreditga layoqatliligi; ssudabo„yichata‟minotningmavjudligivaxarakteri; berilayotgan kredit muddati; bank bilan mijoz o„rtasidagi o„zaro munosabatning mustah-kamligi; foiz to„lovlari usullari; kreditlash muddatlariga rioya qilish. Bugungi kunda kredit bahosi quyidagi mexanizmlaridan foydalanilmoqda:
foiz darajasi kredit resurslariga bo„lgan talab va taklifdan kelib chiqqan holda subyektlar o„rtasida tuziladigan shartnoma asosida o„rnatiladi;
ssudalar bo„yicha foiz stavkalarini o„rnatishi kredit kelishuvlari amalga oshirilayotgan aniq sharoitlarga qarab, ya‟ni:
– ssuda summasi va uni uzish muddati; – ssuda ta‟minotining mavjudligi;
– mablag„larni jalb qilish sarflari; – kreditni rasmiylashtirish va nazorat qilish xarajatlari;
– bankni rentabelli bo„lishini ta‟minlash zaruriyati; – mijozning kreditga layoqatliligi kabilarni inobatga olgan holda bank va mijoz kelishuvlari asosida amalga oshiriladi. Kredit jamg„armalarining yo„nalishiga qarab foizlarni to„lash (o„tkazish) turlicha bo„lishi mumkin:
56
– aylanma mablag„lari uchun berilgan kreditlar bo„yicha to„lovlar mahsulot tannarxiga qo„shiladi;
– asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa aylanma mablag„lari bo„lmagan aktivlarni sotib olish uchun berilgan kreditlar bo„yicha xarajatlar korxona foydasiga qo„shiladi.
Bank kreditlaridan foydalanganligi uchun to„langan foiz xarajatlari Markaziy Bank tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkalari doirasida soliqqa tortiladigan bazani kamaytiradi. Ammo muddatdan o„tgan kreditlar foizi soliq bazasini kamaytirmaydi. Foiz mexanizmidan foydalanish foizlar bo„yicha daromad va xarajatlarning bankning pirovard moddiy manfaatdorligi bilan bevosita bog„liqligida namoyon bo„ladi. Taraqqiy etgan mamlakatlarning bank amaliyotida kredit bahosini shakllantirish bankning jalb qilingan resurslari qiymati, kredit darajasi riski darajasi, kredit amaliyoti xarajatlari, Markaziy bankning pul-kredit siyosati, kreditga bo`lgan talab va taklif, raqobat kabi omillar tahliliga asoslangan. Rivojlangan mamlakatlarda bank amaliyotida kredit bahosini belgilash turli bosqichlarda va chuqur tahlillar asosida olib borishadi. Chunki kredit bahosini bunday chuqur tahlil qilishdan asosiy madsad bank kredit operatsiyalarining samaradorligiga erishish va bankning strategik maqsadlarni amalga oshirish hisoblanadi.Xorijiy banklar amaliyotida kredit bahosini belgilashda bir qancha modellar belgilanadi. Xususan AQSH tijorat banklari amaliyotida kredit bahosini belgilashda foydalanilgan metodlar va modellarga to`xtalib o`tamiz. Kredit tizimi rivojlangan mamlakatlarda kredit bahosini belgilashda:
“Qiymat plyus” modeli; “Baho yetakchiligi”modeli;
“Qiymat – foyda ” modeli.
57
Tijorat banklarida kredit bahosi shakllanishing oddiy modeli “Qiymat plyus” modeli bo`lib, bunda bank tamonidan jalb qilinadigan mablag`lar va kredit amaliyoti bo`yicha bankning operatsion xarajatlari hisobga olingan holda kredit bahosi shakllantiriladi. Ushbu modelda quyidagi komponentlar hisobga olinadi va ularning yig`indisi sifatida umumiy qiymat aniqlanadi: - bank uchun qarz oluvchini kreditlash maqsadida jalb qilingan mablag`lar qiymati; - bajarilmasligi mumkin bo`lgan majburiyatlar riski darajasiga to`lov (bankning risk ustamasi); - kredit bo`yicha bank marjasi yoki bankning oladigan minimal daromadi; - bank operatsion xarajatlari, kredit boshqarmasi xodimlarining oylik ish haqlari, kreditni rasmiylashtirish, kredit monitoring va kreditni so`ndirishi bilan bog`liq bo`lgan boshqa xarajatlar. Ushbu ma`lumotlar asosida quyidagi formula orqali ifodalaymiz 38 : = + + +
Berilgan komponentlardan har biri kredit summasiga nisbatan yillik fois shaklida aks ettirilishi mumkin. “Qiymat plyus” modeli oddiyligi va tezkorligi bilan ajralib turadi. Lekin uning kamchiligi sifatida bank o`z xarajatlarini aniqlash jaroyoning texnik jihatdan murakkabligi va boshqa kreditorlar tomonidan taklif qilinadigan foiz stavkalar, ya`ni raqobat omilining xisobga olinmasligidir. Tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlarbo`yicha foiz stavkalari Markaziy bankning qayta
moliyalash stavkasiga yuqoridagi keltirib o`tilgan
38 I.Qulliyev. Tijorat banklarida kredit bahosining shaklanish amaliyoti va uni takomillashtirish. – T.: “Iqtisod-M oliya”, 2013. Kredit bahosi
uchun jalb qilingan mablag`lar qiymati
operatsion xarajatlari
risk ustamasi
foiz marjasi
58
komponentlarning mos foizlarni qo`shish orqali keltirib chiqariladi. Masalan, bank o`z mijozidan 20 mln so`mlik kredit buyurtmasini oldi va bazaviy stavka 12 foizni tashkil qilsin. Kreditni rasmiylashtirish va nazorat qilish bo`yicha operatsion xarajatlar tahlil natijasida kredit summasining 2 foizini tashkil qilishi aniqlandi. Kredit boshqarmasi kredit riski bo`yicha 2-6 foiz miqdorida ustama o`rnatilishini belgilab qo`ydi. Bank esa foiz marjasini 2 foiz deb belgiladi. Shundan kelib chiqib, tijorat banki kreditining bahosi 18 foizni, ya`ni (12+2+2+2)ni tashkil qilishini hisoblab chiqdik.
“Baho yetakchiligi” modeli 1930-yillardagi buyuk depressiya davrida AQSHning eng yirik banklari “praym-rayt” (bazaviy yoki ma`lumot stavkasi) nomi bilan mashhur bo`lgan kreditlar bo`yicha unifikatsiyalashgan foiz stavkasini hamda qisqa muddatli kreditlar bo`yicha kreditga layoqatliligi yuqori ishonchli mijozlarga taklif qilinadigan eng past stavkani o`rnatishni joriy etdilar. Ayni vaqtda AQSHda “praym-rayt” stavkasi tijorat banklari amaliyotida yetakchi stavka bo`lib, kredit bo`yicha o`z stavkalarini doimiy ravishda e`lon qilib boradigan yirik banklarning, ya`ni “pul markazlari” tomonidan e`lon qilinadigan stavkasi hisoblanadi. Har qanday qarz oluvchiga beriladigan kredit bo`yicha haqiqatdagi foiz stavka quyidagicha hisoblanadi:
bu yerda: Ks – kredit foiz stavkasi; Bs – bazaviy yoki praym-rayt stavkasi (bank marjasi hisobga olingan holdagi); U – ustama, birinchi sinfga kirmaydigan mijozlarga majburiyatlarni bajara olmasligi uchun qo`yiladigan ustama; Rm – risk mukofoti. Ks=Bs+U+Rm
59
Oxirgi paytlarda rivojlangan davlatlar bank tizimida vujudga kelgan, ” Baho yetakchiligi”modelining yana bir shakli sifatida < kredit foizlarini hisoblashda qo`llanilmoqda. Buning mazmuni shundaki, bank mijozga suzib yuruvchi stavkada kredit berganda bazaviy stavkalar o`zgargan sharoitda ham o`zgarmaydigan kreditning maksimal foiz stavkasi hisoblanadi. Ammo banklar o`zlarining kredit shartnomalarida “kep” stavkalarini o`rnatishda ehtiyot bo`lishlari zarur. Yuqori foiz stavkalarini ushlab turishning uzoq davri, suzib yuruvchi foiz stavkalari bo`yicha riskning qarz oluvchidan kreditorga o`tib ketishi ham kuzatiladi. 12–jadval Xalqaro bank amaliyotida kredit bahosi shakllantirishda qo`llaniladigan modellarning afzalligi va kamchiliklari
Kamchiliklari “Qiymat plyus”
Kreditlash amaliyotidagi barcha xarajatlar hisobga olinadi va kredit bahosi aniq o`rnatiladi. Boshqa kreditorlar tamonidan raqobat omilining hisobga olinmasligi “Baho
yetakchiligi” Foiz risklarini boshqarish imkoniyatini beradi. Bazida kredit risklarining ortishiga olib kelishi minkin “Qiymat – foyda ” Bank risklarini optimal boshqarish mumkin va bankning mujoz bazasini oshiradi Texnik jihatdan murakkab usul, barcha omillarni hisobga olish va ko`p vaqtni talab etadi.
“Qiymat – foyda ” modeli asosida kredit stavkasini o`rnatish. Bu model kredit foiz stavkasini o`rnatishga yondashuv “mijozning daromadliligi tahlili”nomi bo`lgan konseptsiyalarning bir yo`nalishi hisoblanadi. Taxlil obyekti mijozdan keladigan daromadlar hisoblanib, bank mijozidan olinadigan kredit foizlaridan tashqari daromad keltiradigan boshqa manbalar ham tahlil qilinadi. Mijozdan olinadigan bank daromadlariga kredit foizlari,majburiyatlar bo`yicha komission
39 I.Qulliyev. Tijorat banklarida kredit bahosining shaklanish amaliyoti va uni takomillashtirish. – T.: “Iqtisod-M oliya”, 2013.
60
haq, vositachilik haqi va ma`lumotlar taqdim etishdan olinadigan daromadlar kiritiladi. Mamlakatimiz tijorat banklari kredit bahosida yuzaga keladigan bir necha muommolarni bartaraf etsak maqsadga muofiq bo`lar edi: asosiy muommalardan biri mamlakatimizda kredit siyosati kredit bahosi mijozlarning toifasiga va kreditalash usullariga qarab tabaqalashtirilmagan; amaliyotda aksariyat hollarda kreditlash jarayonida kreditlar bahosi mijozning kredit tarixiga mos ravishda shakllantirilmaganligicha qolmoqda; kreditlash jaroyonida mijozlarning to`lov qobiliyatini baholash tizimida kamchiliklar mavjud; kredit bahosi belgilashda uning foiz stavkasi nisbatan past, lekin tijorat banklari tamonidan qo`shimcha to`lovlar foiz stavkasi esa balandligicha qolmoqda: , mamlakatimiz tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarga kredit xizmatlarini ko‟rsatish bilan bog‟liq quyidagi muammolarni alohida ko‟rsatib o‟tish zarur: - aholi ayrim toifasining to‟lov qobiliyati pastligi va oladigan daromadlar etarli darajada emasligi; - olingan kreditlarning ko‟pchilik holatlarda maqsadsiz ishlatilishi; - tijorat banklarida jismoniy shaxslarning kredit qobiliyatini baholash bo‟yicha takomillashgan tizimning mavjud emasligi; - banklarning etarli resurs bazasiga ega emasligi; - iste‟mol krediti ob‟ekti sifatida tanlangan tovar va xizmatlar bahosining sun‟iy ravishda oshirilishi. Kredit bahosi bilan bog`liq ushbu muommolarni bartaraf etish uchun quyida keltirilgan taklif va mulohazalarni e`tiboringizga taqdim etamiz. Aminmizki, ushbu takliflar kredit bahosining ijobiy o`zgarishiga olib keladi.
61
1. Yuqoridagi keltirib o`tgan modellardan kelib chiqib, O`zbekiston bank amaliyotida ham ularni qo`llashni tavsiya etamiz. AQSH bank tizimida uchbu modellar orqali kredit bahosi mexanizmi ancha samarali faoliyat yuritib kelmoqda: avvalo, bankning jalb qilingan resurslar bahosi, kreditladh amaliyoti xarajatlari va yetarli foyda marjasini ta`minlaydi; yana bir tarafdan, bank mijoz bazasini mustahkamlab, uning kredit xizmatlari bozoridagi faolligini oshiradi. Shularni inobatga olib, tijorat banklarida kredit bahosi iqtisodiy asoslanishi, ya`ni bank mijozi va bank manfaatlarini hisobga olgan holda yo`lga qo`yish lozim. Tijorat banklarida kredit bahosining asosini tashkil qiluvchi jaln qilingan majburiyatlarga to`lanadigan foiz xarajatlarining jami xarajatlar tarkibidagi ulushi, uning tarkibini optimallashtirish, tahlil qilish va samarali boshqarish zarur. Chunki tijorat banklarining barqaror moliyaviy resurslarga ega
bo`lishi bank
majburiyatlarining tuzilmasiga bog`liq. Banklar avvalo, kredit bahosini chiqarishda kredit xizmati tannarxini hisobga olmasdan shakllantirilishi banklar faoliyati natijalarining zarar bilan yakunlanishiga, ayrim hollarda bankrotlik holatlarini keltirib chiqaradi. Shuni inobatga olib, tadqiqot natijasida shunga amin bo`lamizki, kreditlash amaliyotida bankning kreditlash bilan bog`liq xarajatlari, birinchidan bankning jalb qilingan resurslar bahosini hisobga olish lozim ekan. 2. Mamlakatimiz bazi bir tijorat banklarida jismoniy shaxslarni kreditlash amaliyotida vositachilik haqining nisbatan yuqoriligi yoki kredit chiqarishda turli chalkashliklarning bartaraf etish darkor. Hozirgi sharoitda bank iqtisodiy sektorning lokomativi hisoblanadi. Bankning asosini esa kredit operatsiyalari tashkil qiladi. Ayniqsa, jismoniy shaxslarning bank kreditlari hisobiga turli iste`mol tovarlari va xizmatlarini sotib olishga bo`lgan talabning oshishi tijorat banklari kreditlariga bo`lgan talabning o`sishiga imkon yaratdi. Respublikamiz bank amaliyotida kredit bahosining shakllanishida kredit
62
foiz stavkasidan tashqari, tijorat banklari tomonidan qo`shimcha to`lovlar joriy qilinganligiga guvoh bo`lmoqdamiz. Masalan, OATB “Asabank” da jismoniy shaxslarga beriladigan ipoteka kreditlarini rasmiylashtirish uchun 200 ming so`m miqdorda, OATB “Qishloq qurilish bank” da ushbu davrdagi eng kam oylik ish haqining 2 barobari miqdorida haq olinadi. Bunday misollarni yana keltirish mumkin. Axir mijoz belgilangan kredit foizini to`lasa-yu, buning ustiga yana qo`shimcha haq to`lasa. Bizningcha, uchbu vositachilik haqlari kredit bahosi tarkibida inobatga olinsa kerak. Bunday qo`shimcha to`lovlarning undirilishi mijoz tomonidan to`lanadigan to`lovlarning oshishiga olib kelmoqda. Bu esa mijozning moliyaviy ahvoliga yanada ta`sir qiladi. Tijorat bankalari tomonidan kreditlar bo`yicha qo`shimcha to`lov va yig`imlarning joriy qilinishi qonuniy man etilmagan. Lekin, bank tijorat tashkiloti sifatida daromad olishni ko`zlab, mijozlar manfaatiga qarshi faoliyatni amalga oshirmasligi zarur. Shuni ta`kidlash kerakki, mamlakatimiz banklari depozit va kredit operatsiyalariga doir muddatlar va shartlar, foiz stavkalari, mukofotlar va yig`imlar to`g`risida o`z mijozlariga muntazam ravishda axborot berib borishlari darkor. Tijorat banklari raqobatni ta`minlaydigan bahoni shakllantirish tizimiga o`tishlari lozim. Bu tajribani Rossiya Federatsiyasining bank amaliyotidan o`rganish maqsadga muofiqdir. Federatsiyaning “Moliyaviy xizmatlar bozorida raqobatni himoyalash to`g`risida” gi qonuniga muofiq, bank xizmatlari bo`yicha bahoning o`rtacha bozor bahosidan o`n foizgacha o`zgarish yuz bergandabank faoliyati Monopoliyaga qarshi Federal xizmat tomonidan nazoart amalga oshiriladi. 3. Respublikamiz tijorat banklarida kredit bahosini chiqarishda mijozning kredit tarixi tahlili asosida shakllantirish tartibiniyo`lga qo`yish. Mijozlarni kreditlash jarayonida ularning kredit tarixini tahlil qilish orqali mijozlarning majburiyatlarni bajarishi, to`lov tizimiga rioya qilishi baholanadi. Bu
63
esa kredit bahosini shakllatirishda munim omil bo`lib xizmat qiladi. Mijozning kredit tarixi to`rt kategoriya asosida sinflarga ajratilib, risk darajasi baholanadi. Bank mijozlarining majburiyatlari qay darajada bajarganligini tahlil qilish va shunga muoviq o`z siyosatini amalga oshirish lozim. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-apreldagi 197-sonli “Qarz oluvchilarning kredit tarixi to`g`risidagi axborotlarni hisobga olish tizimini shakllantirish chora-tadbirlari to`g`risida” gi qaroriga muoviq, O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki qoshida Kredit axboroti milliy instituti tashkil qilindi. Bu muassasa tijorat banklarining kredit operatsiyalari va ularning qarzdorlari to`g`risidagi axborotlarni yig`ish, qayta ishlash, saqlash va ularni taqdim etish bilan shug`ullanadi. Kredit axboroti milliy instituti tashkil qilinishi bilan banklarda qarz oluvchi mijozlar kredit tarixini o`rganish orqali kredit risklarini aniqlash imkoniyati yanada oshdi. Tijorat bankalari o`z mijozlarining kredit tarixini tahlil qilishi va olingan natijalardan kreditlash jarayonida foydalanishi juda zarur hisoblanadi. Bizning fikrimizcha, banklarimiz mijozning kredit tarixini baholash va kredit bahosini shakllantirishda hisobga olishi muhim ahamiyat kasb etadi degan umiddamiz. 4. Banklar banki ya`ni Markaziy bankning qayta moliyalash siyosati elastiklini oshirish va markazlashgan kreditlar hajmini ko`paytirish orqali tijorat bankalari kredit bahosi mexanizmi barqarorligiga ijobiy ta`sir ko`rsatish. Mamlakatimiz rahbari o`z maruzalarida “Inqirozga qarshi choralar dasturida kichik
biznesni rivojlantirishnirag`batlantirishga alohida e`tibor
qaratishni ta`kidlaydilar. Ushbu chora-tadbirlar soliq va kredit imtiyozlari bilan bir qatorda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay biznes muhitini yaratish maqsadida institsional islohatlarni yanada chuqurlashtirishni o`z ichiga oladi. Jumladan, yangi tashkil etilayotgan kichik va xususiy korxonalarni qo`llab - quvvatlash maqsadida Imtiyozli kreditlar jamg`armasining resurs bazasini 2
64
barobar oshirish ko`zda tutilgan. Shu bilan birga berilgan imtiyozlarning amal qilish muddati uzaytirildi, aylanma mablag`larni to`ldirish uchun beriladigan kreditlarning eng uzoq muddati 12 oydan 18 oyga oshirildi” 40 deya e`tirof etgandilar. Shundan kelib chiqqan holatda, inqirozga qarshi choralar dasturida ko`zda tutilgan ichki talabni qondirish uchun kredit foiz stavkasi barqaror bo`lishi zarur. Bu esa Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining elastiklik darajasini oshirishni taqozo etadi. Lekin mamalakatimizda Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining elastikligi past. Markaziy bank qayta moliyalash kreditlari hajmini oshirish va qayta moliyalash stavkasini pasaytirish tijorat banklarining likvidlilik darajasini oshirishga xizmat qiladi. Bizningcha, Markaziy bank qayta moliyalsh stavkasi inflatsiyaning joriy va kutilayotgan darajasidan va foiz marjasining me`yoriy darajasidan kelib chiqib o`rnatilishi kerak. Buning natijasida, tijorat banklari taklif etayotgan kreditlar bahosi yanada tushishiga zamin yaratiladi. Yuqorida olib borilgan tahlillarga asosan, O‟zbekiston Respublikasi Markaziy bankining pul-kredit siyosati tijorat banklari kreditlash amaliyotiga sezilarli ta‟sir etuvchi omillardan hisobilanadi. Ayniqsa, qayta moliyalash siyosati banklarning kreditlash salohiyatini va kredit taklifini oshirishga ijobiy ta‟sir qiladi. O‟zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasi 2006 yildan hozirgi kunga qadar barqaror o‟zgarishsiz qolmoqda. Bu tijorat banklari kreditlarining foiz
stavkalari barqarorligini ta‟minlashda muhim ahamiyatga ega. Ammo, Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining bunday holati bank tizimiga va shu orqali xo‟jalik sub‟ektlari faoliyatiga ijobiy ta‟sir qilmaydi. Mazkur holat Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining elastiklik darajasi past ekanligini ko‟rsatadi va ushbu holda Markaziy bank qayta moliyalash
40 Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy iqtisodiy inqirozi, O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari va choralari // - T.: “O`zbekiston”, 2009. 56 b.
65
siyosati orqali iqtisodiyotga va sub‟ektlar faoliyatiga ta‟sir o‟tkaza olmaydi. Chunki, O‟zbekiston Respublikasi bank amaliyotida qayta moliyalash kreditlari amalda berilmaydi. Bu esa o‟z navbatida Markaziy bankning banklar faoliyatiga va ularning kreditlash imkoniyatlariga ta‟siri yo‟q ekanligini ko‟rsatadi. Markaziy bankning tijorat banklarini qayta moliyalash siyosati bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etadi va banklarning kredit potentsialiga bevosita ta‟sir etadi.
5. O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarida faoliyat ko'rsatayotgan va mahsulotlarini eksport qilayotgan kichik biznes sub'ektlariga tijorat banklari tomonidan berilayotgan kreditlarning imtiyozli foiz stavkasi bilan Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi o'rtasidagi farqni davlat byudjeti tomonidan subsidiyalashni joriy qilish lozim. Buning natijasida: birinchidan, tijorat banklarining kichik biznes sub'ektlarinikreditlash bilan bog`liq bo'lgan kredit riskining darajasi kamayadi; ikkinchidan, kichik biznes sub'ektlarining berilgankreditlarni qaytarish imkoniyati oshadi, chunki, foiz stavkasikreditning bahosi hisoblanadi. Foiz stavkasining pastligi kichikbiznes sub'ektlarining kreditlar bo'yicha foiz to'lovlari yukiniengillashtirish imkonini beradi. Bundan tashqari, kredit riski darajasining pasayishi esa, tijorat bankining kredit zararlarini qoplashga mo'ljallangan zaxira ajratmalari miqdorining kamayishiga olib keladi. 6. Tijorat banklari kreditlarining tarmoqlar va hududlar bo‟yicha diversifikatsiyalashuv darajasini oshirish taklifi. Mamlakatimizda tijorat banklari kreditlarining tarmoqlar va hududlar bo‟yicha diversifikatsiyasini ta‟minlash lozim. O‟zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan bank kreditlarining hududlar va tarmoqlar bo‟yicha diversifikatsiyasini amalga oshirish YaIMning o‟sishida muhim ahamiyat kasb
66
etadi. Banklarda mijozlarning kreditga layoqatlilik ko‟rsatkichlarini baholash tizimini takomillashgan varianti tavsiya etildi.
Mijozlarning kreditlarni o‟z vaqtida foizlari va asosiy qarz summalarini qaytara olishi ularning kredit to‟lov qobiliyati darajasiga bog‟liq. Mijozning kreditga layoqatligini tahlil etish va aniq baholash bankning kreditlash samaradorligini oshiradi. Fikrimizcha, tijorat banklari kredit siyosatini ishlab chiqishda quyidagilarga alohida e‟tibor qaratishi lozim: - bank mijozlarining to‟lovga layoqatligi bilan birgalikda, banklarda kredit riski darajasini baholash tizimini shakllantirish va shunga mos ravishda beriladigan kredit bo‟yicha riskni boshqarish usullarini belgilash; - xo‟jalik yurituvchi sub‟ektlarni toifalarga ajratgan holda korxonalarning xususiyatlarini hisobga oluvchi, ya‟ni qishloq xo‟jaligi, sanoat, savdo, aloqa va boshqa tarmoqlarni xususiyatiga qarab kredit to‟loviga layoqatlilikni baholashni joriy etish;
- banklar mijozlarning kreditga layoqatlilik ko‟rsatkichlarini baholashda faqatgina korxona faoliyatiga tegishli ma‟lumotlarga suyanib qolmasligi zarur.
Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling