Toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti "tasdiqlayman"
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
kredit bahosining shakllanish mexanizmi va uni takomillashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
67
Xulosa Ko`rib chiqilgan masalalar bo`yicha shuni aytish
mumkinki, mamlakatimizda tijorat banklarining o`rnini bundanda mustahkamlash, har bir operatsiyada banklarning ahamiyati o`ziga xosligi, bank – mijoz o`rtasidagi o`zaro ishonchning mustahkamligi, yuridik va jismoniy shaxslarning kreditga bo`lgan talabini vaqtida ta`minlash, bu borada ularga imkoniyatlar yaratish, kredit bahosini kredit siyosati bandida alohida ko`rib chiqish zarurligini belgilab berdi. Kredit bahosi bilan bog`liq muammolarni o`z vaqtida aniqlagan holda, mijozlarga ilochi boricha arzon kreditlar bilan ularni rag`batlantirib, bank aktiv operatsiyalariga ijobiy ta`sir ko`rsatishdan iboratdir. Shuni to`g`ri tushunishimiz lozim, bizning mamlakatimiz bank amaliyotida bir qancha
muommolar bor,
bunday muammolarga hech birimiz ko`z yummasligimiz kerak. Jahon tajribasi shuni ko`rsatdiki, rivojlangan mamlakatlar bank amaliyotida har qanday yo`l bilan mijoz ishonchini oqlash, ularni ilochi boricha bank xizmatlaridan foydalanishga rag`batlantirish, “bank - mijoz uchun” shiorini doim tushurmasligiga guvoh bo`lmoqdamiz. Chunki, bankning barqaror rivojlanishi mijozlar manfaatlarining ustuvorligi bilan belgilanadi. Mamlakatimizda tijorat banklari kichik biznes sub'ektlarini moliyaviy qo'llab-quvvatlash imkoniyatlari juda keng bo'lib, ulardan samarali foydalanishga erishish milliy iqtisodiyotning rivoji va
aholining turmush
darajasini yaxshilanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bitiruv malakaviy ishini yozish jarayonida olib borgan tahlillar shuni ko‟rsatmoqdaki, respublikamizda foliyat olib borayotgan tijorat banklarining kreditlash salohiyatining birlamchi omili hisoblangan kapitali hamda ular tomonidan jalb qilinayotgan yuridik shaxslarning depozitlari va aholi omonatlari yildan-yilga o‟sish tendentsiyasiga ega bo‟lmoqda. Davlatimiz tomonidan bank tizimi barqarorligini oshirish, ularning resurs bazasini mustahkamlash va
68
kapitallashuv darajasini doimiy ravishda o‟sishini ta‟minlash xar yili ustuvor vazifa sifatida belgilanmoqda. Bu esa bevosita tijorat banklarining kreditlash salohiyatini oshirishga va natijada ularning iqtisodiyotni modernizatsiya qilish jarayonidagi ishtirokini faollashuviga olib kelmoqda. 2014-yil davomida Markaziy bank tomonidan pul-kredit sohasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar, shu jumladan, iqtisodiyotning pulga bo'lgan talabini bank kreditlarini ajratish hajmlarini kengaytirish hisobiga to'liq qondirish, bank hizmatlaridan foydalanish shart-sharoitlarini soddalashtirish va arzonlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda qayta moliyalash stavkasining 2 foiz bandga tushirilganligi tijorat banklarining foiz siyosatiga o'z ta'sirini ko'rsatdi. Shuningdek, respublikadagi mavjud makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik ham kreditlar va depozitlar bo'yicha foiz stavkalari dinamikasida o'z ijobiy aksini topdi.
Birgina 2012 yilning o‟zida bank tizimining resurs bazasini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida banklarning jami kapitali mazkur yilda 24,3 foizga o‟sib, 2013 yil 1 yanvar holatiga 6,2 trln. so‟mni tashkil etgani, natijada tijorat banklarining umumiy aktivlari o‟tgan yilga nisbatan 8,3 trln. so‟mga yoki 30,2 foizga oshib, 35,7 trln. so‟mga etgani va banklar tomonidan ajratilgan kreditlar qoldig‟i esa 4,7 trln. so‟mga yoki 30,2 foizga oshib, 2013 yil 1 yanvar holatiga 20,4 trln. so‟mni tashkil etgani yuqoridagi fikrlarimizni yaqqol isbotlab turibdi. Xususan, depozitlar bo'yicha o'rtacha foiz stavkasi yil boshidagi 9,6 foizdan 7,7 foizgacha pasaydi. Bunda jismoniy shahslar depozitlari (talab qilib olinguncha depozitlar hisobga olinmagan xolda) bo'yicha o'rtacha tortilgan foiz stavkasi yil boshidagi 9,8 foizdan 8,0 foizgacha, yuridik shahslar depozitlari bo'yicha esa yil boshidagi 7,4 foizdan 5,5 foizgacha pasaydi. Shu bilan birga, banklararo pul bozorida o'rtacha foiz stavkasi yil davomida 1,0 foiz bandga pasayib, 9,0 foizni tashkil etdi. Tijorat banklarining resurs bazasini
69
shakllantirish bilan bog‟liq harajatlarning qisqarishi mos ravishda kreditlar bo'yicha foiz stavkalarining pasayishiga olib keldi. Bunda tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlar bo'yicha o'rtacha tortilgan foiz stavkasi 12,4 foizdan 10,5 foizgacha, imtiyozli kreditlarni hisobga olmagan xolda esa 14,3 foizdan 12,5 foizgacha pasaydi. Lekin, respublikamiz tijorat banklari kreditlash salohiyatini oshirish va unga belgilanadigan baho sifati bilan bog`liq bir qator muammolar ham ko‟zga tashlanmoqda. Respublikamiz tijorat banklarida kreditlash faoliyati bilan bevosita bog‟liq va ularning kreditlash salohiyatini oshirish bilan bog‟liq asosiy muammolar quyidagilar: 1.
Tijorat banklari kreditlarining tarmoqlar va hududlar bo‟yicha taqsimlanishida diversifikatsiya darajasining pastligi, ya‟ni mamlakatning qator tijorat banklarida kredit portfelini diversifikatsiyalash talabiga rioya etilmayotganligi;Mamlakatimiz tijorat banklari kreditlarining tarmoqlar xususiyati tahlili shundan dalolat beradiki, respublikamizda bank kreditlarining asosiy qismi sanoat tarmog‟iga ajratilgan kreditlar hissasiga to‟g‟ri keladi. Bu esa banklarda tarmoq riskini keltirib chiqaradi. 2. Aholi ayrim toifasining to‟lov qobiliyati pastligi va oladigan daromadlar etarli darajada emasligi; 3. Olingan kreditlarning ko‟pchilik holatlarda maqsadsiz ishlatilishi; 4. Tijorat banklarida jismoniy shaxslarning kredit qobiliyatini baholash bo‟yicha takomillashgan tizimning mavjud emasligi; 5. Banklarning etarli resurs bazasiga ega emasligi; 6. Iste‟mol krediti ob‟ekti sifatida tanlangan tovar va xizmatlar bahosining su‟niy ravishda oshirilishi; 7. Banklarda mijozlarning kreditga layoqatliligi ko‟rsatkichlarini baholash tizimining takomillashmaganligi;
70
8. Respublikamiz tijorat banklari resurs bazasining mustahkam emasligi va beqarorligi; Olib borilgan tahlillar natijasida respublikamiz tijorat banklari resurs bazasining zaif ekanligi va etarli uzoq muddatli resurs bazasiga ega emasligi aniqlandi. Mamlakatimiz tijorat banklari brutto depozitlari tarkibida talab qilib olingunga qadar depozitlar ulushining xalqaro amaliyotdagi me‟yorlardan yuqori ekanligi bir tarafdan resurs bazasi zaifligidan dalolat bersa, boshqa tarafdan bankning likvidlilik ko‟rsatkichlariga salbiy ta‟sirni yuzaga keltiradi. Shuning uchun yurtimiz banklari ko`proq muddatli depozitlar jalb qilib, kelajakda kredit operatsiyalarining prognoz ko`rsatkichlarini ijobiy holatga olib kelishi mumkin. Respublikamiz tijorat banklarining kreditlash amaliyotini va ularning kreditlash salohiyatini oshirishga qaratilgan quyidagi takliflar ishlab chiqildi: 1. O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarida faoliyat ko'rsatayotgan va mahsulotlarini eksport qilayotgan kichik biznes sub'ektlariga tijorat banklari tomonidan berilayotgan kreditlarning imtiyozli foiz stavkasi bilan Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi o'rtasidagi farqni davlat byudjeti tomonidan subsidiyalashni joriy qilish lozim. 2. Tijorat banklari kreditlarining tarmoqlar va hududlar bo‟yicha diversifikatsiyalashuv darajasini oshirish taklifi. Mamlakatimizda tijorat banklari kreditlarining tarmoqlar va hududlar bo‟yicha diversifikatsiyasini ta‟minlash lozim. O‟zbekiston Respublikasi Markaziy banki
tomonidan bank
kreditlarining hududlar va tarmoqlar bo‟yicha diversifikatsiyasini amalga oshirish YaIMning o‟sishida muhim ahamiyat kasb etadi. Banklarda mijozlarning kreditga layoqatlilik ko‟rsatkichlarini baholash tizimini takomillashgan varianti tavsiya etildi.
71
3. Banklar banki ya`ni Markaziy bankning qayta moliyalash siyosati elastiklini oshirish va markazlashgan kreditlar hajmini ko`paytirish orqali tijorat bankalari kredit bahosi mexanizmi barqarorligiga ijobiy ta`sir ko`rsatish. 4. Respublikamiz tijorat banklarida kredit bahosini chiqarishda mijozning kredit tarixi tahlili asosida shakllantirish tartibini yo`lga qo`yish. Mijozlarni kreditlash jarayonida ularning kredit tarixini tahlil qilish orqali mijozlarning majburiyatlarni bajarishi, to`lov tizimiga rioya qilishi baholanadi. Bu esa kredit bahosini shakllatirishda munim omil bo`lib xizmat qiladi. Mijozning kredit tarixi to`rt kategoriya asosida sinflarga ajratilib, risk darajasi baholanadi. Bank mijozlarining majburiyatlari qay darajada bajarganligini tahlil qilish va shunga muoviq o`z siyosatini amalga oshirish lozim. 5. Mamlakatimiz bazi bir tijorat banklarida jismoniy shaxslarni kreditlash amaliyotida vositachilik haqining nisbatan yuqoriligi yoki kredit chiqarishda turli chalkashliklarning bartaraf etish darkor. Hozirgi sharoitda bank iqtisodiy sektorning lokomativi hisoblanadi. Bankning asosini esa kredit operatsiyalari tashkil qiladi. Ayniqsa, jismoniy shaxslarning bank kreditlari hisobiga turli iste`mol tovarlari va xizmatlarini sotib olishga bo`lgan talabning oshishi tijorat banklari kreditlariga bo`lgan talabning o`sishiga imkon yaratdi. Respublikamiz bank amaliyotida kredit bahosining shakllanishida kredit foiz stavkasidan tashqari, tijorat banklari tomonidan qo`shimcha to`lovlar joriy qilinganligiga guvoh bo`lmoqdamiz. Yuqoridagi takliflar tijorat banklarining kredit bahosi mexanizmining tartibga solinishi, ularning kreditlash salohiyatinining barqarorlashiga, banklarning kreditlash faoliyati samaradorligi oshishiga va natijada ular tomonidan iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida ustuvor tarmoqlarni moliyaviy qo‟llab-quvvatlashdagi faolligini oshirishga o‟zining ijobiy ta‟sirini ko‟rsatadi degan umiddamiz.
72
Foydalanilgan adabiyotlar 1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T. : O'zbekiston, 1992-yil 8- dekabr.
2. O‟zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. T.: Adolat, 1999. 3. O„zbekiston Respublikasining “O„zbekiston Respublikasi Markaziy banki to„g„risida”gi Qonuni, 1995-yil 21-dekabr. 4. O„zbekiston Respublikasining “Bank va bank faoliyati to„g„-risida”gi Qonuni, 1996-yil 25-aprel. 5. O‟zbekiston Respublikasining “Kredit axboroti almashinuvi to‟g‟risida”gi Qonuni. 2011-yil 4-oktyabr. 6. O‟zbekiston Respublikasi bank faoliyatini tartibga soluvchi Qonunlar to‟plami. T. O‟zbekiston 2011-y. 448b. 7. O‟zbekiston Respublikasi banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‟llab-quvvatlash bo‟yicha qonunchilik xujjatlari to‟plami. T.O‟zbekiston 2011 y. 728 b. 8. “Qishloq xo`jaligini korxonalarini davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va g`alla yetishtirish xarajatlarni tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi tog`risida”gi Nizom, 2007y. 16-son, 168-modda. 9. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlari to„g„risida”gi Farmoni, 2000-yil 21 – mart. 10. O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank tizimining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va investitsiyaviy faolligini kuchaytirish chora- tadbirlari to‟g‟risida ”gi PQ-1317-sonli Qarori, 2010-yil 6-aprel. 11. O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub‟ektlariga kredit berishni ko‟paytirishga oid qo‟shimcha chora- tadbirlar to‟g‟risida”gi PQ-1501-son li Qarori, 2011-yil 11-mart.
73
12. O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi “2011- 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish va yuqori xalqaro reyting ko‟rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‟nalishlari to‟g‟risida”gi. PQ-1438-sonli Qarori. “Xalq so‟zi” gazetasi. 2010 y.27 noyabr 13. Karimov I.A Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O„zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo„llari va choralari – T.: O„zbekiston, 2009. 14. I.A.Karimov O`zbekiston Respublikasi Oliy majlis qonunchilik palatasi va siyosatining qo`shma majlisidagi maruza. 2005-yil 28-yanvar. 15. I.A.Karimov O`zbekiston XXI asrga intilmoqda. Birinchi chaqirish O`zbekiston Respublikasi Oliy majlisining o`n to`rtinchi sessiyasidagi maruza. 1999-yil 14-aprel. Toshkent 1999 y. 16. O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bank tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to„g„risida”gi Qarori, 1999-yil 15-yanvar. 17. O‟zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2000-yil 22-fevraldagi 429-son “Tijorat banklari kredit siyosatiga qo‟yiladigan talablar to‟g‟risida” gi Nizomi.
18. O‟zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2000-yil 2-martdagi 432- son “O‟zbekiston Respublikasi banklarida kredit hujjatlarini yuritish tartibi to‟g‟risida”gi Nizomi. 19. O‟zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2004-yil 21-maydagi 575- son “Kredit axboroti milliy institutining ma‟lumotlar bazasini shakllantirish hamda Banklararo kredit byurosiga va tijorat banklariga kredit axborotlari taqdim etish tartibi to‟g‟risida”gi Nizomi. 20. O‟zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil-23 oktyabrdagi “Tijorat banklari kredit siyosatiga nisbatan qo‟yiladigan talablar
74
to‟g‟risidagi nizomga o‟zgartirishlar va qo‟shimcha kiritish haqida”gi 34/16 – sonli Qarori. 21. O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi Tijorat banklari tomonidan kichik biznes sub'ektlariga byudjetdan tashqari jamg`armalar va “Mikrokreditbank” kredit liniyalari hisobidan mikrokreditlar berish tartibi to'g`risidagi Nizomga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish haqidagi 2008-yil 21-noyabr, 108-sonli qarori. 22. O„zbekiston Respublikasi bank tizimi/ F.M.Mullajonov tahriri ostida. –T.: “O„zbekiston”, 2001. – 296 b. 23. Mullajonov F.M. Pul-kredit sohasidagi mavjud vaziyat va monetar siyosatning 2014-yilga mo'ljallangan asosiy yo'nalishlari. “Bozor, pul va kredit” jurnali 2014-y №2. 24. Mullajonov F.M. Pul-kredit sohasidagi mavjud vaziyat va monetar siyosatning 2013-yilga mo'ljallangan asosiy yo'nalishlari. “Bozor, pul va kredit” jurnali 2013-y №2. 25. I.Qulliyev. Tijorat banklarida kredit bahosining shaklanish amaliyoti va uni takomillashtirish. – T.: “Iqtisod-Moliya”, 2013. 26. Bobaqulov T.I. O`zbekiston Respublikasida milliy valyuta kursining barqarorligini ta`minlash borasidagi muammolar va ularni hal qilish yo`llari. i.f.d. ilm.dar.ol.uchun.yoz.diss.avtoref. Tashkent: BMA, 2008. 27. Y.Abduullayev, T.Qoraliyev, SH.Toshmurodov,S.Abdullayeva. Bank ishi. O`quv qo`llanma. - T., “Iqtisod-Moliya”. 2010. 28. Abdullayeva Sh.Z. Bank risklari va kreditlash. – T.: Moliya, 2002. – 304 b. 29. Pul, kredit va banklar. Darslik./ Sh.Z. Abdullayeva. – T.: TMI, 2007. – 347 b.
75
30. Saidov D.A. Tijorat banklarining qisqa muddatli kreditlash amaliyoti va uni takomillashtirish yo`llari. I.f.n. ilm. dar. ol. Uchun yoz. Diss. Avtoref. – T.: 2008 y. 16 b. 31. Lavrushin O.I. Dengi. Kredit. Banki. Uchebnik pod. red. – M.: Finansi i statistika, 2004. 32. Balabanov A.I.,
Borovkova Vik.
A., i dr. Banki i bankovskoe delo: Uchebnik dlya vuzov. 2-e izd. – SPb.: Piter, 2007 – 448s. 33. BeloglazovaG.N. Bankovskoedelo: Uchebnikdlyavuzov –SPB.: Piter, 2008 - 400s. 34. ErmakovS.L. Osnoviorganizatsiideyatelnostikommercheskogobanka: uchebnik. – M.: KNORUS, 2009 – 656s. 35. EndovitskiyD.A., BocharovaI.V. Analiziotsenkakreditosposobnostizayomshchika: uchebno-prakticheskoeposobie. – M.:KNORUS,2008 – 264s. Internet saytlar www.cbu.uz www.lex.uz www.google.ru www.sbr.ru www.stat.uz www.tfi.uz www.bpk.uz www.uztadbirkor.uz www.banker.uz www.finance.uz Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling