Toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti "tasdiqlayman"
Mamlakatimiz tijorat banklari kredit bahosining nazariy-huquqiy
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
kredit bahosining shakllanish mexanizmi va uni takomillashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-jadval.
- II bob. Kredit bahosi mexanizmiga ta`sir etuvchi omillar tahlili 2.1 Tijorat banklari kredit bahosi mexanizmiga ta`sir etuvchi omillar
- 2-rasm.Kredit bahosiga ta`sir etuvchi omillar tasnifi 18
- Kredit bahosiga ta`sir etuvchi omillar
1.2 Mamlakatimiz tijorat banklari kredit bahosining nazariy-huquqiy asoslari
12 I.Y.Qulliyev Tijorat banklarida kredit bahosining shakllanish amaliyoti va uni takomillashtirish. Monografiya.T., “Iqtisod-Moliya”. 2013. 14 b.
16
Banklar faoliyatining xuquqiy asosi deganda, odatda banklar faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga soluvchi amaldagi O`zbekiston Respublikasi Prezdentining Farmonlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va Markaziy bank Boshqaruvi tamonidan tasdiqlangan hamda belgilangan tartibda Adliya vazirligidan davlat ro`yxatidan o`tgan Markaziybankning me`yoriy hujjatlari tushuniladi. Tijorat banklarida bank operatsiyalari va xizmatlarini ko`rsatish hamda ularni amalga oshirish bo`yicha huquqiy manbani tashkil etuvchi qonunlarni qabul qilishda O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi yuridik asos hisoblanadi. Respublikamizda kredit munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga solishda bank sohasiga oid qonunlar muhim ahamiyatga ega. Tijorat banklarida kreditlashni tashkil etishning o`ziga xos xususiyatlaridan biri tomonlar o`rtasida kredit bitimining shartnomaviy ahamiyatga ega ekanligi. Kredit munosabatlarida ikki tamon, qarz oluvchi va kreditor ishtirok etib, ular o`rtasida yuzaga keladigan o`zaro talablar va majburiyatlar shartnoma asosida mustahkamlanishi ko`rsatib o`tilgan. Qarzdor va kreditor o`rtasida kredit shartnomasi yozma ravishda tuzilib, tomonlar o`rtasida imzolanib huquqiy kuchga kiritiladi. Fuqarolik kodeksining 744-moddasida, kredit shartnomasida bir tamon – tijorat banki yoki boshqa kredit tashkiloti ikkinchi subyektga shartnomada ko`rsatilgan miqdorda va belgilangan shartlarda pul mablag`larni berish, qarz oluvchi esa olingan pul mablag`larini va undan foydalanganlik uchun foizlarni qaytarish majburiyatini oladi 13 .
summasiga hisoblanadigan foizlar bu
kredit shartnomadan kelibchiqqan holda kredit muddati va qarz oluvchining shartnomada qayd etilgan shartlarda va tartiblarda to`lanadigan to`lov hisoblanadi. Huquqiy tasnif nuqtai nazardan kredit summasi uchun foiz kreditor bankga ko`rsatilgan xizmatlar uchun to`lanadigan “pul mukofoti” (kredit berganlik uchun to`lov) hisoblanadi. Bunday
13 O`zbekiston Respublikasi Fuqorolik kodeksi. – T.: “Adolat“. 1996. 291 b.
17
mukofotni pul mablag`larini vaqtinchalik foydalanishga berish natijasida olinadigan bank daromadlarining bir turi sifatida qaraymiz. Foizlar darajasi (foiz stavkasi) to`g`risidagi shart kredit shartnomasida tomonlar o`rtasidagi kelishilgan foiz stavka sifatida ifodalanadi. Bunda foiz stavkasi darajasi tomonlar manfaatiga mos bo`lishi lozim, yani foiz stavkasi miqdori nolga teng bo`lmasligi va juda yuqori bo`lmasligi lozim. Bank kreditini foizsiz berganda, qarz oluvchidan boshqa manfaat qo`shimcha daromad olishni rejalashtiradi. Ushbu amaliyot ayrim mamlakatlar bank amaliyotida mavjud bo`lib, foizsiz kreditlar taqdim etish orqali bank mijozlaridan turli daromadlar turli daromadlar olish ko`zlanadi. Kredit shartnomasining muhim elementlaridan biri kredit foiz stavkalarining belgilanishidir. Bank kreditidan foydalanganlik uchun to`lov miqdori shartnomada ko`rsatib o`tiladi. Bank va qarz oluvchi o`rtasidagi shartnomaga muoviq, bank kreditidan foydalanganlik uchun foiz to`lovlarini o`z vaqtida qarzdordan talab qilish huquqiga ega bo`ladi. Bundan tashqari, kredit shartnomasida bir martalik vositachilik va komission haq to`lash belgilanishi mumkin. Ushbu shartlar kredit shartnomasining tegishli bo`limida aks ettirilishi lozim. Demak, kreditning foiz stavkasi qarz oluvchi va kreditor o`rtasida tuziladigan kredit shartnomada ko`rsatib o`tiladi. Endi kredit shartnomasida kredit foizi miqdorini o`rnatishning qonunlarda qayd etilgan jihatlarini ko`rib chiqamiz. “Banklar va bank faoliyati to`g`risida” gi qonunning 3-bobi 31-moddasida, banklar o`z mijozlari bilan o`zaro munosabatlarni shartnomalar asosida amalga oshiradi. Kreditor va qarz oluvchi o`rtasida tuzilgan kredit shartnomasi huquqiy- iqtisodiy shartlarni, tomonlarning huquq va majburiyatlarini aniqlaydi. Respublikamiz tijorat banklari chakana xizmatlarning rivojlanishini, aholi va banklar o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni takomillashtirishni talab etadi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tamonidan qabul qilingan “Iste`mol krediti to`g`risida” gi, “Ipoteka to`g`risida” gi va “Mikromoliyalash to`g`risida” gi
18
qonunlarga muofiq, bank va qarzdor o`rtasidagi kredit munosabatlari qonuniy jihatdan tartibga solinadi. Xususan, ularda bank kredit xizmatlarini ko`rsatish shartlari, tartibi va ular bo`yicha belgilanadigan foiz stavkalari shakllanishining huquqiy asosi belgilab berilgan. Tijorat banklari operatsiyalari bo`yicha foiz stavkalari,xizmat haqi va komission to`lovlar Qonun va qonun osti hujjatlariga muoviq banklar tamonidan mustaqil belgilanadi. Jumladan, “Banklar va bank faoliyati to`g`risida” gi qonunning 28-moddasi birinchi bandiga muofiq, bank kredit operatisyalari bo`yicha foiz stavkalari va vositachilik haqi miqdorini mustaqil belgilaydilar 14 .
aksini topadi. O`zbekiston Respublikasi “Iste`mol krediti to`g`risida” gi 2006-yil 24- fevralda qabul qilingan qonunning 7-moddasi 4-bandiga saosan iste`mol krediti berish qoidalari, kredit miqdori va muddati, foiz stavkasi to`g`risidagi ma`lumotlar hamma uchun ochiq bo`lishi ko`rsatilgan. Ushbu qonunning 10-moddasida, bank va mijoz shartnomasi asosida kredit munosabatlari kuchga kirishi, shartnomada foiz stavkasi ko`rsatilishi va u tomonlar kelishuvi asosida o`rnatilishi belgilab qo`yilgan. O`zbekiston Respublikasi “Mikromoliyalash to`g`risida” gi qonunning 8- moddasiga muofiq, kredit tashkilotlari qarz oluvchilarga mikromoliyaviy xizmatlar ko`rsatish qoidalarining ochiq bo`lishini ta`minlashi lozim. Kredit tashkilotlari mikromoliyaviy xizmatlarni ko`rsatishda mijozlarga moliyaviy xizmat miqdori (summasi), muddati va undan foydalaniladigan to`lanadigan haq to`g`risidagi ma`lumotlarni taqdim qilishi lozim. Ushbu qonunning 14-moddasida, tomonlar o`rtasidagi munosabatlar shartnoma tuzilishi orqali amalga oshirilishi va unda
14 Ozbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati to`g`risida”gi qonuni // O`zbekiston bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirish bo`yicha qonunchilik hujjatlari to`plami. To`ldirilgan 2-nashri. T.: “O`zbekiston”.2003. 42 b.
19
foizlar yoki lizing to`lovlari miqdorini aniq belgilash lozimligi ko`rsatilgan. Shuningdek, shartnomada ko`rsatilgan mikromoliyaviy xizmatlar bo`yicha asosiy qarzlarni qaytarish tartibi va unga hisoblangan foiz to`lovlarini to`lash tartibi va muddatlari o`z aksini toppish lozim. Bankdan olingan mablag`lar muddatidan oldin qaytarilishi va mijozlar haqiqatdan ham foydalanilgan muddat uchun foiz to`lovlarini to`lash
qonunning 19-moddasida aks ettirilgan. Haqiqatda foydalanilgan davr uchun foizlarni to`lanish sharti kredit shartnomasida ham ko`rsatilish shart. Kreditlash bilan bog1iq me`yoriy hujjatlada imtiyozli foiz stavkalari va ularni qo`llash borasidagi tartiblar ham o`z aksini topgan. Imtiyozli foizlarni o`rnatishning birlamchi qonuniy asosi “Banklar va bank faoliyati to`g`risida” gi qonunning 28-moddasi hisoblanadi. Unga ko`ra tijorat banklarining davlat dasturlarini kreditladh uchun Markaziy bank, byudjet va byujeetdab tashqari fondler kredit liniyalari va boshqa manbalardan beriladigan kreditlar bo`yicha foizlarni o`rnatishda yuqori chegarasini Markaziy bank belgilashi qayd etilgan. Bunda tijorat banklari orqali berilayotgan markazlashtirilgan resurslar uchun to`lov va eng asosiysi tijorat banklarining kreditlash amaliyoti bilan bog`liq harajatlarning qoplanishi e`tiborga olinadi. Tijorat banklari tomonidan berilgan imtiyozli kreditlar banklarga minimal daromad olishini ta`minlashi lozim. O`zbekistonda qishloq xo`jaligini moliyalashtirish va kreditlash maxsus yo`nalish asosida tashkil qilingan. Ularni tashkil qilish “Qishaloq xo`jaligini korxonalarini davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va g`alla yetishtirish xarajatlarni tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi tog`risida” gi 1675-sonli nizomga muofiq belgilanadi. Nizomga asosan tijorat banklari qishloq xo`jaligi korxonalarini imtiyozli foizlar asosida kreditlashni tashkil qiladi. Qishloq xo`jaligi korxonalarini imtiyozli shartlar asosida kreditlash bilan ularning aylanma mablag`larine to`ldirish va ishlab chiqarish uzluksizligini ta`milash ko`zda tutilgan.
20
Bugungu kunda qishloq xo`jaligi korxonalariga beriladigan kreditlar foiz stavkasi yillik 3 foizni tashkil etib, shundan tijorat banki marjasi 2 foizni tashkil etadi. Qishloq xo`jaligi korxonasi berilgan kredit sug`rtalanadigan holatda 0,75 foizi “O`zagrosug`urta” ga o`tkazilib, bankning foiz marjasi 1,25 foizni tashkil etadi. 15
Bu esa bazi hollarda tijorat banklarining kreditlash amaliyoti bilan bog`liq xarajatlarni bank ixtiyorida qoladigan marja hisobiga qoplamaslik hollariga olib keladi. Shunday ekan, bunday kreditlash amaliyoti tijorat banklarining kreditlash faoliyatiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Natijada kredit portfeli sifatini pasaytirib, bankda muommoli kreditlarning ko`payishiga olib keladi. O`zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to`g`risida” gi farmoniga asosan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga imtiyozli mikromoliyaviy xizmatlar ko`rsatish tarmog`i yanada kengaytirildi. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki kredit liniyalari orqali boshlang`ich sarmoyani shakllantirish, biznesni rivojlantirishga va mikrolizing xizmatlari uchun imtiyozli kreditlar berila boshlandi. Prezidentimizning2008-yil 10-noyabrdagi 4051-sonli“Mikrokreditbank aksiyadorlik tijorat
bankining tadvirkorlik subyektlarini qo`llab-quvvatlash borasidagi faoliyatini yanada kengaytirish chora – tadbirlari to`g`risida” gi farmoniga asosan kichik biznes va tadbirkorlik subyektlariga ko`rsatiladigan mikromoliyaviy xizmatlar foiz stavkalari pasaytirilib, inqiroz sharoitida ularning barqaror rivojlanishining manbai yaratildi. Bozor iqtisodiyotida sharoitida bank kreditlarining bahosi o`ziga xos funksiyalarni bajaradi. Kredit kategoroyasi kabi kredit bahosi ham bir qator funksiyalarni bajaradi. Kredit bahosi funksiyalarini iqtisodiyotdagi vazifalaridan
15 Qishloq xo`jaligini korxonalarini davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va g`alla yetishtirish xarajatlarni tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi tog`risidagi nizom, 2007y. 16-son, 168-modda.
21
kelib chiqib talqin qilamiz va uni tasniflaymiz. Kredit bahosining funksiyalari quyidagi rasm orqali ifodalsh mumkin.
1-rasm. Kredit bahosining funksiyalari 16 . Kredit bahosining taqsimlash funksiyasi orqali jismoniy va yuridik shaxslar ixtiyoridagi vaqtincha bo`sh turgan mablag`larni yig`adi va ular resurslarga talabi bo`lgan subyektlar foydasiga taqsimlanadi. Bunda moliyaviy vositachilar past foiz stavkada jalb qilingan mablag`larni yuqori foiz stavkada daromad keltiruvchi aktiv operatisyalarga joylashtiradi. Kredit bahosining rag`batlantish funksiyasi kreditor yoki qarz oluvchi nuqtai nazaridan ikki xil izohlanishi mumkin. Bo`sh turgan mablag` egasi o`z mablag`ini daromad olishga yo`naltiradi, ya`ni vaqtincha bo`sh turgan mablag`larine bankga yoki boshqa bir sohaga yo`naltirish orqali foyda olishga rag`bat beradi; Qarz oluvchi olinadigan kreditni foyda olish maqsadida ma`lum muddatga olib, uni tadbirkorlik faoliyatiga yo‟naltirish va yuqori daromad olishga harakat
qiladi. Ushbu
funksiya asosida
ishlab chiqarishni va ishlab
16 Kiduell D.S., Peterson P.L., Blekuell D.U. „Finasobie instituti, rinki i dengi“. – C –Pb.:< >. 2000. Rivojlantirish Taqsimlash Tartibga solish Himoyalash
22
chiqaruvchilarni rag`batlantirish maqsadida maxsus davlat dasturlari asosida imtiyozli foiz stavkalarini qo`lllash orqali amalga oshirish kerak bo`ladi. 1-jadval. Ssuda foizining turkumlanishi
1.
1
Kredit shakllari bo„yicha Tijorat krediti bo„yicha foiz Bank foizi Iste‟mol krediti bo„yicha foiz Lizing shartnomalari bo„yicha foiz Davlat krediti bo„yicha foiz 2. 2
Lombard krediti bo„yicha foiz Bank foizi 3. 3
Aylanma mablag„lar uchun berilgan kredit bo„yicha foiz Asosiy fondlar uchun berilgan kredit bo„yicha foiz Qimmatli qog„ozlarga investitsiyalash uchun berilgan kredit bo„yicha foiz 4. 4
bo„yicha Qisqa muddatli ssuda foizi Uzoq muddatli ssuda foizi 5.
5 Kredit tashkilotlarining operatsiyalari turlari bo„yicha Depozit foizi Ssuda foizi Banklararo kredit foizi va boshq. Tartibga solish funksiyasi orqali butun iqtisodiy munosabatlar tartibga solinadi. Kredit bahosining bozor tamoillari asosida shakllanishiga qaramasdan qator
omillar (valyutani tartibga solish
xususiyatlari, davlatning ayrim tarmoqlardagi ulushuning yuqori ekanligi) kredit foiz stavkasining tartibga solish funksiyasini amal qilishiga to`sqinlik qiladi. Kredit bahosining tartibga solish funksiyasi xo`jalik yurutuvchi subyektlarning o`z va qarz mablag`laridan samarali va oqilona foydalanishga yordam beradi. Bank tizimi sektorida kreditga bo`lgan talabning o`sishi bank depozitlari salmog‟ining osishiga mutanosib bo`lishi zarur. Bu esa, o`z navbatida, banklar tomonidan depozitlarga bo`lgan talab va taklif muvozanatigacha kelguncha davom
17 Malumotlar asosida muallif tomonidan tuzildi.
23
etadi. Aksincha, iqtisodiyotda kreditga bo`lgan talabning pasayishi oqibatida banklarning kredit qo`yilmalari hajmi qisqaradi va natijada kredit operatsiyalaridan olinadigan daromadlar hajmi qisqaradi. Kredit foiz stavkasining ahamiyatining oshishi uning tartibga solish funksiyasi nechog`li zarur ekanligini anglatadi. Kredit foiz stavkasining o`zgarishi butun iqtisodiyotga o`z ta`sirini ko`rsatadi. Foiz stavka orqali banklar tomonidan jalb qilingan depozitlar hajmini tartibga solish mumkin. Iqtisodiyotda kreditga bo`lgan talabning o`sishi kredit operatsiyalari manbasi sifatida bank depozitlarining o`sishiga muofiq kelishi juda muhim. Kreditning yana bir funksiyasi borki, bu funksiya orqali kreditning foizi tijorat banki mablag`larini inflatsiya yoki boshqa salbiy ta`sirlardan himoyalaydi. Bunday sharoitda bank operatsiyalari bo`yicha foizlar va uning darajasi unga ta`sir qiluvchi iqtisodiy omillar ta`siridan kelib chiqib aniqlanadi. Himoyalash funksiyasi kredit bahosining qadrsizlanishining oldini oladi. Iqtisodiyotni modernizatsiyash sharoitida barqaror iqtisodiy o`sishni ta`minlash iqtisodiy siyosatning strategik yo`nalishlarida hisoblanadi. Bu esa xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida qo`shimcha resusrslarga muhtoj bo`lgan sharoitda kreditga bo`lgan talabni va ularning samarali faoliyat yuritishini talab qiladi.
Respublikada amalga oshirilgan islohotlar natijasida tijorat banklari tamonidan ajratilgan kreditlar bo`yicha barqarorfoiz stavkalar dinamikasiga erishildi. Respublikamizdagi barqaror iqtisodiy holat va yuritilayotgan qa`tiy pul- kredit siyosati pul va moliya bozoridagi foiz stavkalari, jumladan tijorat banklarining kreditlari va depozitlari bo`yicha foiz stavkalari dinamikasida ijobiy o`zgarishlarga olib kelmoqda.Bu esa bank kreditlarining o`z vaqtida qaytishiga imkon berib, bankning moliyaviy natijalari samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
24
II bob. Kredit bahosi mexanizmiga ta`sir etuvchi omillar tahlili 2.1 Tijorat banklari kredit bahosi mexanizmiga ta`sir etuvchi omillar va uning tahlili Iqtisodiyotda kredit bahosining shakllanishini o`rganishda, eng avvalo, unga ta`sir qiluvchi omillarni aniqlash muhimdir. Chunki har qanday mahsulot va xizmatlar bahosi ma`lum bir omillar ta`sirida shakllanadi. Tadqiqot ishida kredit bahosiga ta`sir qiluvchi omillarni ikki guruhga bo`lib o`rgandik. Bank amaliyotida kredit bahosining shakllanishini o`rganishda, unga ta`sir qiluvchi omillarni bilish kerak bo`ladi.
18
Tijorat banklarida kredit bahosini kredit riskini hisobga olgan holda shakllantirish kerak. Kredit bahosi shakllanishida risk darajasi yuqori bo`lgan sohalar, tarmoqlardagi muammoli kreditlarning ulushi, kutilayotgan foyda darajasi, bir tarmoqdagi kreditlar salmog`i kabi ko`rsatkichlarni hisobga olish zarur.
18 I.Y.Qulliyev Tijorat banklarida kredit bahosining shakllanish amaliyoti va uni takomillashtirish. Monografiya.T., “Iqtisod-Moliya”. 2013. 62 b. Kredit bahosiga ta`sir etuvchi omillar Tashqi omillar Ichki omillar MB pul-kredit siyosati Inflatsiya darajasi Barqaror raqobatning darajasi Pul bozorining rivoji Byudjet taqchilligi Dunyo siyosiy-iqtisodiy holati Soliq-byudjet siyosati Valyuta siyosati Bank jalb qilgan resurslari Mijozning kredit tarixi Mijozning to`lovga qobilligi Kredit ta`minoti Kredit maqsadi va yo`nalishi Kredit riski darajasi Kredit muddati Kredit valyutasi va miqdori
25
Moliyaviy – iqtisodiy inqirozning milliy iqtisodiyotga ta`sirining oldini olishga qaratilgan islohotlar tijorat banklarining xo`jalik subyektlarini uzoq muddatli kreditlash bo`yicha resurs bazasini oshirish va aholi qo`lidagi bo`sh pul mablag`larini bank depozitlariga jalb etishni kengaytirish chora – tadbirlari banklarning foiz siyosatiga o`z ta`sirini ko`rsatdi. Jumladan, tijorat banklariningkredit portfelida uzoq muddatli kreditlar ulushining oshishini rag`batlantirishga qaratilgan foiz siyosatining olib borish natijasida uzoq muddatli kreditlar bo`yicha o`rtacha tortilgan foiz stavkasi 13,5 foizdan 12,2 foizga pasaydi 19
Ssuda foizida foydalanish mexanizmidagi asosiy unsurlaridan biri - bu ssuda foizi darajasini shakllanish usuli hisoblanadi. Bozor munosabatlarining rivojlanish sharoitida, kredit to„lovlarining erkinligida, makroiqtisodiyot darajasida foiz uchun o„rtacha foyda me‟yoriga erishish ustuvor vazifa hisoblanadi. Foizning o„rtacha foyda me‟yoridan u yoki bu tomonga og„ishiga bir qator omillar ta‟sir qiladi. Ularni ikki guruhga, ya‟ni umumiy va xususiy omillarga bo„lish mumkin. Umumiy omillarga quyidagilar kiradi: - zayomlarga bo„lgan talab va taklif nisbati; - Markaziy bankning muvofiqlashtiruvchi siyosati; - qadrsizlanayotgan pulning ta‟minot darajasi. Xususiyomillartabiatitijoratbanklariningfaoliyatko„rsatishsharoitlari, shuningdek, mijozlarbilantuziladiganbitimlarningxususiyatibilanbelgilanadi. Bulardantashqari, buomillarssudafoiziningayrimturlaribo„yichaturlichabo„lishimumkin. Masalan, depozitfoizidarajasiyuqoridagiomillardantashqariquyidagiomillarta‟siridabo„ladi: bankningaktivoperatsiyalaribo„yichafoizdarajasi;
19 Ozbekiston Respublikasi Markaziy banki hisobot ma`lumotlari www.cbu.uz.
26
jalb qilinadigan depozitning muddati va summasi; bankning ishonchliligi. Banklararopulbozoridafoizdarajasi, boshqasharoitlarnihisobgaolmaganda, odatda,
depozitfoizime‟yoridanoshadi. Chunkissudaberilayotgandakreditmuassasasiningxarajatlarivamanfaatihisobgaolina di. Bankaktivlaribo„yichafoizdarajasigaquyidagixususiyomillarta‟sirqiladi: ssuda summasi va uni to„lash (qaytarish) muddati; ssuda summasining ta‟minlanganlik darajasi; bank ssuda kapitalining tannarxi; mijozning kreditga layoqatliligi va uning bank bilan bo„lgan o„zaro munosabatining mustahkamligi. Bank ssuda kapitalining tannarxi jami qilingan xarajatlar summasini maqsadli joylashtirilgan mablag„lar (ishlayotgan aktivlar) summasiga bo„lish yordamida aniqlanadi:
Bu yerda:
BSК – bank ssuda kapitalining tannarxi;
– bank xarajatlari. Bu xarajatlar barcha ssuda kapitaliga ta‟luqli bo„lmay faqat maqsadli joylashtirilgan qismiga qilingan xarajatlardir. Maqsadli joylashtirilmagan ssuda kapitali qismi xarajat sifatida qayd qilinadi.
– ishlayotgan aktivlar 20 .
bank resurslarini shakllantirish bo„yicha xarajatlar;
20 Y.Abduullayev, T.Qoraliyev, SH.Toshmurodov,S.Abdullayeva. Bank ishi. O`quv qo`llanma. - T., “Iqtisod- Moliya”. 2010. 447 b. IА BХ BSК т
27
bank faoliyatini ta‟minlash bo„yicha xarajatlar. Birinchi guruhga:bankka jalb qilingan bank va boshqa mijozlar mablag„lari bo„yicha foiz to„lovlari, zayomlar va depozitlar, shuningdek, chiqarilgan qimmatli qog„ozlar majburiyatlari bo„yicha foizlar kiradi. Mavjud tasniflash tartibiga binoan ikkinchi guruh xarajatlariga quyidagilar kiradi:
- ma‟muriy boshqaruv va ijtimoiy-maishiy xizmatlar uchun qilingan sarflar; - chet el valuta operatsiyalari bilan bog„liq xarajatlar; - qimmatli qog„ozlar operatsiyalari bilan bog„liq xarajatlar; - kassa, hisob raqamlari operatsiyalari, olingan grantlar bilan bog„liq xarajatlar; - boshqa operatsion xarajatlar, shu jumladan, texnikaga ko„rsatilgan qarov, axborotlashtirish xizmatlari, blankalarni tayyorlash, ularni pochta-telegraf orqali jo„natish, amortizatsiya, bino-inshootlar, transport vositalarni saqlash bo„yicha xarajatlar; - ijara to„lovlari, nodir metallar bilan bog„liq operatsiyalar bo„yicha xarajatlar, valuta, faktoring, lizing operatsiyalari bilan bog„liq xarajatlar va boshqalar; - jarima, penya va to„langan qarzlar.
Ssuda kapitalining tannarxi amaliyotda aktiv operatsiyalar bo„yicha foiz darajasini aniqlash uchun asos hisoblanadi. Ssuda foizining yuqori chegarasi bozor sharoitlari ta‟siri ostida shakllanadi. Ssuda foizining quyi chegarasi bankka jalb qilingan mablag„lar bo„yicha xarajatlar va mazkur kredit muassasasi faoliyatini tashkil qilish bo„yicha sarflar ta‟siri ostida shakllanadi. Bular esa, o„z navbatida, kredit resurslarining tarkibiy tuzilishi sifatiga bog„liq bo„ladi. Masalan, mablag„ uchun to„lov salmog„ining oshishi foiz darajasining quyi darajasini ko„taradi va aksincha.
28
Tijorat banklarida kredit bahosini shakllantirishga qator omillar o‟z ta`sirini ko‟rsatadi. Banklarda kredit bahosi darajasiga jalb qilingan mablag‟lar bahosi, kredit amaliyoti bo`yicha bankning operatsion xarajatlari, kredit riski bo‟yicha ustama va bankning marjasi ta‟sir ko‟satadi. Shuningdek, kredit bahosi kredit xizmatlarini ko`rsatishda bank va mijoz o‟rtasida tuzildan kredit shartnomasiga muofiq bank tamonidan belgilangan qo‟shimcha to`lovlarni ham o`z ichiga oladi.
Bu yerda: R – bank kredit bahosi; Dr – bankning jalb qilingan resurslari bahosi; Do – tijorat banki operatsion xarajatlar qismi; P – kredit riski bo`yicha ustama; S – bank marjasi; A – bank tamonidan belgilanadigan qo‟shimcha to`lovlar. Tijorat banklarida kredit bahosi shakllanishiga bankning jalb qilingan resurslari bahosi, operatsion xarajatlari, jumladan, xodimlarning ish haqi xarajatlari, kreditni hujjatlashtirish, hisobvaraq ochish, kredit monitoringi, kreditlar bo`yicha tashkil qilinishi mumkin bo`lgan maxsus zaxiralar bilan bog‟liq boshqa xarajatlar sezilarli ta`sir etadi. Tijorat banklarida kredit bahosini kredit riskini hisobga olgan holda shakllantirish kerak. Kredit bahosi shakllanishida risk darajasi yuqori bo`lgan sohalar, tarmoqlardagi muammoli kreditlarning ulushi, kutilayotgan foyda darajasi, bir tarmoqdagi kreditlar salmog`i kabi kao`rsatkichlarni hisobga olish zarur. Bu esa bank kreditlarining o`z vaqtida qaytishiga imkon berib, bankning moliyaviy natijalari samaradorligini oshiradi.
R=Dr+Do+P+S+A.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling