Тошкент молия институти “кредит-иқтисод”факультети


-jadval  Jahonda korporativ boshqaruv amaliyotining rivojlanish bosqichlari


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/34
Sana08.01.2022
Hajmi1 Mb.
#252993
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34
Bog'liq
bank tizimida korporativ boshqaruvini rivozhlantirish

13-jadval 

Jahonda korporativ boshqaruv amaliyotining rivojlanish bosqichlari

28

 

Bosqic

hlar 

 

Oraliq  

davrlar 

 

Mamlakatlar   

 

Belgilari 

1600-1800  



yillar 

 

Gollandiya 



 

“Ost-Indiya” va shunga o‘xshash kompaniyalar  

paydo bo‘ldi 

 



 

1808-1840  

yillar 

 

Fransiya,  



Belgiya 

 

Aksiyadorlik va xolding kompaniyalar shakllana  



boshladi 

 



 

1850-1920  

yillar 

 

G‘arbiy Evropa  



mamlakatlari,  

AQSH 


 

Transmilliy 

korporatsiyalarga 

asos 


solindi. 

Korporatsiyalar aksiyalarini sotish bo‘yicha  

birja savdolari tashkil etildi. Trest, kartel,  

konsern ko‘rinishidagi monopol birlashmalar  

vujudga keldi 

 

 



 

1921-1940  



yillar 

 

G‘arbiy Evropa  



mamlakatlari,  

AQSH 


 

Yirik korporatsiyalarning shu’ba korxonalari  

tashkil topdi. Xususiy mulk egalari va  

boshqaruv tizimi alohida bo‘ldi. YOllanma  

boshqaruvchilar (menejerlar) sinfi yuzaga  

keldi 


 

 



1945-1992  

yillar 


 

AQSH, Osiyo,  

Evropa  

mamlakatlari 

 

Fond birjalari tashkil topdi. Transmilliy  



kompaniyalar ko‘lami kengayib, ularning soni  

keskin oshdi 

 



1993-2010 



 

AQSH, Evropa  

Ittifoqi,  

YAponiya, Xitoy,  

Janubiy  

Koreya, MHD  

 

Korporativ boshqaruv tamoyillari joriy  



etildi. Xalqaro global transmilliy  

korporatsiyalar tashkil topdi. 

Korporativ boshqaruv modellari taklif etildi 

 



 

2011  


yildan 

 

AQSH, Evropa  



Ittifoqi,  

YAponiya, Xitoy,  

Janubiy  

Koreya, Rossiya 

Xalqaro moliya bozorlarining  

integratsiyalashuvi yuzaga keldi.  

Investitsiyalarni bir tarmoq va sohalardan  

boshqa tarmoq va sohalarga keskin ko‘chib o‘tish  

jarayonlari kuzatilmoqda 

 

 



  

Ma’lumotlarga  ko‘ra  aksiyadorlik   jamiyatlari  o‘z  uzoq  tarixiga  ega  

bo‘lib,  ular  kapitalning  ilk  muomalasi  paydo  bo‘lishi  bilan  yuzaga  kelgan. 

Bunga  misol  qilib  1602  yilda  Gollandiyada  tuzilgan  Ost-Indiya  kompaniyasini 

aytishimiz   mumkin.  Keyinchalik  korporativ   munosabatlar  Fransiya,  Angliya, 

Belgiya kabi mamlakatlarda shakllana boshladi . XIX asrning oxirlari  XX asrning  

                                                           

28

 



www.iqtisodiyot.uz

 sayti ma’lumotlari asosida tuzildi.

 

 



62 

 

boshlariga    kelib    AQSH    va    Evropa    mamlakatlarida    transmilliy 



korporatsiyalarning  tashkil  topishi  va  rivojlanishi  korporativ  boshqaruv bilan 

bog‘liq  yondashuvlar  rivojlanishiga  turtki  bo‘ldi.  1920    yillarga    kelib,    G‘arbiy  

Evropa  mamlakatlari  va  AQSHda  yirik korporatsiyalarning  shu’ba  korxonalari  

tashkil    topdi.    Xususiy    mulk    egalari  va    mulkni  boshqarish  bilan  bog‘liq 

masalalar  yanada  takomillashdi.  Natijada  yollanma  boshqaruvchilar  (menejerlar) 

sinfi yuzaga keldi.  

Dunyo    amaliyotida    korporativ    boshqaruviga    bo‘lgan    qiziqish    XX  

asrning  90    yillaridan    yanada    ortdi.    Bu    davrga    kelib,    Korporativ    boshqaruv 

tamoyillari  joriy  etildi.  Xalqaro  global  transmilliy  korporatsiyalar tashkil  topdi.  

Korporativ  boshqaruv  modellari  joriy  etildi.  Iqtisodiy hamkorlik  va  taraqqiyot  

tashkiloti    kengashining    1999    yil    26    maydagi  yig‘ilishida    “Korporativ  

boshqaruv    tamoyillari”ning    xalqaro    standarti  qabul  qilindi.  2008    yilda  

boshlangan    jahon    moliyaviy-iqtisodiy    inqirozi    dunyodagi  deyarli    barcha  

mamlakatlarning    iqtisodiyotiga    keskin    ta’sir    ko‘rsatdi.    Chunki  rivojlangan  

mamlakatlar    iqtisodiyotining    jahon    xo‘jaligi    va    iqtisodiy-moliyaviy  tizimiga 

integratsiyalashuvi    jahon  moliyaviy  va  iqtisodiy  inqiroz  yuz  bergan  sharoitda 

korporatsiyalarning samaradorligida salbiy oqibatlarni  

namoyon  etdi.  Bu  esa   investitsiyalarning  ma’lum  tarmoq  va  sohadan  boshqa 

tarmoq  va  sohaga  keskin  ko‘chib  o‘tish  jarayonlarini  tezlashtirdi.  Ta’kidlash 

lozimki,  jahonda  yuz  bergan  bunday  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozga  qaramay, 

rivojlangan    mamlakatlar    iqtisodiyotida    hamon    korporativ    tuzilmalarning 

salmog‘i yuqoriligicha qolmoqda. 

      Shuning  uchun  aksiyadorlik  jamiyatlarida  korporativ  boshqaruv  tizimi  

samaradorligini  oshirish,  korporativ  boshqaruv  tamoyillarini  keng  joriy etish, 

boshqaruv faoliyatiga xalqaro standartlarni tatbiq etish  uchun, avvalo, korporativ  

boshqaruv    mexanizmining    zamonaviy    amaliyotini    o‘rganish    lozim.  Buning  

uchun,    mamlakatimiz    olimlari,    mutaxassis    va    tadqiqotchilari  korporativ 

boshqaruv bo‘yicha katta tajribaga ega davlatlar ilg‘or tajribasini o‘rganish,  tahlil  




63 

 

qilish    va    ulardan    milliy    iqtisodiyotimiz    shart-sharoitlariga    muvofiq    tarzda  



foydalanish  imkoniyatlarini  asoslashlari zarur.  

       Ma’lumki,    aksiyadorlik    jamiyatlarida    korporativ    boshqaruv  

samaradorligiga  ichki  omillardan  tashqari  bir  qator  tashqi  omillar  ham  o‘z 

ta’sirini ko‘rsatadi. Bularga milliy an’analar, iqtisodiy rivojlanishning o‘ziga  xos  

xususiyatlari,    davlatning    iqtisodiyotga    aralashuvi,    xususiy  mulkchilik  

munosabatlarning    rivojlanganlik    darajasi,    xususiy    mulkning  daxlsizligi    kabi  

omillarni    ko‘rsatish    mumkin.    Shulardan    kelib    chiqib,    dunyo  amaliyotida  

korporativ boshqaruv tizimining o‘ziga  xos,  bir-biridan ajralib turadigan 3 ta turi: 

ingliz-amerika, nemis va yapon modellari yuzaga kelgan. 

       Korporativ  boshqaruvning  Amerika  modeli  (Angliya,  AQSH)  –  ixtiyoriy 

fuqaroga    shaxsiy    boylikka    erishish    imkoniyatini    ta’minlash    maqsadida 

“autsayderlik”,    ya’ni    kompaniya    faoliyatiga    aloqador    bo‘lmagan    guruhlar 

tomonidan kompaniya faoliyati nazoratiga asoslangan. 

      Nemis    modelida    korporativ    tuzilmalarga    aksiyadorlik    jamiyatlaridan 

tashqari  boshqa  yuridik  shaxslar:  turli  shirkatlar,  xo‘jalik  jamiyatlari, xo‘jalik 

birlashma    ko‘rinishidagi    konsern,  uyushma,    xolding  va    shunga  o‘xshash 

tuzilmalar    kiradi.    Germaniya    modelining    Amerika    modelidan    farqi, 

aksiyadorlarning  asosiy  kapitali yuridik shaxslar  qo‘lida  saqlanishidir.  Yana bir  

muhim    jihati    Germaniyada    AQSHga    nisbatan    fond    birjasi    kamroq  darajada  

rivojlangan.    Germaniya    iqtisodiyotida    ishtirok    etayotgan    barcha 

kompaniyalarning  faqat  12  foizga  yaqini  London  fond  birjasi  va  10  foizga 

yaqini  AQSH  fond  birjalarida  kotirovka  qilinadi.  Yaponiya  modelida    esa,  

ko‘pgina  kompaniyalarning    yirik    aksiya    paketlari  katta    bank    va    moliya  

guruhlari    portfelida    mujassamlashganligi    bilan  ajralib    turadi.    Yirik    aksiya  

paketiga  ega  bo‘lgan  aksiyadorlar  korxona boshqaruvida  bemalol  ishtirok  eta  

oladilar.  Korporativ  boshqaruvning yaponcha  modelidagi  o‘ziga  xos  xususiyat  

kompaniyaning    asosiy    aksiyadorlari  kompaniyaga    kelib    tushayotgan  

daromadlaridan  voz  kechishlari  evaziga  guruhda birga  faoliyat  yuritib  kattaroq  

daromad  olishlari  kabi  imkoniyatlarning mavjudligidir.  



64 

 

Yaponiya    korporativ    boshqaruv    modelining    yana    muhim    bir    jihati  



o‘zida  yuqori    biznes    madaniyatni    aks    ettirib,    unda    o‘zaro    ishonchga  

asoslangan    uzoq  muddatli    shaxsiy    munosabatlar,    shartnomalar    muhim  

ahamiyat    kasb    etadi.  Yaponiya    modelida    aksiyadorlik    jamiyatlarining  

qonunchilik    va    qimmatli  qog‘ozlar    bilan    operatsiyalari    tartibga    solinishi  

Amerika  modeli  ta’sirini o‘zida mujassam etadi.  

Demak,  korporativ  boshqaruvning  milliy  va  xalqaro  amaliyotini  o‘rganish 

respublikamizda  faoliyat  yuritayotgan  aksiyadorlik  jamiyatlarida  korporativ 

boshqaruv  tizimi  samaradorligini  yanada  oshirish,  korporativ  boshqaruv 

tamoyillarini  keng  joriy  etish  hamda  boshqaruv  faoliyatiga  xalqaro  standartlarni 

joriy etish imkoniyatlarini kengaytiradi. Shuning uchun korporativ boshqaruv bilan 

bog‘liq  milliy  va  xorijiy  amaliyotni  o‘rgangan  holda  quyidagi  xulosalar  ishlab 

chiqildi. Ular fikrimizcha, quyidagilardan iborat:  




Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling