41
Bank duch kelgan va duch kelishi mumkin bo‘lgan barcha risklarni ko‘rib
chiqish vaqarorlarni yuqori darajada qabul qilish zarur. Hozir biznesning turli xil
sohalari risklarni boshqarish bo‘yicha bo‘linmalarga ega, lekin biznesning u yoki
bu yo‘nalishida risklar haqida ma’lumot to‘playdigan organ mavjud emas.
Bank menejmentining roli risklarni, ularning miqdorini aniqlashda, risklarni
samarali boshqarishni rejalashtirish va nazoratda ifodasini topadi. Risklarni
boshqarish bo‘yicha bo‘linmalarning roli risklarni umumiy boshqarish siyosati
kabi risklarni boshqarishning korporativ madaniyatini shakllantirishda o‘z ifodasini
topadi. Bunday madaniyatning shakllanishi yaxshi hujjatlashtirilgan jarayon bilan
kechishi kerak. Risklarni boshqarishga nisbatan portfelli yondashishni
ta’minlaydigan mustaqil bo‘linmalarni yaratish zarur, faoliyat banklarning
aksariyatida yaqin kelajakda bunday bo‘linmalarni tuzishni va ular faoliyatning
samaradorligini oshirishga katta e’tibor berilmoqda..
O‘zbekistonda banklarning faoliyati va boshqaruv strukturasiga tegishli
moliyaviy va boshqa muhim ma’lumotlarni olish darajasi har doim korporativ
boshqaruv masalalarini muhokama qilishning asosiy mavzusi bo‘lib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: