Тошкент молия институти “кредит-иқтисод”факультети


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/34
Sana08.01.2022
Hajmi1 Mb.
#252993
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
bank tizimida korporativ boshqaruvini rivozhlantirish

III BOB 

O‘ZBEKISTON 

RESPUBLIKASIDA 

BANKLAR 

FAOLIYATINI 

KORPORATIV 

BOSHQARISH 

SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI................. 

53-70 


 

 

3.1. 


O‘zbekistonda  korporativ  boshqarishni  rivojlantirish  bosqichlari 

va xorij tajribasi  ............................................................................ 

53-63 

3.2. 


Tijorat banklarida korporativ boshqarish samaradorligini oshirish 

yo‘llari.............................................................................. 

64-70 

 

 

XULOSA....................................................................................... 

 

71-73 



 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI................  74-79 

 

ILOVALAR 

80-81 



 

 



KIRISH 

Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 

I.Karimovning  2010  yil  26  noyabrdagi  PQ-1438  sonli  “2011-2015  yillarda 

respublika  moliya-bank  tizimini  yanada  isloh  qilish  va  barqarorligini  oshirish 

hamda  yuqori  xalqaro  reyting  ko‘rsatkichlariga  erishishning  ustuvor  yo‘nalishlari 

to‘g‘risida”gi  hamda  2015  yil  6  maydagi  PQ-2344  sonli  “Tijorat  banklarining 

moliyaviy  barqarorligini  yanada oshirish va  ularning  resurs bazasini  rivojlantirish 

chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi  Qarorlarida  belgilangan  vazifalardan  kelib  chiqqan 

holda  mamlakatimizdagi  mavjud  milliy  korporativ  boshqaruv  mehanizmi 

shakllanishini takomillashtirish maqsadga muvofiqdir.  

Bu  esa,  korporativ  boshqaruv  tushunchasini  chuqur  ilmiy-uslubiy  jihatdan  

uning  mazmun-mohiyatini  milliy  xususiyatlarni  inobatga  olgan  holda  kengroq 

yoritish  hamda  aksiyadorlik  jamiyatlari  faoliyatini  samarali  tashkil  etish  va 

takomillashtirish zarurligini  anglatadi. 

O‘zbekistonda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar mamlakatda ijtimoiy 

yo‘naltirilgan  bozor  iqtisodiyotiga  asoslangan  demokratik  jamiyatqurishga 

qaratilgan bo‘lib, ularning asosiy mahsullaridan biri tez sur’atlarda rivojlanayotgan 

turli  mulkchilik  shakliga  asoslangan  aksiyadorlikva  ulush-paychilik  shakllaridagi 

korxonalar  hisoblanadi.  Ularning  samarali  faoliyat  yuritishi  ko‘p  jihatdan 

korporativ  munosabatlar  tizimi  rivojlanishiga  bevosita  bog‘liqligi  sababli  hozirda 

aksiyadorlik  jamiyatlarida  korporativ  boshqaruv  asoslarini  tadqiq  etish  muhim 

ahamiyatgaega.Jahon kapital bozori imkoniyatlaridan faqat investorlarning mutlaq 

ishonchini  qozongan  kompaniyagina  foydalanishi  mumkin  bo‘lib,  unga 

erishishning  yagona  yo‘li  korporativ  boshqaruvning  zamonaviy  mexanizmini 

amaliyotga joriy qilishdir. Aksiyadorlik jamiyatlari kapital jalb qilishining yana bir 

omili  milliy  qimmatli  qog‘ozlar  bozorining  investorlari  uchun  qulay 

shakllanganligidir.  Bu  ikki  omil  boshqa  omillarbilan  birga  mamlakatda  alohida 

muhit  –  investitsiya  iqlimini  vujudgakeltiradi.  Hozirgi  paytda,  shu  sababli  har 

qanday  davlat  iqtisodiyotining  jahon  tovar  va  kapital  bozorida  uyg‘unlashuvi 




 

hamda  raqobatbardoshligining  oshib  borishida  ushbu  omillar  hal  qiluvchi 



ahamiyatga ega. 

Binobarin, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, 

korporativ  boshqaruv  tizimidagi  prinsip  va  yondashuvlarni  tubdano‘zgartirish, 

ishlab  chiqarish,  tashqi  iqtisodiy  va  investitsiya  jarayonlariga  zamonaviyxalqaro 

korporativ menejment standartlarini joriy etish jiddiy e’tiborni talabqiladi

1

. Demak, 



davlatimiz  rahbari  tomonidan  samarali  korporativ  boshqaruv  tiziminining 

qaratilishi bejiz emas. 

Iqtisodiyotni  modernizatsiyalash  sharoitida  samarali  faoliyatyuritishning 

korporativ 

boshqaruv 

modeli 


va 

mexanizmi 

aksiyadorlikjamiyatlariga 

investitsiyalarni  jalb  qilish,  ishlab  chiqarishnimodernizatsiyalash,  barqaror 

industrial  va  iqtisodiy  o‘sishni  ta’minlash  kabimuammolar  echimini  taminlashi 

mumkin


2

.  Bu  muammolarning  samarali  echimikompaniyalarning  moliya 

bozoridagi raqobatbardoshliligi va xavfsizligi,barqarorligi hamda investorlar uchun 

jalb etuvchanligi va risksizlikdarajasini ta’minlash bilan uzviy bog‘liq. Binobarin, 

PrezidentimizI.A.  Karimov  ta’kidlaganlaridek,  “...  mamlakatimizdagi  deyarli 

barcha  ishlabchiqarish  obektlari  aksiyadorlik  kompaniyalari  prinsipi  bo‘yicha 

tashkiletilgan,  ammo  ular  o‘z  maqomiga  qay  darajada  mos  holda  faoliyat 

yuritmoqda  vao‘z  huquqlaridan  qanday  foydalanmoqda,  degan  savolni  o‘zimizga 

beribko‘raylik.  Aksiyadorlik  kompaniyalari  o‘zlarining  bozor  munosabatlariga 

mosmaqomiga  muvofiq  faoliyat  yuritishi  uchun  yana  qanday  mexanizmlarni 

harakatga keltirish zarur?” Shuni inobatga olgan holda “... Aksiyadorlik jamiyatlari 

va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi Qonunni tanqidiy qayta 

ko‘rib,  yangi  tahrirda  ishlab  chiqish  va  qabul  qilish  hamda  unda  korporativ 

                                                           

1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiyrivojlantirish 



yakunlari  va  2015  yilga  mo‘ljallangan  iqtisodiy  dasturning  eng  muhim  ustuvor  yo‘nalishlarigabag‘ishlangan 

Vazirlar  Mahkamasining  majlisidagi  "2015  yilda  iqtisodiyotimizda  tub  tarkibiy  o‘zgarishlarniamalga  oshirish, 

modernizatsiya  va  diversifikatsiya  jarayonlarini  izchil  davom  ettirish  hisobidan  xususiy  mulk  vaxususiy 

tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berish – ustuvor vazifamizdir" nomli ma’ruzasi. 

2

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2007  yil  14  martdagi  “Ishlab  chiqarishnimodernizatsiyalashtirish,texnik 



va  texnologik qayta  jihozlashtirishni rag‘batlantirish bo‘yicha  qo‘shimcha  chora-tadbirlar to‘g‘risida”PF-114 sonli 

Farmoni;  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining2006  yil  27  sentyabrdagi“Qimmatliqog‘ozlar  bozorini  yanada 

rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-475 sonli Qarori. 




 

boshqaruv va nazorat organlarining vakolatlari, huquqlari va javobgarligini yanada 



aniq belgilash lozim. Ushbu qonundagi aksiyadorlik jamiyatlarining Kuzatuvchilar 

kengashlari,  umumiy  yig‘ilishlari,  taftish  komissiyalarining  roli  va  ahamiyatini 

oshirish,  minoritar,  ya’ni  qo‘lida  aksiyasi  kam  bo‘lgan  aksiyadorlarning 

kafolatlarini ko‘proq ta’minlash, barcha aksiyadorlarni va bo‘lajak investorlarning 

aksiyadorlik  kompaniyalari  faoliyati  to‘g‘risida  axborot  olish  imkoniyatlarini 

kengaytirish  ...”

3

  kabi  vazifalarni  qo‘ymoqdalar.  Bu  esa,  bizga  korporativ 



boshqaruv  tushunchasini  chuqur  ilmiy-uslubiy  jihatdan  tadqiq  etish  va  uning 

mazmun-mohiyatini  milliy  xususiyatlarni  inobatga  olgan  holda  kengroq  yoritish 

hamda 

aksiyadorlik 



jamiyatlari 

faoliyatini 

samarali 

tashkil 


etish 

va 


takomillashtirishni zaruratga  aylantirdi. 

2015 yilda korporativ boshqaruv tizimidagi prinsip va yondashuvlarni tubdan 

o‘zgartirishimiz  uning  haqiqiy  bozor  xususiyatlariga  ega  bo‘lishini  ta’minlash  va 

konservativ qarashlardan xalos bo‘lishida katta hissa bo‘ldi.  

Barcha  aksiyadorlik  jamiyatlarining  faoliyati  to‘liq  inventarizatsiyadan 

o‘tkazildi, natijada 462 ta jamiyatni yoki ularning 43 foizini tugatish yoki boshqa 

tashkiliy-huquqiy shaklga o‘zgartirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi. 

4

 




Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling