Тошкент молия институти “кредит-иқтисод”факультети


Aksiyadorlik jamiyatlarining xo‘jalik yurituvchi sub’ekt sifatidagi


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/34
Sana08.01.2022
Hajmi1 Mb.
#252993
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34
Bog'liq
bank tizimida korporativ boshqaruvini rivozhlantirish

Aksiyadorlik jamiyatlarining xo‘jalik yurituvchi sub’ekt sifatidagi 

ijobiy jihatlari va kamchiliklari

13

 

Ijobiy jihatlari 



Kamchiliklari 

Aksiyadorlarning 

son 

tarkibiga 



hech 

qanday  cheklashlarning  yo‘qligi.  Ya’ni, 

investor  sifatida  har  qanday  mablag‘ 

egasining  ishtirokini  ta’minlay  olishi.  Shu 

bilan  birga  aholi  bo‘sh  pul  mablag‘larini 

real  sektorga  jalb  etishning  samarali 

vositasi bo‘lishi 

Ortiqcha  tashkiliy  harakat  va  xarajatlarni 

talab  etishi.  Ya’ni  jamiyatni  shakllantirish 

va  samarali  faoliyatini  tashkil  etishdagi 

murakkabliklar. 

Usiav  kapitalining  aksiyalarga  bo‘linishi. 

Ya’ni aktivlar egaligining diversifikatsiyasi 

Davlat tomonidan nazoratning kuchliligi va 

xuquqiy tartibga solinishi 

Jamiyai 


majburiyatlari 

bo‘yicha 

aksiyadorlarning  javobgarligi,  faqat  ustav 

kapitalidagi 

ulush 

miqdorida 



cheklanganligi. Mulkiy riskning kamayishi 

Jamiyat 


daromadlari 

va 


mulkdor 

(aksiyador)lar 

mulkiy 

daromadlari 

yuzasidan sezilarli soliq yuki mavjudligi 

Aksiyalar  tovar  sifatida  erkin  oldi-sotdi 

jarayonlarining  predmeti  bo‘lishi.  YA’ni, 

egalikning  o‘zgarishi  jamiyat  aktivlari  va 

aksiyadorlarga 

nisbatan 

xuquq 

va 


majburiyatlarni o‘zgarmasligi 

Jamiyat  faoliyatini  boshqarish  va  yollanma 

menejerlarning 

qo‘shimcha 

rag‘batlantirilishi  bilan  bog‘liq  katta 

xarajatlar 

Katta  hajmdagi  pul  mablag‘larining  jalb 

qilish 


imkoniyati 

orqali 


innovatsion 

g‘oyalar va fan-texnika yutuqlarini joriy 

etish imkoniyati mavjudligi 

Axborotlarning 

oshkoraligi. 

Ya’ni, 


oshkoralik 

tamoyillari 

qo‘llanilishi 

natijasida tijorat sirlari oshkora bo‘lishi 

Ko‘psonli 

aksiyadorlar 

o‘rtasidafoydataqsimlanishi  orqali  o‘rta 

tabaqasinfi 

shakllanishi 

va 


jamiyat 

farovonligidarajasi ortishi 

Ko‘pchilik mulkdor (aksiyador)lar, davlat 

va 


boshqa 

manfaatdor 

tomonlarning 

manfaatlari uyg‘unligini ta’minlashzarurati 

Ishchi 

xodimlarning 

aksiyador 

sifatidajamiyat 

mulkiga 

munosabatini 

o‘zgartishga 

erishish va h.k. 

Jamiyatga 

mulkiy 


aloqador 

bo‘lmaganshaxslarning 

boshqaruvdagi 

ishtirokivah.k. 

 

Bunga  ko‘ra,  aksiyadorlik  jamiyatlarining  ijobiy  jihatlari  va  kamchiliklarini 



boshqaruv  jarayonida,  manfaatlar  to‘qnashuvida  hamda  davlat  va  jamiyatning 

                                                           

13

M.M.  Tashxodjaev  “Aksiyadorlik  jamiyatlarida  korporativ  boshqaruvning  nazariy-uslubiy  jihatlari”  “Iqtisodiyot 



va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 4, may, 2012 yil

 



14 

 

rivojlanishidagi o‘rni hisobga olinishi har bir korporativ boshqaruv ishtirok etuvchi 



tomonlarning samarali faoliyatini ta’minlaydi. 

Korporativ boshqaruvda mavjud muammolarni bartaraf etish nazariy jihatdan 

ham,  amaliy  jihatdan  ham  muhim  ahamiyat  kasb  etishini  e’tirofetib,  iqtisodiyotni 

erkinlashtirish  va  modernizatsiyalash  sharoitida  mazkur  faoliyat  muammolarini 

tadqiq etuvchi nazariy ishlanmalar va amaliy asoslarning sezilarli darajada zamon 

talabidan  ortda  qolayotganligi  va  shu  sababli  ushbu  muammolar  echimi  bo‘yicha 

aniq tavsiyalar ishlab chiqish zarurligini alohida qayd etish o‘rinlidir. 

Bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda fond bozorlarini shakllantirish 

jarayonlari  bo‘yicha  jahon  tajribasiga  ko‘ra,  mazkurbozorning  muvaffaqiyatli 

faoliyat  yuritishi  ko‘p  jihatdan  investitsion  infratuzilmaning  o‘z  vaqtida 

shakllantirilishiga bog‘liq. 

O‘zbekiston  fond  bozori  shakllanishining  xususiyati  shundan  iboratki,fond 

bozorida  faoliyat  yurituvchi  emitentlar  va  investorlar  kapitalbozorining 

imkoniyatlariga  yaqin  yillardan  boshlab  tushuna  boshlamoqda  vaulardan 

foydalanishga  harakat  qilmoqda.  Shu  bilan  birga,  bu  ikki  toifaga  xizmat  qiluvchi 

vositachi  tomon  –  ixtisoslashtirilgan  infratuzilma  institutlari  fond  aktivlari  bilan 

ishlash  amaliy  tajribasi  hali  kam  bo‘lib,ularning  rivojlanish  darajasi  milliy 

iqtisodiyotning  o‘sib  boruvchi  ehtiyojlaridan  orqada  qolmoqda.O‘zbekiston 

Respublikasi  Prezidenti  I.  Karimov  ta’kidlaganidek,“Bugungi  kunda  ko‘plab 

rivojlangan  va  jahon  iqtisodiyotida  etakchi  o‘rin  tutadigan  mamlakatlar  tajribasi 

shuni  so‘zsiz  isbotlab  bermoqdaki,raqobatbardoshlikka  erishish  va  dunyo 

bozorlariga  chiqish,  birinchi  navbatda  iqtisodiyotni  izchil  isloh  etish,  tarkibiy 

jihatdan 

o‘zgartirish  vadiversifikasiya  qilishni  chuqurlashtirish,  yuqori 

texnologiyalarga  asoslangan  yangi  korxona  va  ishlab  chiqarish  tarmoqlarining 

jadal rivojlanishini  ta’minlash, faoliyat ko‘rsatayotgan quvvatlarni modernizasiya 

qilish  va  texnikyangilash  jarayonlarini  tezlashtirish  hisobidan  amalga  oshirilishi 

mumkin”


14

                                                           



14

Karimov I.A. 2012 yil - Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘taradigan yil bo‘ladi. //Xalq so‘z, 2012 

yil 20 yanvar.

 



15 

 

Shunday 



ekan, 

iqtisodiyotni 

isloh 

qilishning 



yangi 

bosqichi-

modernizatsiyalash  jarayonlarida,  ham  mulkchilik  shakli,  ham  ishlab  chiqarish 

munosabatlari 

bo‘yicha 

xo‘jalik 

yuritishning 

bir-biridan 

farqlanuvchi 

usullarinirag‘batlantirish  zarurati  yuzaga  keladi.  Korporativ  boshqaruv  biznesda 

odatda  uzoq  muddatli  maqsadlarga  erishish  imkonini  yaratadi  hamda  ushbu 

mexanizm  orqali  investorlar  manfaatlarining    yollanma  menejerlar  manfaatlari 

bilan o‘yg‘unlashishi sodirbo‘ladi. 

Potensial investorlar sinfini shakllantirish, investitsiyalarni kengko‘lamda jalb 

qilish 

orqaligina 

«biznesni,  kapital  to‘plashni  kengaytirish»  haqiqatda 

mumkinligini mahalliy mulkdorlar hali to‘la tushunibetmayotganligi mazkur tizim 

rivojlanishiga salbiy ta’sir etmoqda. 

Korporativ  boshqaruv  jarayonida  sub’ektlar  harakatini  ta’minlovchi  asosiy 

vosita bu iqtisodiy munosabatlarni vujudga keltiruvch imexanizmlardir. Korporativ 

boshqaruv 

harakatini 

ta’minlovchimexanizmlarning 

mohiyati 

ko‘plab 


adabiyotlarda  tahlil  etilgan  va  iqtisodiy,  moliyaviy,  huquqiy,  motivatsion,  siyosiy 

va  tashkiliy  mexanizmlardir.  Ushbu  mexanizmlar  orqali  ishtirokchi  sub’etlar 

o‘zlarining  manfaatlarini  ro‘yobga  chiqaradilar.  Fikrimizcha,  aksiyadorlik 

jamiyatlarida korporativ boshqaruvning tahliliy natijalariga berilgan ta’riflar ularda 

mavjud  muammoning  echimi  va  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlarning  holatini, 

mavjud  konunchilikni  hamda  jahonda  tan  olingan  korporativ  boshqaruv 

modellarining  tamoyillarini  boshqaruvdagi  o‘rnini  hisobga  olgan  holda  berilgan. 

Biz  ushbu  keltirilgan  fikr  va  mulohazalardan  kelib  chiqib  aytishimiz  mumkinki, 

korporativ  boshqaruvga  ta’rif  berishda  hamda  korporativ  boshqaruvning  nazariy-

uslubiy  shaklini  tasvirlashda  undagi  afzal  jihatlar,  kamchilimlar  va  aksiyalarning 

xususiyatlari  hamda  milliy  mentalitetni  hisobga  olishimiz  zarur.  Shu  nuqtai 

nazardan,  korporativ  boshqaruv  umumiy  maqsad  yo‘lida  mulkiy  va  boshqaruv 

munosabatlar  ishtirokchilari  (menejerlar)  harakatini  ta’minlash  orqali  manfaatdor 

tomonlar  (ishchi  xodim,  kreditor,  davlatva  boshq.)  manfaatlari  ro‘yobga 

chiqarilishini  ta’minlovchi  mexanizmlar  majmuidir.  Bunda  har  bir  ishtirokchi 

aynan  shu  aksiyadorlik  jamiyatining  aksiyalari  xususiyatlarini,  ijobiy  jihatlari  va 




16 

 

kamchiliklarini  hamda  milliy  va  davlat  manfaatlarini  tushunib  harakat  qilishi 



muhimdir. 


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling