turmush darajasi va farovonligini yanada oshirish olib borilayotgan iqtisodiy
siyosatning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Bu esa jahon iqtisodiyotining
globallashuv ko‘lami tobora kengayib borayotgan bir sharoitda har qanday
kon’yunktura o‘zgarishlari qarshi tura oladigan, ichki va tashqi bozor talablariga
tezlik bilan moslasha oluvchi korxonalarni shakllantirishni taqozo etadi. Shuning
uchun innovatsiyalarni ishlab chiqarish jarayoniga keng joriy etish hamda
mahsulot va xizmat turlarini muttasil yangilab borish hisobiga raqobatbardoshlikni
ta’minlovchi korporativ tuzilmalarni rivojlantirish zarur.
Ma’lumki, aksiyadorlik jamiyatida mulkka (aksiyalarga) egalikqilish bankni
boshqarish ishidan alohida holda mavjud. Bankning moliya-xo‘jalik faoliyati
menejmenti bevosita bankning ijroiya organi tomonidan amalga oshiriladi. Mulk
43
egalari uchun bank menejmenti qoniqarli yoki qoniqarsiz ekani,birinchi navbatda,
dividendlar miqdorida ifodalanadi. Qolaversa,dividend bankdagi boshqa ishlab
chiqarish va moliyaviyko‘rsatkichlar natijasi xolos, u bankning kelajagini hamma
vaqt ham to‘la va to‘g‘ri ifodalay olmaydi.
Masalaning yana bir muhim tomoni shundaki, bozor munosabatlari sharoitida
moliyaviy barqarorlikni ta’minlash joriy davrda ham korxona uchun hayotiy
masala bo‘lib qoladi. Aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy axborot boshqaruv
qarorlari qabul qilinishida hal qiluvchi rol o‘ynab, moliyaviy-iqtisodiy tahlil,
boshqaruv jarayonining ajralmas qismiga aylanadi.
Bank aksionerlari tarkibida oddiy va imtiyozli aksiyalar egalari mavjud
bo‘lib, ular o‘z navbatida turli xil imtiyozlarga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: