Тошкент молия институти “кредит-иқтисод”факультети
-jadval Jahonda korporativ boshqaruv amaliyotining rivojlanish bosqichlari
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
bank tizimida korporativ boshqaruvini rivozhlantirish
13-jadval
Jahonda korporativ boshqaruv amaliyotining rivojlanish bosqichlari 28 Bosqic hlar Oraliq davrlar Mamlakatlar
1 1600-1800 yillar
Gollandiya “Ost-Indiya” va shunga o‘xshash kompaniyalar paydo bo‘ldi
2 1808-1840 yillar
Fransiya, Belgiya
Aksiyadorlik va xolding kompaniyalar shakllana boshladi
3 1850-1920 yillar
G‘arbiy Evropa mamlakatlari, AQSH
Transmilliy korporatsiyalarga asos
solindi. Korporatsiyalar aksiyalarini sotish bo‘yicha birja savdolari tashkil etildi. Trest, kartel, konsern ko‘rinishidagi monopol birlashmalar vujudga keldi
4
1921-1940 yillar
G‘arbiy Evropa mamlakatlari, AQSH
Yirik korporatsiyalarning shu’ba korxonalari tashkil topdi. Xususiy mulk egalari va boshqaruv tizimi alohida bo‘ldi. YOllanma boshqaruvchilar (menejerlar) sinfi yuzaga keldi
5
1945-1992 yillar
AQSH, Osiyo, Evropa mamlakatlari
Fond birjalari tashkil topdi. Transmilliy kompaniyalar ko‘lami kengayib, ularning soni keskin oshdi
6
AQSH, Evropa Ittifoqi, YAponiya, Xitoy, Janubiy Koreya, MHD
Korporativ boshqaruv tamoyillari joriy etildi. Xalqaro global transmilliy korporatsiyalar tashkil topdi. Korporativ boshqaruv modellari taklif etildi
7 2011
yildan
AQSH, Evropa Ittifoqi, YAponiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Rossiya Xalqaro moliya bozorlarining integratsiyalashuvi yuzaga keldi. Investitsiyalarni bir tarmoq va sohalardan boshqa tarmoq va sohalarga keskin ko‘chib o‘tish jarayonlari kuzatilmoqda
Ma’lumotlarga ko‘ra aksiyadorlik jamiyatlari o‘z uzoq tarixiga ega bo‘lib, ular kapitalning ilk muomalasi paydo bo‘lishi bilan yuzaga kelgan. Bunga misol qilib 1602 yilda Gollandiyada tuzilgan Ost-Indiya kompaniyasini aytishimiz mumkin. Keyinchalik korporativ munosabatlar Fransiya, Angliya, Belgiya kabi mamlakatlarda shakllana boshladi . XIX asrning oxirlari XX asrning
28
www.iqtisodiyot.uz sayti ma’lumotlari asosida tuzildi.
62
boshlariga kelib AQSH va Evropa mamlakatlarida transmilliy korporatsiyalarning tashkil topishi va rivojlanishi korporativ boshqaruv bilan bog‘liq yondashuvlar rivojlanishiga turtki bo‘ldi. 1920 yillarga kelib, G‘arbiy Evropa mamlakatlari va AQSHda yirik korporatsiyalarning shu’ba korxonalari tashkil topdi. Xususiy mulk egalari va mulkni boshqarish bilan bog‘liq masalalar yanada takomillashdi. Natijada yollanma boshqaruvchilar (menejerlar) sinfi yuzaga keldi. Dunyo amaliyotida korporativ boshqaruviga bo‘lgan qiziqish XX asrning 90 yillaridan yanada ortdi. Bu davrga kelib, Korporativ boshqaruv tamoyillari joriy etildi. Xalqaro global transmilliy korporatsiyalar tashkil topdi. Korporativ boshqaruv modellari joriy etildi. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti kengashining 1999 yil 26 maydagi yig‘ilishida “Korporativ boshqaruv tamoyillari”ning xalqaro standarti qabul qilindi. 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi dunyodagi deyarli barcha mamlakatlarning iqtisodiyotiga keskin ta’sir ko‘rsatdi. Chunki rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining jahon xo‘jaligi va iqtisodiy-moliyaviy tizimiga integratsiyalashuvi jahon moliyaviy va iqtisodiy inqiroz yuz bergan sharoitda korporatsiyalarning samaradorligida salbiy oqibatlarni namoyon etdi. Bu esa investitsiyalarning ma’lum tarmoq va sohadan boshqa tarmoq va sohaga keskin ko‘chib o‘tish jarayonlarini tezlashtirdi. Ta’kidlash lozimki, jahonda yuz bergan bunday moliyaviy-iqtisodiy inqirozga qaramay, rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida hamon korporativ tuzilmalarning salmog‘i yuqoriligicha qolmoqda. Shuning uchun aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish, korporativ boshqaruv tamoyillarini keng joriy etish, boshqaruv faoliyatiga xalqaro standartlarni tatbiq etish uchun, avvalo, korporativ boshqaruv mexanizmining zamonaviy amaliyotini o‘rganish lozim. Buning uchun, mamlakatimiz olimlari, mutaxassis va tadqiqotchilari korporativ boshqaruv bo‘yicha katta tajribaga ega davlatlar ilg‘or tajribasini o‘rganish, tahlil 63
qilish va ulardan milliy iqtisodiyotimiz shart-sharoitlariga muvofiq tarzda foydalanish imkoniyatlarini asoslashlari zarur. Ma’lumki, aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv samaradorligiga ichki omillardan tashqari bir qator tashqi omillar ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bularga milliy an’analar, iqtisodiy rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlari, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi, xususiy mulkchilik munosabatlarning rivojlanganlik darajasi, xususiy mulkning daxlsizligi kabi omillarni ko‘rsatish mumkin. Shulardan kelib chiqib, dunyo amaliyotida korporativ boshqaruv tizimining o‘ziga xos, bir-biridan ajralib turadigan 3 ta turi: ingliz-amerika, nemis va yapon modellari yuzaga kelgan. Korporativ boshqaruvning Amerika modeli (Angliya, AQSH) – ixtiyoriy fuqaroga shaxsiy boylikka erishish imkoniyatini ta’minlash maqsadida “autsayderlik”, ya’ni kompaniya faoliyatiga aloqador bo‘lmagan guruhlar tomonidan kompaniya faoliyati nazoratiga asoslangan. Nemis modelida korporativ tuzilmalarga aksiyadorlik jamiyatlaridan tashqari boshqa yuridik shaxslar: turli shirkatlar, xo‘jalik jamiyatlari, xo‘jalik birlashma ko‘rinishidagi konsern, uyushma, xolding va shunga o‘xshash tuzilmalar kiradi. Germaniya modelining Amerika modelidan farqi, aksiyadorlarning asosiy kapitali yuridik shaxslar qo‘lida saqlanishidir. Yana bir muhim jihati Germaniyada AQSHga nisbatan fond birjasi kamroq darajada rivojlangan. Germaniya iqtisodiyotida ishtirok etayotgan barcha kompaniyalarning faqat 12 foizga yaqini London fond birjasi va 10 foizga yaqini AQSH fond birjalarida kotirovka qilinadi. Yaponiya modelida esa, ko‘pgina kompaniyalarning yirik aksiya paketlari katta bank va moliya guruhlari portfelida mujassamlashganligi bilan ajralib turadi. Yirik aksiya paketiga ega bo‘lgan aksiyadorlar korxona boshqaruvida bemalol ishtirok eta oladilar. Korporativ boshqaruvning yaponcha modelidagi o‘ziga xos xususiyat kompaniyaning asosiy aksiyadorlari kompaniyaga kelib tushayotgan daromadlaridan voz kechishlari evaziga guruhda birga faoliyat yuritib kattaroq daromad olishlari kabi imkoniyatlarning mavjudligidir.
64
Yaponiya korporativ boshqaruv modelining yana muhim bir jihati o‘zida yuqori biznes madaniyatni aks ettirib, unda o‘zaro ishonchga asoslangan uzoq muddatli shaxsiy munosabatlar, shartnomalar muhim ahamiyat kasb etadi. Yaponiya modelida aksiyadorlik jamiyatlarining qonunchilik va qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalari tartibga solinishi Amerika modeli ta’sirini o‘zida mujassam etadi. Demak, korporativ boshqaruvning milliy va xalqaro amaliyotini o‘rganish respublikamizda faoliyat yuritayotgan aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimi samaradorligini yanada oshirish, korporativ boshqaruv tamoyillarini keng joriy etish hamda boshqaruv faoliyatiga xalqaro standartlarni joriy etish imkoniyatlarini kengaytiradi. Shuning uchun korporativ boshqaruv bilan bog‘liq milliy va xorijiy amaliyotni o‘rgangan holda quyidagi xulosalar ishlab chiqildi. Ular fikrimizcha, quyidagilardan iborat: Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling