Тошкент молия институти “кредит-иқтисод”факультети


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/34
Sana08.01.2022
Hajmi1 Mb.
#252993
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   34
Bog'liq
bank tizimida korporativ boshqaruvini rivozhlantirish

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


72 

 

XULOSA 

Iqtisodiy  globallashuv  sharoitida  bank  tizimining  barqarorligini  va 

raqobatbardoshligini  oshirish  borasida  korporativ  boshqaruvni  mexanizmini 

samarali  tashkiletish  yo‘li  bilan  tijorat  banklarining  kapitallashuv  darajasini 

o‘stirish,  ularninginvestitsiyaviy  faoliyatini  kuchaytirish,  ko‘rsatilayotgan  bank 

xizmatlari ko‘laminikengaytirish, shu jumladan, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning 

bo‘sh  pul  mablag‘larini  uzoqmuddatli  depozitlarga  jalb  etish  hamda  bank 

faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘ladigantavvakalchilikni to‘g‘ri baholash juda 

muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Zero,  iqtisodiyotni  modernizatsiyalash  jarayonida, 

yurtboshimiz  ta’biri  bilan  aytganda,mamlakat  iqtisodiyotining  lokomotivi  bo‘lgan 

bank tizimining samarali faoliyatko‘rsatishi mamlakatimiz iqtisodiyotining yanada 

rivojlantirishga  hamda  moliyaviyresurslarini  qayta  taqsimlashni  ta’minlashga 

xizmat qiladi. 

Shu boisdan bank tizimining faoliyati o‘ziga xos boshqaruvni talab etadi. Bu 

esa,ularning 

barqarorligini 

ta’minlash 

hamda 

faoliyat 



samaradorligini 

oshirishdakorporativ  boshqaruvning  huquqiy  va  institutsial  asoslarini  xalqaro 

talablarga mos holdatakomillashtirishni taqozo etadi. 

Banklarda  korporativ  boshqaruvining  umumiy  tamoyillari,  aksiyadorlar 

vamenedjerlar  o‘rtasidagi  munosablar  hamda  boshqaruv  hisobotlarning  taqdim 

etilishi  kabijihatlari  Bank  nazorati  bo‘yicha  Xalqaro  Bazel  qo‘mitasi  tomonidan 

1999  yil  sentyabrdaqabul qilingan  "Kredit  muassasalarida  korporativ boshqaruvni 

takomillashtirish"tavsiyalarida o‘z aksini topgan. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  "2011-2015  yillarda  respublika 

moliya-banktizimini  yanada  isloh  qilish  va  barqarorligini  oshirish  hamda  yuqori 

xalqaro  reytingko‘rsatkichlariga  erishishning  ustuvor  yo‘nalishlari  to‘g‘risida" 

2010  yil  26  noyabrdagi  1438-sonli  qaroriga  muvofiq,  banklarda  korporativ 

boshqaruvning  yanada  takomillashtirishborasida  chora-tadbirlar  ishlab  chiqilgan 

bo‘lib,  xususan,  bank  Kengashi  a’zolari  tartibiga  minoritar  aksiyadorlarning 

manfaatlarini himoya qiladigan vakilni majburiy kiritish amalatiyotini joriy qilish; 

banklarda yirik bitimlarni (jami kapitalning 15 foiz vaundan yuqori bo‘lgan) tuzish 




73 

 

va  muddatini  uzaytirish  bo‘yicha  Bank  kengashi  tomonidan  majburiy  ma’qullash 



to‘g‘risida  tegishli  me’yorlar  tatbiq  etish;  bank  Kengashigabo‘ysinuvchi  bank 

tavakkalchiliklarini nazorat qilish qo‘mitasini tijorat banklari korporativ boshqaruv 

tuzilmasiga  majburiy  tatbiq  etish;  boshqaruv,  boshqaruv  a’zolari  vaichki  audit 

xizmati  rahbarining  bank  tizimi  oldiga  qo‘yilgan  muhim  vazifalarning  bajarilishi 

yuzasidan  tayyorlangan  hisobotlarini  har  chorakda  ko‘rishni  joriy  qilish 

belgilangan.  

Xulosa 

o‘rnida,  mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan  iqtisodiy 

modernizatsiyalashuv  jarayonida    aksiyadorlik    jamiyatlari    shaklida    tashkil 

etilgan  tijorat    banklarida    samarali  korporativ  boshqaruvning  dolzarbliligi, 

ayniqsa,  jahon  va  maxalliy  moliya  bozori  tendensiyalarini  o‘zgaruvchanligiga 

ta’sirchanligini 

oshirilishi, 

banklarning 

reyting 

 

darajalarini 



yuqori 

ko‘rsatgichlariga  erishilishi,  banklar  uchun  potensial  investorlarni  jalb  qilinishida 

raqobatli  kurash  muxitini  yaratilishi,  banklar  faoliyatidagi  tavakkalchiliklarni 

to‘g‘ri  boshqarilishida,  aksiyadorlarning  huquqlarini  himoyalash  vaqonuniy 

manfaatlarini 

ta’minlanishini 

kuchaytirish, 

foyda 


olishning 

kafolatlanganligita’minlash,  boshqaruv  qarorlarini  qabul  qilinishida  axborot 

shaffofligi bo‘lishi hamda moliyaviy inqirozlarni oldini olinishida ahamiyatga ega 

hisoblanadi. 

Jahon  tajribasi  shuni  ko‘rsatmoqdaki,  mamlakatimizda  bozor  munosabatlari 

hamda  iqtisodiyotimizning  rivojlanishining  dolzarb  muammolarini  hal  etish, 

imkoni  boricha  chet  el  kapitalining  kirib  kelishini  talab  etmoqda,  bu  jarayon  o‘z 

navbatida, ular uchun zarur va qulay huquqiy muhitning yaratilishini taqozo etadi. 

Mamlakatimizdagi  mavjud  banklar  faoliyatini  milliy  korporativ  boshqaruv 

mehanizmini  shakllanishini  takomillashtirish  uchun  quyidagilarni  amalga  oshirish 

zarur, deb hisoblaymiz: 

  Aksionerlik tijorat banklarini boshqarish jarayonidagi ma’luotlarning ochiqlik 



darajasini ta’minlash; 

  Aksionerlar jamiyati yoki kompaniyalar boshqaruv organlari hissadorlar yoki 



aksiyadorlar oldida muntazam ravishda xisobot berib borishini ta’minlash; 


74 

 



  korporativ  faoliyatning  amaldagi  qonunchilik,  ishonchli  bank  faoliyatiga 

muvofiqligini ta’minlash; 

  bank  muassasasini  boshqaruv  tizimi  haqidagi  bozor  ishtirokchilari  o‘z 



fikrlarini  shakllantirishlariga  imkon  beruvchi  banklar  faoliyati  haqidagi 

ma’lumotni oshkoralik darajasiga muvofiqligiga amal qilish; 

  korporativ boshqaruv, shu jumladan, xatarlarni boshqarish va ichki nazoratni 



yaxshilash  usullarini  etakchi  xorijiy  banklar  hamda  moliya  institutlarida 

boshqaruvni  tashkil  etish  tizimini  chuqur  o‘rganish  asosida  yanada 

takomillashtirish; 

  banklar  aktivlari  va  kredit  portfeli  sifatini  yaxshilash,  bank  faoliyati  bilan 



bog‘liq xatarlarni (kredit, valyuta, operatsion, foiz va boshqalar) baholash tizimini 

yanada rivojlantirish

  tavakkalchiliklarga  qarshi  barqarorlikni  oshirish,  banklar  faoliyatida  nazorat 



sifatini va samarasini yanada oshirish

 



banklar  faoliyatiga  sog‘lom  va  xavfsiz  bo‘lgan  bank  amaliyotini  amalga 

oshirishni  o‘z  ichiga  olgan  bank  nazorati  bo‘yicha  Bazel  qo‘mitasining  yangi 

tahrirdagi  «Korporativ  boshqaruvning  samarali  omillari»ni  joriy  etish,  malaka 

etikasi andozalarini o‘rnatish, banklar faoliyatining shaffofligini ta’minlash. 

Qayd  etish  joizki,  aksiyadorlik  jamiyatining  barqaror  rivojlanishi  va  yuqori 

daromad keltirishi uning moliyaviy ko‘rsatkichlarida o‘z ifodasini topadi. Natijada 

aksiyadorlarga  dividendlar  to‘lash,  korxonani  modernizatsiya  qilish  uchun  o‘z 

mablag‘ini  ajratish  imkoniyatlarini  kengaytiradi.  Bu  esa  korporativ  boshqaruv 

organlari,  jumladan,  kuzatuv  kengashi  hamda  ijroiya  organi  ma’suliyatlarini 

yanada oshiradi. 




75 

 


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling