Toshkent moliya instituti Magistratura bo`limi, «Investitsiyalarni boshqarish» mutaxassisligi 2-kurs ib-3 guruh talabasi Begmurodova Maftunaning “Loyihaviy moliyalashtirish”


Download 43 Kb.
Sana13.04.2023
Hajmi43 Kb.
#1352893
Bog'liq
Тақриз Бегмуродова 2- курс иши


Toshkent moliya instituti Magistratura bo`limi, «Investitsiyalarni boshqarish» mutaxassisligi 2-kurs IB-3 guruh talabasi Begmurodova Maftunaning “Loyihaviy moliyalashtirish” fanidan « Loyihaviy moliyalashtirishning jahon tajribasi va uni O'zbekistonda qo'llash imkoniyatlari » mavzusida yozgan kurs ishiga ilmiy rahbar tomonidan berilgan


TAQRIZ

Loyihaviy moliyalashtirishning asosiy afzalligi shundaki, u muhim moliyaviy resurslarni muayyan iqtisodiy muammoni hal qilishga qaratish imkonini beradi va shartnoma ishtirokchilarining ko'pligi tufayli riskni sezilarli darajada kamaytiradi.Sababi investitsiya qilingan kapital uchun javobgarlik va risklar tasdiqlangan va obro'li korxona zimmasiga yuklanmaydi, balki moliyalashtirish kabi jarayon, ishtirokchilar o'rtasida kompleks tarzda taqsimlanadi va shartnomalar va bitimlar to'plami bilan tartibga solinadi. Bugungi kunga kelib, loyihaviy moliyalashtirish nafaqat rivojlangan mamlakatlarda, balki yangi sanoatlashgan va rivojlanayotgan mamlakatlarda iqtisodiyotning real sektoriga investitsiyalarni jalb qilish va tashkil etish shakli hisoblanadi. Shuningdek ushbu shakl iqtisodiyot real sektorining va moliya-bank sektorining o'zaro faol bo'lish imkoniyatini beradi.


Kurs ishi kirish, asosiy qismda esa, 3 ta savoldan, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.
Kurs ishining kirish qismida mavzuning ahamiyati va dolzarbligi, maqsadi va vazifalari, ishning ilmiy jihatlari bayon etilgan.
Kurs ishining asosiy qismini quyidagi uchta savol orqali yoritib berilgan:
1. Loyihaviy moliyalashtirishning nazariy asoslari;
2. Loyihaviy moliyalashtirishning jahon tajribasi;
3. Loyihaviy moliyalashtirishning jahon tajribasini O’zbekistonda qo’llash imkoniyatlari.
Ushbu rejadagi savollarga yozilgan javoblar mos keladi va tanlangan mavzuning mohiyatini to`liq yoritib beradi. Talaba kurs ishini yozishda amaldagi me`yoriy-huquqiy hujjatlar, ilmiy adabiyotlardan foydalangan. Biroq kurs ishida ba’zikamchiliklarga yo‘l qo‘ygan.
Kurs ishida quyidagi kamchiliklar mavjud:

  • texnik va imlo xatolar mavjud;

  • loyihaviy moliyalashtirishning jahon tajribasini ma’lum bir mamlakat miqyosida ko’rib maqsadga muvofiq edi.

Umuman olganda, talabaning kurs ishi nihoyasiga yetkazilgan ish hisoblanadi. Yuqorida ko`rsatilgan kamchiliklar kurs ishining mazmuniga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi, shunday ekan, talaba M.Begmurodovaning « Loyihaviy moliyalashtirishning jahon tajribasi va uni O'zbekistonda qo'llash imkoniyatlari » mavzusidagi kurs ishisi himoya qilish uchun tavsiya qilinadi.


Ilmiy rahbar: i.f.n., dots. M.A.Raimjanova
Download 43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling