Toshkent moliya instituti magistratura bo’limi
Xorijiy davlatlarda bank kapitalini shakillantirish amaliyoti (Rossiya
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
tijorat banklarining kapitallashuv darajasini oshirish yollari
1.3 Xorijiy davlatlarda bank kapitalini shakillantirish amaliyoti (Rossiya
davlati misolida) Tijorat banklarining kapitallashuv darajasini oshirish, avvalo banklarning barqaror faoliyat olib borishlari uchun, shuningdek mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida muhim omillardan biri sanaladi. Shuning uchun banklar kapitalini oshirib borish hozirgi kunning dolzrab vazifalarifan biriga aylandi. Ayniqsa jahon moliyaviy-inqirozi bo’lgan davrda ko’plab banklarning tanazzulga yuz tutgani bizga yaqin tarixdan saboqdir. Ta’kidlash lozimki, bu masala har bir mamlakat uchun o’z oldilariga qo’ygan strategik vazifalardan sanaladi. Shuning uchun banklar kapitalini oshirish bo’yicha xorijiy davlatlar tajribasini o’rganish va amaliyotga tadbiq etish, o’ylaymizki bu borada o’zimiz uchun yangi yo’llarni kashf qilamiz. Shu masalani inobatga olgan holda Rossiya bank tizimining amaliyotni o’rganishga qaror qildik. Rossiya bank tizimining eng muhim muammolaridan biri bo’lgan, ayniqsa inqirozdan keyingi davrda tijorat banklarini, xususan, kichik va o'rta banklarni kapitalizatsiya qilish, ularning kapitali hajminining o'sish omillari, kapitalning yetarlilik darajasini qiyosiy tahlil qilgan holda ko’rib chiqamiz. O'z mablag'lari tijorat bankining moliyaviy resurslarining ajralmas qismi bo'lib, odatda, qo'llab-quvvatlash va rivojlanishning eng ishonchli vositalaridan 26 biridir. Tijorat banklarining faoliyati Bazel qo'mitasi tavsiyalariga asosan tartibga solinadi. Bu esa o'z navbatida banklarning tijorat maqsadlarida ustav kapitalining minimal qiymatiga qo'yiladigan talablarni qat'iy belgilab qo’yilishini ko’zda tutadi. O'z-o'zidan mol-mulkning iqtisodiy mohiyati uning bajaradigan o'rni bilan belgilanadi. O'z mablag'lari asosan moliyalashtirish manbai hisoblanadi, iqtisodiy va moliyaviy faoliyatining boshlang'ich bosqichida amalga oshiriladi. Kelajakda yetakchi qiymat o'zining kapitali - bu bankning o'sishini shakllantirishi, bu xavf darajasini normal qabul qilish bilan o'zi bajaradigan vazifalar orqali o'zini namoyon qiladi. Bankning o'z kapitali himoyalash funksiyasini amalga oshiradi. Agar bank tugatilsa, u omonatchilarga kompensatsiya to'lab berishi ham mumkin. Bundan tashqari, to'lov qobiliyatini saqlab qolish, aktivlar uchun zaxiralar yaratib, inqirozli vaziyatlar xavfiga qaramasdan, bankning ishlashiga imkon yaratib beradi. Qolaversa kreditning rivojlanishi kapital miqdoriga bog'liqdir. Miqdoriy bosqich quyidagi baholashni o'z ichiga oladi: 1. Ro'yxatga olingan ustav kapitalining banklar kapitalidagi o'sish (pasayish) darajasi; 2. Kapitalga qo'yiladigan talablariga javob beradigan kredit tashkilotlarining aksiyalari. Biz quyidagi jadval orqali so'nggi to'rt yil ichida Rossiya tijorat banklari kapitali hajmining o’sish dinamikasi tahlil qildik. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling