Toshkent moliya instituti magistratura bo’limi


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/38
Sana09.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1476231
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38
Bog'liq
tijorat banklarining kapitallashuv darajasini oshirish yollari

I bob bo’yicha xulosa 
Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda tijorat banklari bajarayotgan barcha 
operatsiyalar bevosita yoki bilvosita bank kapitalining yetarliligi va uning sifatiga 
bog’liq bo’lib, har qanday tijorat bankining to’lovga qobilligini va risklardan 
holiligini baholashda bank kapitalining yetarliligi asosiy omil hisoblanadi. Tijorat 
banklarining yetarli miqdorda bank kapitaliga ega bo’lishi, ularning to’lovga 
qobilligi va likvidligini ta’minlash, shuningdek, faoliyati davomida duch 
keladigan risklardan zarar ko’rmay chiqib ketish imkoniyatini beradi. 
Ayniqsa, bugungi jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi bank tizimining 
barqarorligi ta’minlanishida bank kapitali va uning yetarlilik darajasini zaruriy 
omil qilib qo’ymoqda. Buni xorij amaliyotida, xususan Rossiya davlati misolida 
ham ko’rib chiqdik.


30 
Shuning uchun ham hozirgi kunda xalqaro bank amaliyotida bank kapitali 
tarkibini shakllantirish va uning yetarlilik darajasini belgilashda Xalqaro Bazel 
qo’mitasi tomonidan ishlab chiqilgan standartlardan asos sifatida foydalanib 
kelinmoqda. 
Mazkur bobimizda biz asosan bank kapitalini iqtisodiy mazmunini ochib 
berishda xorij olimlari va mahalliy olimlar ilmiy ishlarini qiyosiy o’rgangan holda 
o’z fikrimizni atroflicha bayon etdik. Shuningdek bank kapitali yetarliligini 
ta’minlashda xalqaro me’yorlarni, xususan Bazel III tavsiyalarini, ularning 
xususiyatlarini ham iqtisodiy ahamiyatini o’rganib chiqdik. Xorij amaliyoti tahlili 
davomida Bazel III tavsiyalarini qabul qilayotgan davlatlar soni kengayib 
borayotganligini ko’rdik. Ushbu tavsiyalarning banklar amaliyotida qo’llanilishi, 
o’ylaymizki, banklarda turli paydo bo’lgan yoki paydo bo’lishi kutilyotgan 
xatarlarni oldi olinishiga zamin yaratiladi. 


31 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling