Toshkent moliya instituti magistratura bo’limi
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
tijorat banklarining kapitallashuv darajasini oshirish yollari
- Bu sahifa navigatsiya:
- K1 = RK / TAUS. (1)
37
(%) Talab kuchga kirish sanasi Regulyativ kapitalga, (K1) I darajali kapitalga, (K2) I darajali asosiy kapitalga,(K3) Leveraj, (K4) 01.01.2017 12,5 9,5 7,5 6 01.01.2019 13 10 8 6 Regulyativ kapitalning tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning umumiy summasiga nisbati 12,5foizdan kam bo‘lmasligi kerak. Regulyativ kapitalning monandlik koeffitsienti K1 quyidagi tarzda hisoblanadi: K1 = RK / TAUS. (1) 2019-yil 1-yanvardan boshlab banklar tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning 3,0 foiz miqdoridagi kapitalni konservatsiya qilish buferini hisobga olgan holda K1 ning eng kichik darajasini 0,13 (13,0 foiz) miqdorida ta’minlashlari shart. Kapitalning konservatsiya buferi tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning 3,0 foiz miqdoridagi qo‘shimcha zaxiradan iborat. Bunday zaxiradan maqsad banklar tomonidan moliyaviy va iqtisodiy qiyinchilik davrlarida zararlarni qoplash uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan kapital zaxirasining ta’minlanishini kafolatlash hisoblanadi. Tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning umumiy miqdori (TAUS) quyidagi tarzda hisoblanadi: TAUS = CHegirmalar chiqarilgan tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi balans va balansdan tashqari aktivlar summasi + Operatsion tavakkalchiliklar summasi (OT) + Bozor tavakkalchiliklari summasi (BT); 37 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 13-iyundagi 14/3-son (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 6-iyulda 2693-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) “Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori//O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. – Toshkent, 2015. - №27 (683). – 360-modda. 43 OT = (100 / belgilangan K1 ning eng kichik darajasi) X (Bankning oxirgi uch yildagi yalpi daromadining o‘rtacha summasi X 15 foiz); Yalpi daromad = (foizli daromadlar — foizli xarajatlar) + (foizsiz daromadlar — foizsiz xarajatlar). Agar yalpi daromad qaysidir yilda nolga teng yoki salbiy ko‘rinishda bo‘lganda, o‘rtacha ko‘rsatkichni hisoblashda u maxrajdan va suratdan chiqarib tashlanishi lozim. BT = (100 / belgilangan K1 ning eng kichik darajasi) X (Ochiq valuta pozitsiyalarining jami miqdori X 10 foiz). Ochiq valuta pozitsiyalarining umumiy summasini hisoblashda xorijiy valutalarning umumiy uzun yoki umumiy qisqa ko‘rsatkichlari yig‘indisining mutloq ko‘rsatkichining eng kattasi olinadi. I darajali kapitalning monandlik koeffitsienti K2 = I darajali kapital/TAUS sifatida aniqlanadi. Kapitalning konservatsiya buferi tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi barcha aktivlarning 3,0 foiz sifatli I darajali kapital bo‘lishini hisobga olgan holda K2 koeffitsienti 2017-yilning 1-yanvaridan 0,095 (9,5 foiz) va 2019 -yilning 1- yanvaridan 0,10 (10,0 foiz) miqdoridan kam bo‘lmasligi lozim. I darajali asosiy kapitalning monandlik koeffitsienti K3 = I darajali asosiy kapital/TAUS sifatida aniqlanib, uning eng kichik miqdori 0,075 (7,5 foiz)dan kam bo‘lmasligi kerak. 2019-yil 1-yanvardan boshlab K3 ning eng kichik darajasini 0,08 (8,0 foiz) miqdoridan kam bo‘lmasligi lozim. Kapitalning monandlik darajasi talablari bilan bir qatorda banklar leveraj koeffitsientiga rioya etishlari kerak. K4 = I darajali kapital / (Umumiy aktivlar + balansdan tashqari moddalar + hosilaviy vositalar — I darajali kapitaldan chegirmalar). Leveraj koeffitsientining eng kichik darajasi 0,06 (6 foiz)ga teng bo’lishi belgilangan. Mazkur nizom talablaridan kelib chiqqan holda har bir ko’rsatkich tahlilini ko’rib chiqamiz. 44 Hozirgi kunda mamlakatimizda tijorat banklari kapitalining yuqori sur'atlar bilan o'sish jarayoni kechmoqda. Bunday o'sishga nafaqat davlat ulushi bor banklar, balki boshqa tijorat banklarining ham erishayotgani bank biznesi uchun mamlakatimizda qulay muhit yaratilganligini ko'rsatadi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling