38
2.2-jadval
AT ”Aloqabank” ning xususiy kapitali tarkibi va dinamikasi, ming
so’mda
34
№
Ko’rsatkichlar
2016-yil
2017-yil
O'zgarishi
1
Oddiy aksiyalar
117212570
238322570
121110000
2
Imtiyozli aksiyalar
2252886
2252886
0
3
Emission daromad
3912342
3912342
0
4
Jami aksiyadorlik kapitali
123377798
244487798
121110000
5
Investitsiyalarni qayta
baholash uchun zaxiralar-
sotish uchun mo'ljalllangan
0
0
0
6
Taqsimlanmagan foyda
73581234
129748536
56167302
7
Jami xususiy kapital
196959032
374236334
177277302
Jadval ma’lumotlari tahlili shuni ko’rsatmoqdaki,
Aloqabankning xususiy
kapitali o’sish tendensiyasiga ega ekan. Chunki xususiy kapital tarkibidagi oddiy
aksiyalar va taqsimlanmagan foyda hajmi tadrijiy o’sgan.
Lekin imtiyozli
aksiyalar va qo’shilgan kapital (emission daromad) o’zgarishsiz qolgan. Buni
ijobiy holat deb baholaymiz. Chunki imtiyozli aksiyalar I darajali kapital tarkibiga
kiritilmaydi. Shuning uchun bu e’tiborga molik holat.
Umumiy olganda bankning
xususiy kapitali 2017-yilda 374236334 ming so’mni tashkil qilgani holda o’tgan
yilga nisbatan 177277302 ming so’mga oshgan.
Lekin shu o’rinda bir narsaga e’tibor
qaratishni istardikki,
bank kapitali
tarkibida ustav kapitalining ahamiyati yuqoridir.
Chunki ustav kapitali bank
kapitali ichida eng barqaror manba hisoblanadi. Shuning uchun ham banklar ustav
kapitalini oshirishga harakat qilishadi. Bank kapitali tarkibida
ustav kapitalining
yuqori bo’lishi, bankka bo’lgan ishonchning yuqori bo’lishiga olib keladi. Biz
quyidagi rasm orqali Aloqabankning ustav kapitalini o’sish dinamikasini ko’rib
chiqamiz.
34
Aksinonerlik-tijorat “Aloqabank”ning moliyaviy holati to’g’risidagi hisoboti. Bank axborotnomasi №14 2018-yil 5-aprel