Toshkent moliya instituti magistratura bo’limi
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
tijorat banklarining kapitallashuv darajasini oshirish yollari
33
T/r Bank kapitali tarkibi Ulushi % Manbasi 1 Ustav kapitali 27 Bank ta’sischilari va aksiyadorlari mablag’i 2 Qo’shimcha kapital 2 Bank aksiyalarining bozor va real qiymatlari o’rtasidagi farq 3 Zaxira kapitali 50 Bank daromadi 4 Taqsimlanmagan foyda 11 Bank daromadi 5 Joriy yilning sof foydasi 10 Bank daromadi 6 Subordinatsiyalashgan qarz majburiyatlari - Bank kreditorlari mablag’lari 7 Konsolidatsiyalashgan sho’ba korxonalariga qilingan qo’yilmalar - Bank daromadi Jami 100 Yuqoridagi ma’lumotlar tahlili shuni ko’rsatadiki, respublikamiz tijorat banklari kapitalining 71 foiz bank daromadlari hisobiga tashkil etilgan, qolgan 29 foiz aksionerlar mablag’lari va aksiya oldi-sotdisida hosil bo’lgan daromad hisobiga shakllangan. Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, mamlakatimizda subordinatsiyalashgan qarz majburiyatlari mavjud emas. Shunday ekan, bankning kapitallashuv jarayonida uning daromadlari miqdori muhim o’rin egallaydi. Kapitalning asosiy qismi to’g’ridan-to’g’ri bank daromadlari hisobidan shakllanadi. Bundan tashqari, yana shuni e’tirof etish lozimki, bank ustav kapitalining oshib borishida ham uning daromadlari ko’lami muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bank yuqori daromad olsa va aksionerlarga dividend tariqasida ko’proq daromad to’lasa, o’sha bankning aksiyalari jozibador hisoblanadi va fond bozorlarida unga talab oshib boradi. 33 www.cbu.uz internet sayti asosida hisoblandi 37 Tijorat banklarida subordinatsiyalashgan qarz majburiyatlarining mavjud emasligi tijorat banklarining uzoq muddatli kreditlar bozoridagi mavqeining zaifligidan dalolat beradi. Chunki subordinatsiyalashgan qarz majburiyatlari tijorat banklariga uzoq muddatli resurslarni jalb qilishning qulay va kam xarajatli vositasi hisoblanadi. Tijorat banklari jami kapitali tarkibida konsolidatsiyalashgan sho’ba korxonalariga qilingan qo’yilmalar mavjud emasligi jadval ma’lumotlaridan yaqqol ko’rinmoqda. Buning sababi shundan iboratki, aslida banklar birlashgan korxonalarga ulush kiritishmoqda. Lekin bizda Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari(MHXS) amal qilmaganligi uchun bu investitsiyalarni kapital hisobida aks ettirib bo’lamayapti. Mamlakatimizda yerga egalik qilish huquqi bo’lmasada, har yilgi bank binolarini qayta baholash keoffisienti 1,15-1,2 ga teng. Bu esa rivojlangan davlatlarda yerni qo’shib hisoblasa ham buncha chiqmaydi. Lekin shunga qaramasdan tijorat banklari kapitali tarkibida qayta baholash zaxirasining salmog’i juda kam. Xolbuki, rivojlangan xorijiy davlatlarda qayta baholash zaxirasi banklar qo’shimcha kapitalning asosiy qismini tashkil etadi. Buning sababi, yirik va o’rta tijorat banklari katta shaharlarda yuqori balans qiymati mavjud binolarga egadirlar. Binolarning bozor bahosi, odatda, o’sish tendentsiyasiga ega. Bunday sharoitda yuqori qiymatga ega bo’lgan binolarning bozor bahosi o’sishi natijasida katta miqdordagi qayta baholash zaxirasi paydo bo’ladi. Binolardan tashqari banklarga tegishli yerlarning bozor bahosi oshishi natijasida qayta baholash zaxirasining miqdori oshadi. Rivojlangan xorijiy davlatlarda tijorat banklariga tegishli yerlar ularning xususiy mulki hisoblanadi. Shu sababli yerlar bahosining o’sishi hisobiga yuzaga kelgan zaxira miqdori to’g’ridan-to’g’ri bankning qo’shimcha kapitali tarkibiga kiritiladi. Quyida biz ayrim tijorat banklarining xususiy kapitalini tarkibi va dinamikasini ko’rib chiqamiz. Kapital tarkibini chuqurroq tahlil qilsak, o’ylaymizki, mavjud muammonlarnii yechimini oson topamiz. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling