Toshkent moliya instituti magistratura bo’limi
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
tijorat banklarining kapitallashuv darajasini oshirish yollari
XULOSA VA TAKLIFLAR,,,,,,,,,,,,,,,,.......................................... 73 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………….. 77 3 KIRISH Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi. Bugungi kunda respublikamiz iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi avvalambor, unda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari bilan chambarchas bog‘liq. Xalqaro bank amaliyoti tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, bozor munosabatlari sharoitida tijorat banklari kapitalining samaradorligini va uning yetarliligini ta’minlamasdan turib, banklarning to‘lov qobiliyatini mustahkamlash va aholining bank tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash mushkul vazifalardan biri hisoblanadi. Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, mamlakatimiz bank tizimi va bozor infratuzilmasining boshqa organlari faoliyati samaradorligini oshirish ham dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Afsuski, hozirgi kunda ularning faoliyati bugungi hayot va iqtisodiy islohotlar talablaridan ancha ortda qolmoqda 1 . Shuning uchun 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida tijorat banklarining kapitallashish darajasini oshirish, moliyaviy barqarorligini mustahkamlash vazifalari qo‘yildi 2 . Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12- sentyabrdagi PQ-3270-sonli “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida tijorat banklari faoliyatiga umume’tirof etilgan zamonaviy me’yorlar, standartlar va baholash ko‘rsatkichlarini joriy qilish, bank-moliya tizimini xalqaro reyting tashkilotlari baholashi asosida baholash ko‘rsatkichlarini yanada takomillashtirish, bank nazoratining xalqaro prinsiplari asosida tijorat banklari kapitalining yetarliligi, likvidliligi va barqarorligi bo‘yicha talablarni bajarilishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi. Shunday ekan, Respublikamiz tijorat banklari kapitallashuv darajasini yanada jadallashtirishda muammolarining mavjudligi, mamlakatimizda xalqaro 1 Mirziyoyev Sh.M. “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”. – Toshkent:O‘zbekiston, 2016. – 56b. 2 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami.-Toshkent, 2017. – № 6 (766). – B. 32 4 standartlarga o’tish va kapital yetarliligini ta’minlash borasidagi muammolar va ularni hal qilishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish, biz olib borgan ushbu tadqiqot ishining dolzarbligini ifoladalaydi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling