Toshkent moliya instituti magistratura bo’limi


Tadqiqot obyekti va predmeti


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/38
Sana09.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1476231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
tijorat banklarining kapitallashuv darajasini oshirish yollari

Tadqiqot obyekti va predmeti. Tijorat banklari kapitallashuv darjasini 
oshirish bilan bog’liq bo’lgan jarayonlar tadqdiqotning obyekti hisoblanadi. 
Banklarning kapitallashuv darajasini oshirish jarayonida yuzaga keladigan 
iqtisodiy munosabatlar mazkur ishning predmetini tashkil etadi. 
Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Mamlakatimiz tijorat banklari 
kapitallashuv darajasini oshirish hamda uning yetarliligini ta’minlashga qaratilgan 
ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish, shuningdek xorij tajribasini 
chuqur o’rgangan holda kapital yetarliligini xalqaro me’yor darajasida ushlab 
turish mazkur tadqiqot ishimizning bosh maqsadi sanaladi. 
Maqsadga erishish borasida quyidagi vazifalarni amalga oshirish zarur 
bo’ladi: 
- Bank kapitali mohiyatini, funksiyalarini va turlarini aniqlash, shuningdek 
uni oshirish xususida ilmiy-nazariy qarashlarni o’rganish; 
- Bazel qo’mitasining banklarning kapitallashuv darajasini oshirishga nisbatan 
talablari va o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish; 
- Tijorat banklarining kapitali tarkibi va dinamikasini tahlil qilish; 
- Kapitalni yetarliligi va zarurligi bo’yicha tahlil qilish va baholash; 
- Bank kapitalining yetarliligiga qo'yiladigan mamlakat va xalqaro 
talablarning bajarilishini ta'minlash asoslarini tadqiq qilish; 
- Tijorat banklarining kapitallashuv darajasini oshirish bilan bog’liq bo’lgan 
muammolarni aniqlash; 
- Tijorat banklarning kapitallashuv darajasiga ta’sir etuvchi omillarni 
o’rganish va kapitallashuv darajasini yanada oshirish; 
- Banklarning kapitallashuv darajasini oshirish barasidagi xorij tajribasini 
o'rganish va uning respublikamiz amaliyotida qo'llash imkoniyatlarini o'rganish; 
- Tahlillar pirovardida muammolar yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab 
chiqish. 



Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Quyidagilar tadqiqotning ilmiy yangiligini 
ifoda etadi: 
 
Banklar kapitali tarkibini xalqaro standartlarga,ya’ni Bazel qo’mitasi 
talablariga moslashtirish asoslab berilgan
 
Mamlakatimizda moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini 
(MHXS) tijorat banklari qabul qilishi ortidan birlashgan korxonalar kapitaliga 
qilingan investitsiyalar kapital hisobida aks ettirilishi asoslab berilgan; 
 
Tahlil natijalariga asosan tijorat banklarining kapitalini oshirishda 
imtiyozli aksiyalarni emas, balki oddiy aksiyalarni ko’proq chiqarish banklar 
kapitallashuv darajasiga yuqori ta’sir etishi asoslab berilgan
 
Tijorat banklari aksiyalarining bozor bahosi bilan uning nominal 
bahosi o’rtasida farqning deyarli yo’qligi muammosiga yechim asoslab berilgan; 
 
Birinchi darajali kapitalning barqaror manbalardan tashkil topganligini 
inobatga olib, devalvatsiya zaxirasini ikkinchi darajali kapital tarkibiga 
kiritishning zarurligi asoslab berilgan; 
 
Tijorat banklari kapitalini oshirishda xorij tajribasini o’rganib, uni 
amaliyotga tadbiq etish yo’llari asoslab berildi; 
 
Banklarning kapitallashuv darajsini oshirish yuzasidan amaliy taklif 
va tavsiyalar ishlab chiqildi. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling