Tadqiqot ishi tuzilmasining tavsifi. Ilmiy tadqiqot ishimiz kirish, uchta
bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iboratdir.
Ilmiy tadqiqot ishimizning kirish qismida, mavzuning dolzarbligi, maqsad
va vazifalari, obyekti, predmeti, o‘rganilganlik darajasi, ilmiy yangiligi, nazariy
va amaliy ahamiyati kabi jihatlarga to‘xtalib o’tganmiz.
Ilmiy tadqiqot ishimizning birinchi bobida tijorat banklari kapitalining
iqtisosdiy mazmuni va uni oshirishda ilmiy-nazariy qarashlar, Bazel qo’mitasining
kapital yetarliligiga nisbatan talablari va uning o’ziga xos xususiyatlari,
shuningdek xorijiy davlatlarda bank kapitalini shakllantirish amaliyoti masalalari
keng yoritilgan.
Ilmiy tadqiqot ishimizning ikkinchi bobida, tijorat banklari kapitallashuv
darajasini joriy holati tahlil qilingan. Bunda asosiy e’tibor banklarning kapitali
tarkibi va dinamikasi, kapital yetarliligi holati tahlili va uni oshirishga ta’sir
etuvchi omillar atroflicha tahlil qilingan.
Dissertatsiyamizning uchinchi bobida mamlakatimizda tijorat banklari
kapitallashuv darajasini oshirishda mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf
etish, kapital yetarliligini oshirish bo’yicha xorij tajribasi va uni O’zbekistonga
qo’llash imkoniyatlari hamda kapitallashuv darajasini oshirish yo’llari xususida
keng fikr yuritilgan.
Ilmiy tadqiqot ishining xulosa va takliflar qismida tadqiqot ishini bajarish
davomida shakllantirilgan xulosa va mavzuga doir muammolarni hal etish
yuzasidan amaliy hamda nazariy taklif va tavsiyalari o‘rin olgan.
8
I BOB. TIJORAT BANKLARINING KAPITALINI OSHIRISHNING
NAZARIY ASOSLARI VA XORIJ TAJRIBASI
1.1 Bank kapitalining iqtisodiy mazmuni hamda uni oshirish xususidagi ilmiy-
Do'stlaringiz bilan baham: |