Toshkent moliya instituti magistratura bo’limi


-jadval.  O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tijorat banklari kapitali


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/38
Sana09.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1476231
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
tijorat banklarining kapitallashuv darajasini oshirish yollari

3.2-jadval. 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tijorat banklari kapitali 
yetarliligiga nisbatan belgilangan talablarning xalqaro Bazel standartlaridan 
farq qiluvchi asosiy jihatlari
50

 
№ 
Ko’rsatkichlar 
Bank kapitali yetarliligining 
minimal
darajasi, foizda 

Tijorat banklari jami kapitalining yetarlilik 
darajasi: 
1.1 
Xalqaro Bazel standartlari talabi 

1.2 O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki talabi 
12,5 

Tijorat banklari I darajali kapitalining yetarlilik 
darajasi 
2.1 
Xalqaro Bazel standartlari talabi 

2.2 O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki talabi 
9,5 
50
Respublikamiz Markaziy banki va Xalqaro Bazel qo’mitasining me’yoriy yo’riqnomalari asosida tayyorlanadi 


67 
Respublikamiz tijorat banklari kapitalining yetarliligiga nisbatan qo’yilgan 
talablar Bazel standartlaridan bunday tarzda farqlanishining asosiy sabablari 
quyidagilardan iborat: 
1.Tijorat banklari kapital bazasini mustahkamlashda ayrim muammolarning 
mavjudligi. 
Masalan, tijorat banklari jami kapitali tarkibida ustav kapitali salmog’ini 
2000-2004-yillarda pasayish tendetsiyasiga ega bo’lganligi bu boradagi asosiy 
muammolardan hisoblanadi. Ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida 
respublikamizda keyingi yillarda banklarning ustav kapitali minimal miqdorini
oshirib borish borasida bir qancha chora tadbirlar amalga oshirilib 
kelinmoqda.
2.Tijorat banklari korporativ mijozlariga tegishli depozitlarni sug’urtalash 
tizimining mavjud emasligi.
Qisqa qilib aytganda, ayrim olingan mamlakatlarda bank tizimi xususiyatiga 
qarab Xalqaro Bazel qo’mitasi tomonidan ishlab chiqilgan standartlarda ko’zda 
tutilgan bank kapitali yetarliligiga qo’yilgan talablar ma’lum jihatdan farqlanishi 
mumkin. Bunda asosan mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi, banklarning 
moliyaviy holatidan kelib chiqadi. Shuning uchun ham Bazel standartlari tavsiya 
xarakteriga egadir. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling