34
2.2-rasm. Mamlakatimiz tijorat banklarida birinchi darajali
kapitalining miqdori
31
(mlrd.so‘m)
Rasm ma’lumotlariga qaraydigan bo‘lsak, tijorat
banklarining I darajali
kapital yetarliligi 2015-yil 1-yanvar holatiga 5896,5 mlrd so‘mni tashkil etgan
bo‘lsa, 2016-yil 1-yanvar holatiga 7179,4 mlrd so‘mni, 2017 yil esa 17627,1
mlrd.so‘mni tashkil etib, 2015-yilga nisbatan 3 barobarga, 2016-yilga nisbatan esa
2,5 barobarga oshganligini ko’rishimiz mumkin. 2018-yilning birinchi choragida
esa 20620 mlrd.so’mni tashkil qilgan. Yil oxirida esa o’tgan
yillarga nisbatan
yanada o’sish hajmiga ega bo’lishini qo’rqmasdan taxmin qila olamiz. Bu esa,
Bazel talablaridan deyarli ancha ko‘proq deganidir.
Demak, bank tizimida tijorat banklarining barqaror manbalar hisobidan
kapitallashuviga e’tibor qaratilgan. Tijorat banklari II darajali kapital
yetarliligining ham bu darajasi ularning kapitallashuv
darajasini yanada oshirish
istiqboli mavjud ekanligini belgilaydi. Chunki banklarning sof foydasi ikkinchi
darajali kapital tarkibida turadi.
Biz quyidagi rasm orqali banklarning ikkinchi darajali kapitalini tahlil
qilamiz va baho beramiz.
31
www.cbu.uz
, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlari asosida tuzildi