Toshkent moliya instituti magistratura bo’limi


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/38
Sana09.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1476231
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   38
Bog'liq
tijorat banklarining kapitallashuv darajasini oshirish yollari

33
 
T/r 
Bank kapitali tarkibi 
Ulushi % 
Manbasi 

Ustav kapitali 
27 
Bank ta’sischilari va aksiyadorlari 
mablag’i 

Qo’shimcha kapital 

Bank aksiyalarining bozor va real 
qiymatlari o’rtasidagi farq 

Zaxira kapitali 
50 
Bank daromadi 

Taqsimlanmagan foyda 
11 
Bank daromadi 

Joriy yilning sof foydasi 
10 
Bank daromadi 

Subordinatsiyalashgan qarz 
majburiyatlari 

Bank kreditorlari mablag’lari 

Konsolidatsiyalashgan 
sho’ba korxonalariga 
qilingan qo’yilmalar 

Bank daromadi 
Jami 
100 
Yuqoridagi ma’lumotlar tahlili shuni ko’rsatadiki, respublikamiz tijorat 
banklari kapitalining 71 foiz bank daromadlari hisobiga tashkil etilgan, qolgan 29 
foiz aksionerlar mablag’lari va aksiya oldi-sotdisida hosil bo’lgan daromad 
hisobiga shakllangan. Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, mamlakatimizda 
subordinatsiyalashgan qarz majburiyatlari mavjud emas. 
Shunday ekan, bankning kapitallashuv jarayonida uning daromadlari 
miqdori muhim o’rin egallaydi. Kapitalning asosiy qismi to’g’ridan-to’g’ri bank 
daromadlari hisobidan shakllanadi. Bundan tashqari, yana shuni e’tirof etish 
lozimki, bank ustav kapitalining oshib borishida ham uning daromadlari ko’lami 
muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bank yuqori daromad olsa va aksionerlarga 
dividend tariqasida ko’proq daromad to’lasa, o’sha bankning aksiyalari jozibador 
hisoblanadi va fond bozorlarida unga talab oshib boradi. 
33
 
www.cbu.uz
 internet sayti asosida hisoblandi 


37 
Tijorat banklarida subordinatsiyalashgan qarz majburiyatlarining mavjud 
emasligi tijorat banklarining uzoq muddatli kreditlar bozoridagi mavqeining 
zaifligidan dalolat beradi. Chunki subordinatsiyalashgan qarz majburiyatlari tijorat 
banklariga uzoq muddatli resurslarni jalb qilishning qulay va kam xarajatli vositasi 
hisoblanadi.
Tijorat banklari jami kapitali tarkibida konsolidatsiyalashgan sho’ba 
korxonalariga qilingan qo’yilmalar mavjud emasligi jadval ma’lumotlaridan 
yaqqol ko’rinmoqda. Buning sababi shundan iboratki, aslida banklar birlashgan 
korxonalarga ulush kiritishmoqda. Lekin bizda Moliyaviy hisobotlarning xalqaro 
standartlari(MHXS) amal qilmaganligi uchun bu investitsiyalarni kapital hisobida 
aks ettirib bo’lamayapti. 
Mamlakatimizda yerga egalik qilish huquqi bo’lmasada, har yilgi bank 
binolarini qayta baholash keoffisienti 1,15-1,2 ga teng. Bu esa rivojlangan 
davlatlarda yerni qo’shib hisoblasa ham buncha chiqmaydi. Lekin shunga 
qaramasdan tijorat banklari kapitali tarkibida qayta baholash zaxirasining salmog’i 
juda kam. Xolbuki, rivojlangan xorijiy davlatlarda qayta baholash zaxirasi banklar 
qo’shimcha kapitalning asosiy qismini tashkil etadi. Buning sababi, yirik va o’rta 
tijorat banklari katta shaharlarda yuqori balans qiymati mavjud binolarga egadirlar.
Binolarning bozor bahosi, odatda, o’sish tendentsiyasiga ega. Bunday 
sharoitda yuqori qiymatga ega bo’lgan binolarning bozor bahosi o’sishi natijasida 
katta miqdordagi qayta baholash zaxirasi paydo bo’ladi. Binolardan tashqari 
banklarga tegishli yerlarning bozor bahosi oshishi natijasida qayta baholash 
zaxirasining miqdori oshadi. Rivojlangan xorijiy davlatlarda tijorat banklariga 
tegishli yerlar ularning xususiy mulki hisoblanadi. Shu sababli yerlar bahosining 
o’sishi hisobiga yuzaga kelgan zaxira miqdori to’g’ridan-to’g’ri bankning 
qo’shimcha kapitali tarkibiga kiritiladi. 
Quyida biz ayrim tijorat banklarining xususiy kapitalini tarkibi va 
dinamikasini ko’rib chiqamiz. Kapital tarkibini chuqurroq tahlil qilsak
o’ylaymizki, mavjud muammonlarnii yechimini oson topamiz. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling