49
Tijorat banklarining leveraj koeffitsienti xalqaro me’yori 6
foiz qilib
belgilangan. Bu me’yor mamlakatimiz banklari uchun ham o’zgarmagan.
Yuqoridagi rasmga e’tibor beradigan bo’lsak, Aloqabankning leveraj koeffitsienti
2016-yilda 10,6 foiz bo’lgan bo’lsa, 2017-yilda 11,5 foizni tashkil qilib 0,9 foizga
o’sgan. Shuningdek belgilangan me’yordan qarib ikki martaga ko’pdir.
Xulosa
qilib
aytganda, AT Aloqabankning kapitallashuv darajasi ko’rsatkichlarinining
o’sish tendensiyasiga egaligini inobatga olib, bankning kapitallashuvini ijobiy deb
baholashimiz mumkin.
2.3 Banklarning kapitallashuv darajasiga ta’sir etuvchi omillar
Tijorat banklarining jamiyat miqyosidagi vaqtinchalik bo’sh mablag’larni
jalb qilish kabi asosiy vazifasini e’tiborga olsak, ushbu masalaning naqadar muhim
ekanligi yaqqol namoyon bo’ladi.
Tijorat banklari kapitalini boshqarish ko’p qirrali jarayon bo’lib,
ushbu
jarayonda asosiy e’tibor kapitalning tarkibiga qaratiladi.
Chunki bank kapitalini
boshqarishning asosiy jihatlaridan biri bo’lib, bank kapitalining tarkibi hisoblanadi.
Bank kapitalini boshqarishning ob’ektlaridan
kelib chiqqan holda uning
bank faoliyatiga ta’sirini ko’rib chiqish uchun quyidagi rasmdan foydalanamiz.
2.10-rasm. Tijorat banklarining kapitalini boshqarishni amalga
oshirishning asosiy obyektlari
44
.
Rasmda bank kapitalini boshqarishning obyektiv asoslari keltirilgan. Demak,
bundan ko’rinib
turibdiki, tijorat banklarining kapitalini
barqaror darajasini
ta’minlash bank kapitalini boshqarishning asosiy jihatlaridan biri hisoblanadi.
44
A. Omonov “Bank kapitalini samarali boshqarish” T.: 2005 y.
Bank ustav
kapitalining
barqaror darajasini
ta’minlash
Bank jami
kapitalining
yetarliligini
ta’minlash
Bank asosiy
kapitalining
yetarliligini
ta’minlash
Bank kapitalidan
samarali
foydalanishni
ta’minlash
Do'stlaringiz bilan baham: