Toshkent moliya instituti magistratura bo’limi


-rasm. AT Aloqabankning regulyativ kapitali yetarliligi


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/38
Sana09.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1476231
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   38
Bog'liq
tijorat banklarining kapitallashuv darajasini oshirish yollari

2.7-rasm. AT Aloqabankning regulyativ kapitali yetarliligi
41
 
Rasm ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, ushbu bankning regulyativ kapitali 
yetarliligi o’sish tendensiyasiga ega . 2016-yilda 14,1 foizni tashkil qilgan bo’lsa, 
2017-yilda 16,8 foiz bo’lib, o’tgan yilga nisbatan kapital yetarliligi 1,1 martaga 
oshgan. Qolaversa Markaziy bank belgilagan ko’rsatkichdan 4,3 foizga yuqori, 
xalqaro me’yordan esa 2 barobardan ortiqligini ko’rishimiz mumkin. Bunday 
o’zgarish, albatta ushbu bank uchun ijobiy holatdir. 
2.8-rasm. AT Aloqabankning I darajali kapitali yetarliligi
42
 
41
AT “Aloqabank” ma’lumotlari asosida muallif tomonidan ishlab chiqildi 


48 
Rasm ma’lumotlariga qarab aytishimiz mumkinki, 2016-yilda I darajali 
kapital yetarliligi 13,15% bo’lib, belgilangan me’yordan (13,15-9,5) 3,65 foizga 
yuqori bo’lmoqda. 2017-yilda 15,88% bo’lib, me’yordan (15,88-9,5) 6,38 foizga 
yuqoridir. O’sish tendensiyasi esa 2016-yilga nisbatan (15,88-13,15) 2,33 foizga 
yoki 1,2 barobarga oshgan. AT “Aloqabank” ning kapitallashuv darajasiga 
umumiy tavsif beradigan bo’lsak, bank kapitallashuvi yil sayin ortib bormoqda va 
asosan sof hisobidan shakllanmoqda. 
Respublikamizda tijorat banklari kapitallashuvining oshib borishida, eng 
avvalo, ularning ustav kapitali minimal miqdoriga bo'lgan talabning bosqichma-
bosqich oshirib borilayotganligi sabab bo'layapti.
Yuqoridagi ma’lumotlar natijasi shuni ko’rsatmoqdaki, tijorat banklari 
kapitallashuv jarayonlarini yuksaltirish uchun, albatta birinchi navbatda ulrning
aksiyalari jozibadorligini oshirish, shuningdek, faoliyat samaradorligini , 
daromadliligini orttirish, olingan sof daromadlarning bir qismini doimiy ravishda 
bank kapitalini ko’paytirishga qaratishlari masadga muvofiqdir. 
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, tijorat banklari uchun leveraj koeffitsientini 
tahlil qilish va belgilangan me’yorda saqlash bank aktivlaring kapital bilan 
ta’minlanganlik darajasini aniqlash imkonini beradi. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling