Toshkent moliya instituti mavzu: Sug‘urta agenti va uning sug‘urta bozoridagi o‘rni


Download 0.94 Mb.
bet2/2
Sana04.04.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1326550
1   2
Bog'liq
portal.guldu.uz-Sug‘urta agenti va uning sug‘urta bozoridagi o‘rni (1)

QAYTA SUG’URTA BROKERI
  • O’z nomidan va qayta sug’urta qilish shartnomasi bo’yicha sug’urta qidiruvchi tariqasida ishtirok etuvchi sug’urtalovchining topshirig’iga binoan qayta sug’urta qilish shartnomasi tuzilishini va ijro etilishini tashkil qilish bo’yicha faoliyat yurituvchi yuridik shaxs.
  • Sug’urta agentlarining faoliyati “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2003 yil 28 yanvardagi 19-son buyrug’i bilan tasdiqlangan hamda 2003 yilning 1 fevralida O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1213-son bilan ruyxatga olingan “Sug’urta agentlari to’g’risidagi Nizom”ga muvofiq tartibga solinadi (4-ilova). Sug’urtalovchining nomidan va uning topshirig’iga muvofiq Sug’urta shartnomalarini tuzish hamda uning ijrosini tashkil etish bo’yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxslarga Sug’urta agenti deyiladi.
  • Sug’urta agenti va sug’urtalovchi
  • o’rtasidagi o’zaro munosabat
  • Sug’urta agenti va Sug’urta tashkiloti o’rtasidagi munosabatlar topshiriq shartnomasiga (agent bitimiga) asoslanadi. Topshiriq shartnomasi (agent bitami) - tomonlarning huquq va majburiyatlarini, javobgarligini hamda ular o’rtasidagi o’zaro hisob-kitoblar tartibini belgilovchi yuridik hujjat. Bitim ikkita asl nusxada tuziladi va mos ravishda ular sug’urtalovchi hamda Sug’urta agentida saqlanadi.
  • Sug’urtalovchi “Sug’urta faoliyati to’g’risidagi” Qonunga muvofiq, o’zi vakolat bergan Sug’urta agentlarining reestrini yuritishi lozim. Sug’urtalovchining boshkaruv organlari rahbarlari Sug’urta agenti bo’la olmaydilar. Quyidagilarga:
  • - sug’urta agentining tegishli turdagi Sug’urtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo’lmagan sug’urtalovchilar nomidan Sug’urta shartnomalari tuzishiga;
  • - agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan bo’lsa, sug’urta agentining O’zbekiston Rsspublikasi hududida belgilangan tartibda ruyxatga olinmagan chet el Sug’urta tashkilotlari nomidan Sug’urta shartnomalari tuzish bilan bog’liq bo’lgan vositachilik faoliyatiga yul qo’yilmaydi.
  • Sug’urta agenti - jismoniy shaxs o’z nomiga, to’lovlar naqd pullar bilan amalga oshirilganida esa yaqin qarindoshlari (otasi, onasi, xotini, eri, o’g’li, qizi, opa-singillari va aka-ukalari) nomiga Sug’urta shartnomalari bo’yicha hujjatlar sezishga, shuningdek, o’z foydasiga Sug’urta shartnomalari tuzishga va bunda mazkur Sug’urta shartnomasi bo’yicha Sug’urta agenti sifatida ish ko’rishga haqli emas.
  • Sug’urta agenti quyidagi huquqlarga ega:
  • Sug’urtalovchi tomonidan berilgan vakolatlar doirasida Sug’urtaning har qanday turi, shu jumladan, majburiy Sug’urta turlari bo’yicha vositachilik faoliyatini amalga oshirish;
  • Sug’urtaga qabul qilinayotgan Sug’urta tavakkalchiligini baholashda, sug’urta hodisasi yuz berganda Sug’urta to’lovini to’lashda va sug’urta qildiruvchining Sug’urta mukofotini to’liq hajmda hamda Sug’urta shartnomasida belgilangan muddatlarda to’lashida zarur ko’mak ko’rsatish;
  • Sug’urtalovchidan litsenziyaning mavjudligi, ustav fondi miqdorlari, Sug’urta zahiralari hamda qabul qilingan majburiyatlar to’g’risida, shuningdek, sug’urtalovchining to’lovga qobiliyatliligi va moliyaviy barkarorligiga doir boshqa ko’rsatkichlar to’g’risida ma’lumotlar olish;
  • Sug’urta shartnomasi (Sug’urta polisi) tuzish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish;
  • Sug’urta qildiruvchidan qabul qilib olinayotgan tavakkalchiliklar to’g’risida Sug’urtalovchiga to’liqroq axborot berish maqsadida barcha uchun ochiq bo’lgan manbalardan tavakkalchilik va Sug’urta qildiruvchi to’g’risida Sug’urta qildiruvchining shaxsiy xayotiga aralashmagan holda ma’lumotlar to’plash.
  • Sug’urta agentlariga to’lanadigan vositachilik haqi sug’urtalovchining yoki uning filialining hisob raqamiga kelib tushgan sug’urta mukofotiga nisbatan foizlarda hisoblanadi. Sug’urta agenti jismoniy shaxs bo’lgan taqdirda, unga vositachilik haqi sug’urtalovchi yoki uning filiali kassasiga naqd pul shaklida topshirilgan yoki ularning bankdagi hisob raqamiga tushirilgan sug’urta mukofotiga nisbatan foizlarda xisoblanadi.
  • Sug’urta agentlari mehnatga haq to’lash, Sug’urta agenti tuzgan shartnomalari bo’yicha sug’urta mukofotlaridan vositachilik puli shaklida amalga oshiriladi.
  • Vositachilik puli miqdori sug’urta agenti tushgan sug’urta shartnomalari bo’yicha sug’urtalovchi hisob raqamiga tushgan sug’urta mukofotlarining 25 foizidan oshishi mumkin emas.
  • Agent bilan tuzilgan topshiriq shartnomasi (agent bitimi) quyidagilarga ko’ra bekor qilinishi mumkin:
  • - agentning tashabbusi bilan;
  • - sug’urta tashkiloti tashabbusi bilan.
  • Xalkaro amaliyotda sug’urta agentlari mustaqil hisoblanadilar va bir paytning o’zida qator sug’urta tashkilotlari bilan hamkorlik qiladilar. sug’urta agentlari ko’proq xayotni sug’urta qilish sohasida ishlaydilar. AQSHda muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatayotgan sug’urta agentlarining yillik daromadi 1,0 mln. AQSH dollaridan ko’pdir.
  • Sug’urta agenti mijozlarga, ya’ni yuridik va jismoniy shaxslarga sug’urta mahsulotlarini sotish uchun zarur bo’lgan barcha hujjatlar bilan ta’minlangan bo’lishi kerak. Dastlab, agent sug’urta qildiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxsga to’ldirish uchun tegishli sug’urta turiga oid ariza so’rovnomani tayyorlab qo’yishi lozim. So’rovnomaga javob berishda mijoz ma’lumotlarni to’g’ri va haqqoniy ko’rsatilishiga alohida e’tibor berishi talab etiladi.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling