Toshkent Moliya Instituti Moliya fakulteti Moliya fanidan mustaqil ish mavzu: Moliya siyosati va moliya mexanizmi. Reja


Download 28.07 Kb.
bet8/14
Sana05.01.2022
Hajmi28.07 Kb.
#203458
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Mustaqil Ish Iskandarov Umid va Smailov Aziz

Xalqaro moliya siyosati katta ahamiyat kasb etib bormoqda. Uning asosida xalqaro mehnat taqsimoti bilan, davlat qarzini shakllantirish va so‘ndirish bilan, xalqaro tashkilotlar, shu jumladan xalqaro moliya tashkilotlari faoliyatida ishtirok etish bilan bog‘liq xalqaro munosabatlar sohasidagi valyuta-moliyaviy va kredit munosabatlarini boshqarish yotadi. Hozirgi kunda Xalqaro valyuta fondi (XVF), Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB), Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB), Osiyo tiklanish va taraqqiyot banki (OTTB) va b. (misol uchun, London kreditorlar klubi, Parij kreditorlar klubi) kabi xalqaro moliya tashkilotlarining moliya siyosati katta ahamiyat kasb etib bormoqda.

Alohida davlatlarning xalqaro moliya siyosati, odatda, o‘z mamlakatining ishlab chiqarish kuchlarini rivojlanishiga yo‘naltirilgan va mos ravishda har qaysi davlat xalqaro xomashyo, tovarlar, ishchi kuchi va kapital bozorlarida o‘zining salmoqli o‘rniga ega bo‘lishga harakat qiladi.

Davlat o‘zining manfaatlarini bojxona va valyuta siyosatlari orqali himoya qiladi. Ularning xususiyatlari davlatni o‘z eksport va importini kengaytirish yoki qisqartirishdan manfaatdorlik darajasi bilan belgilanadi. Shundan kelib chiqib, bojxona to‘lovlari yoki alohida bojxona rejimlari tizimi qo‘llaniladi. Bojxona va valyuta siyosatining asosiy maqsadi – davlatning oltin, valyuta zahiralarini saqlash va ko‘paytirish hisoblanadi.

Davlat o‘zining manfaatlarini yana xalqaro tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish, bu tashkilotlarning moliyaviy fondlarini shakllantirishda va hamkorlikdagi dasturlarni moliyalashtirishda ishtirok etish bilan mamlakat obro‘sini oshirish orqali himoya qiladi.

Xalqaro moliya tashkilotlarining moliya siyosati moliyaviy inqiroz yoki moliyaviy qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan davlatlarga moliyaviy yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan. Yordam, odatda, kreditlar berish shaklida yoki davlatning mavjud tashqi qarzlarini restruktizatsiyalash shaklida ko‘rsatiladi.

Xalqaro moliya takilotlarining yordami beg‘araz ko‘rsatilmaydi va qator iqtisodiy yoki siyosiy shartlarga asoslanadi, qarz oluvchi mamlakat uchun uchun doimo naf keltirmaydi.




Download 28.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling