Toshkent Moliya Instituti Moliya fakulteti Moliya fanidan mustaqil ish mavzu: Moliya siyosati va moliya mexanizmi. Reja
Download 28.07 Kb.
|
Mustaqil Ish Iskandarov Umid va Smailov Aziz
Pul-kredit siyosati deganda emissiyani boshqarish, inflyatsiyani va milliy pul birligi kursini tartibga solish orqali pul muomalasi barqarorligini ta’minlash; bank tizimi faoliyatini reglamentlash va tartibga solish orqali xalq xo‘jaligi va moliya tizimining turli bo‘g‘inlarida hisob-kitoblarning o‘z vaqtida va uzluksizligini ta’minlash; davlat va korporativ qimmatli qog‘ozlarning emissiyasi va joylashtirilishini reglamentlash va ularning aylanishini (sotish va sotib olish kursini) tartibga solish orqali, Markaziy bank tomonidan qayta moliyalashtirish stavkalarini ko‘tarish yoki pasaytirish orqali moliya bozori faoliyatini boshqarish tushuniladi.
Pul-kredit siyosati tarkibida emissiya siyosati, baho siyosati, valyuta siyosati, kredit siyosati – unda o‘z navbatida, masalan, foiz siyosati va investitsion siyosatlar nisbiy mustaqillikka ega bo‘ladilar. Shuni ta’kidlash kerakki, budjet munosabatlari amaliyotida investitsiyalar deganda asosiy vositalarni o‘stirish va modernizatsiya qilishni moliyalashtirish tushunilsa, bank amaliyotida esa, investitsiyalar deganda qimmatli qog‘ozlar portfelini shakllantirish tushuniladi. Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan pul-kredit orqali muvofiqlashtirish bu davlatning iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi hisoblanib, o‘zida pul muomalasi va ssuda kapitali bozorining muomaladagi pul massasi, kredit hajmi, hisob-foiz stavkalari va boshqa ko‘rsatkichlarini bevosita va bilvosita tartibga solishi tushuniladi. Pul-kredit orqali muvofiqlashtirishning asosiy pirovard maqsadi bu aholi farovonligini oshirish va maksimal ravishda aholi bandligini ta’minlash hisoblanadi. Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan pul-kredit orqali muvofiqlashtirish vositalarining davlat tomonidan ishlab chiqilgan va qonuniy tasdiqlangan mexanizmi pul-kredit siyosati deyiladi Mamlakatda pul-kredit siyosatini amalga oshirish huquqi faqatgina Markaziy bankka berilgan bo‘lib, bu siyosatni amalga oshirish Markaziy bankning eng asosiy vazifasi bo‘lib hisoblanadi. Markaziy bankning pul-kerdit siyosati instrumentlarini shartli ravishda bir necha mezonlariga qarab bo‘lish mumkin. Shakl bo‘yicha pul-kredit siyosati instrumentlari ma’muriy (bevosita) va bozor (bilvosita) instrumentlarga bo‘linadi. Ta’sir etish obyekti (pul talabi yoki pul taklifi)ga ko‘ra instrumentlar pul qo‘llab-quvvatlovchi (kredit ekspansiya) yoki uni cheklovchi (kredit restruktizatsiyasi)ga bo‘linadi. Ta’sir etish muddatlariga qarab qisqa muddat va uzoq muddatga mo‘ljallangan instrumentlarga bo‘linadi va h.k. Ko‘pgina mamlakatlar tomonidan hozirda qo‘llanilib kelayotgan pul-kredit siyosatining vositalaridan biri bu tijorat banklarining majburiyatlariga nisbatan majburiy zaxira talablari me’yoridir. Pul-kredit siyosatining bu vositasi qo‘llanilish jihatidan sodda bo‘lib, tijorat banklarining to‘lovga qobiliyatliligi darajasiga ta’sir qiladi. Shuning uchun hozirda, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda pul-kredit siyosatining bilvosita usullaridan aynan shu vositasi keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda, shu jumladan O‘zbekistonda eng samarali vosita(instrument) ham aynan shu vositadir (bilvosita instrumentlardan). Pul-kredit siyosatini moliya siyosati tarkibiga kiritilishi shubhasiz emas, ammo ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik va o‘zaro bog‘liqlik shubhasizdir. Moliya siyosati tarkibiga budjet siyosati bilan birgalikda pul-kredit siyosatini kiritilishining to‘g‘riligini jahonda ro‘y berayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz tahlili ham tasdiqlab turibdi. Ma’lubki bu inqiroz faoliyat sohasi pul-kredit operatsiyalari hisoblangan moliya bozorlaridagi inqirozdan boshlangan.
Download 28.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling