Toshkent moliya instituti moliya fakulteti


Amaliyot obyekti faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o’rganish


Download 339.5 Kb.
bet3/5
Sana09.01.2022
Hajmi339.5 Kb.
#255647
1   2   3   4   5
Bog'liq
Hisobot

2. Amaliyot obyekti faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o’rganish.

Bizga ma’lumki har bir mamlakatning har bir hududi iqtisodiyotining o’ziga xos tarmoq tarkibi, mehnat taqsimoti va ixtisoslashuv asosida ishlab chiqarish hamda ijtimoiy infratuzilmasiga ega.

Korxona faoliyatini tartibga soluvchi bir qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar va moliya tizimini rivojlanishiga xizmat qiluvchi ichki yo’riqnomalar mavjud ekan. Misol qilib Chilonzor tumani hokimi mahkamasi korxona nizomida korxonani tartibga solish to’g’risida bir qancha qoidalar hamda moliya ishlarini to’g’ri tashkil etish to’g’risida ko’rsatib o’tilgan. Ushbu nizom O’zbekiston Reaspublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Maxkamasining 1992 yil 23 noyabr 553 sonli qaror bilan tasdiqlangan.

Quyidagilar asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar:

O’zbekiston Respublikasining byudjet kodeksi. Davlat moliyasini boshqarishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish, byudjet tizimining ustuvor yo’nalishlarini yagona bitta hujjat orqali tartibga solish, byudjet mablag’laridan foydalanish samaradorligini va davlat xizmatlarini ko’rsatish sifatini oshirish maqsadida 2013 yil 26 dekabrda “O’zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksini tasdiqlash to’g’risida” O’RQ-360-son qonuni qabul qilindi, hamda mazkur qonunga asosan, O’zbekiston Respublikasida 2014 yil 1 yanvardan boshlab Byudjet kodeksi eksperiment tariqasida, 2014-2015 yillar davomida sinov sharti bilan amalga kiritildi. Ta’kidlash lozimki, O’zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan, 2014 yil 1 yanvardan boshlab O’zbekiston Respublikasining “Byudjet tizimi to’g’risidagi” va “Davlat byudjetining g’azna ijrosi to’g’risidagi” qonunlari o’z kuchini yo’qotgan deb topilgan bo’lsa, “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risidagi”, “Xorijdan mablag’ jalb qilish to’g’risidagi” va “Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi” qonun hujjatlariga tegishli o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi.

Qolaversa, Byudjet kodeksi barcha manfaatdor taraflarni byudjet tizimi va byudjet jarayoni to’g’risidagi keng qamrovli hamda ishonchli axborot bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Bu axborot davlat byudjetini ishlab chiqish va ijro etish bilan shug’ullanayotgan hukumat uchungina emas, balki Oliy Majlis, mahalliy hokimiyat organlari, byudjet tashkilotlari va barcha fuqarolar uchun ham muhimdir. Chunonchi, mintaqalarda Byudjet kodeksi resurslarini qayta taqsimlash va ularning daromad salohiyatini mustahkamlashning barqaror hamda samarali mexanizmini ta’minlashga qaratilgan. Byudjet tashkilotlari uchun bu-byudjetlarini tuzish va ijro etish ularoldiga qo’yilgan vazifalarni bajarishning aniq va ravshan qoidalaridir.

Fuqarolar uchun esa Byudjet kodeksining qabul qilinishi shu bois ham muhimki, bugungi kunda Davlat byutjetining qariyb 60%i ijtimoiy sohaga yo’naltirilyapti. Bular ta’lim, sog’liqni saqlash, ijtimoiy himoyaga doir xarajatlaridir. Agar qonunchilik davlat byudjetining ijrosi va uning ijrosini nazorat qilishning aniq taomillarini ta’minlasa, sog’liqni saqlash va ta’lim kabi xizmatlaridan keng foydalanishni ta’minlash, aholining nochor guruhlarini qo’llab-quvvatlash va davlatning boshqa ijtimoiy majburiyatlarini samarali bajarish mumkin. O’zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi tarkibiy tuzilishi, 2 qism, 9 ta bo’lim, 28 ta bob va 192 ta moddadan iborat.

O’zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksining umumiy qismi 5 ta bo’lim (I-V bo’limlar), 15 ta bob (1-15 boblar), 82 ta modda (1-82 moddalar)dan iborat bo’lsa, Byudjet kodeksining maxsus qismi esa 4 ta bo’lim (IV-IX bo’limlar), 13 bob (16-28 boblar), 110 modda (83-192 moddalar)dan iborat.

"GLOBAL EDUCATION IN TASHKENT" nodavlat ta`lim muassasasi o’z faoliyatida:

- O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O’zbekiston Respublikasi qonunlariga;

- O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining boshqa qarorlariga;

- Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga amal qiladi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 martdagi “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi” PQ-2847-son qarori. Mazkur qaror O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining soliq-byudjet siyosatiga qat’iy rioya etilishini ta’minlash, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini hamda ijtimoiy sohani barqaror, mutanosib va jadal rivojlantirish, mahalliy byudjetlarning daromad bazasini mustahkamlash, byudjet mablag’laridan samarali foydalanishga yo’naltirilgan vazifalari, funksiyalari, ish shakllari va uslublarini qayta ko’rib chiqish maqsadida qabul qilingan.




Download 339.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling